VII-BOB ORTTIRILGAN IMMUNODEFITSIT SINDROMI VA




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

VII-BOB ORTTIRILGAN IMMUNODEFITSIT SINDROMI VA 
SALOMOTLIKNI BUZUVCHI OMILLAR (SPID TAMAKI CHEKISH, 
ALKOCOL, NORKOTIKLAR) 
7.1. OITS bilan zararlanish yo‘llari 
Orttirilgan immunotanqislik sindromi (OITS)-immunitet tizimi funksiyalarining 
inson immunotanqislik virusi (IIV) bilan zararlanilishi natijasida buzilishi ko‘rinishlarining 
yig‘indisidir. OITS bilan kasallangan inson yuqumli kasalliklarga chidamliligini yo‘qotadi, 
immun tizimi me’yorida bo‘lgan insonlar uchun inevloniya, zamburug‘li kasalliklar
shuningdek saraton kasalligi hech qanday xavf uyg‘otmaydi. Kasalikka chalingach hech 
qancha vaqt o‘tmay (ba’zi hollrda ancha vaqtdan so‘ng) o‘limga olib keluvchi klinik 
sindrom rivojlana boshlaydi. 
OITS ilk marta 1981 yilda, uni IIV keltirib chiqarishi esa 1983 yilda aniqlangan. 
Hozirgi kunda mijozlar salomatligini asrash va hayotini uzaytirish imkonini beruvchi 
davolash usullari ishlab chiqilgan, ammo ular qimmat va mukammal emas. Bundan 
tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotgan bemorlarning hammasi ham bunday 
davolanishga qodir emas. Uncha qimmat bo‘lmagan vaksina bo‘lsa muammo hal bo‘lar 
edi. Ammo bunday vaksina yo‘q va hali beri topilmasa kerak. Shuning uchun bunday 
xavfli kasallikning tar qalishi oldini olishning asosiy uchuli hayot tarzini o‘zgartirish bo‘lib 
qoladi. 
Inson qoniga IIV tushgandagina OITS bilan kasallanishi mumkin. Kasallik bilan 
zararlanishning keng tarqalgan yo‘li – IIV zararlangan inson bilan jinsiy aloqaga 
kirishishdir; bunda virus jinsiy aktlarda ko‘pincha ro‘y beradigan kichik yaralar orqali 
qonga o‘tadi. Giyohvandlar kasal insonlar foydalangan shprits va ninalardan fodalanishlari 
oqibatda ushbu kasallik bilan zararlanishlari mumkin. IIV bolaga kasal onadan 
homiladorlik, tug‘ilishi yoki ona suti orqali yuqishi mumkin. 25-30 % bolalar OITS bilan 


96 
kasal onadan zararlanib tug‘ilsalar ham, bu bolalarning kasallik bilan zararlanishining 90 
% ini tashkil etadi. 
OITS bilan tibbiy xodimlarning shpritslar bilan emlayotganlarida, ochiq yaralarga 
ko‘z, burun shilliq qatlamlariga behosdan zararlangan qon sachrab ketishi natijasida 
zararlanishi holatlari ham kuzatilgan. AQSH da tish shifokori 6 ta mijozni OITS bilan 
zararlagani ma’lum. OITS bilan turmushda, maktabda, do‘konda, ishda zararlanish 
holatlari tasdiqlanmagan. Chunki OITS virusi atrof muhitda tez halok bo‘ladi. Shuning 
uchun kasal kishining qurib qolgan qoni va boshqa ajratmalari xavfli emas. Shu sababli 
o‘pishishlar ham hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Bundan tashqari, inson so‘lagida 
limfatsitlarning tanqisligi virusi bilan zararlanishiga qarshilik qiluvchi oqsil topilgan. 
Begonalarning ustaralari, tish cho‘tkalari bilan foydalanganda ham (chunki bunda teri 
tirnalishi va kichik yaralar hosil bo‘lishi mumkin) OITS bilan zaralanishi havfi mavjud. 
Qon so‘rovchi hashoratlar (OITS keng tar qalgan joyda ham) orqali zararlanishi 
xavfining yo‘qligi ham tadqiqotlar natijasida isbot qilingan. 
Hashorat organizmda virus uzoq yashamaydi va ko‘paymaydi, shu sabbli hashorat 
virusi boshqa organizmga uzatolmaydi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VII-BOB ORTTIRILGAN IMMUNODEFITSIT SINDROMI VA

Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish