93
ateroskleroz va uning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi patologik holatlar yotadi. Bular-
semizlik, qand kasalligi, arterial gipertoniya, harakatning cheklanganligi, ruhiy stresslar va
ovqatlanishning buzilishi va boshqalar. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar turli
kasalliklarning oldini olishning samarali vositasi hisobla-nadi. Sog‘lomlashtiruvchi
jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish yaxshi kayfiyat,
yuqori ishchanlik,
axloqiy vazminlik asosidir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish valeolo-
giyaning asosi bo‘lgan salomatlikka, talaba organizmining harakat va funksional
imkoniyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar
organizmning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga qarshiligini
oshiradi va shu sababli
salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi.
Shu munosabat bilan yoshlarni valeologik tarbiya qilish mazmuni yoshlarni har tomonlama
komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, O‘zaro bog‘liq aniq vazifalarni
bajarishga yo’naltirilgan bo‘o‘lishi lozim. Bular:
-talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivoj-lantirish,
chiniqtirish, ish
qobiliyatini oshirish;
-muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga ehtiyojni, jismoniy yetuklikka, yaratuvchanlik
va mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash;
-mustaqil davlat quruvchilarining yuqori axloqiy sifat-larini tarbiyalash, o‘z
salomatligi haqida qayg‘urish nafaqat shaxsiy balki jamiyat oldidagi burch ekanligi
haqidagi tushunchani shakllantirish;
-sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish;
-sog‘lomlashtirishning, kasalliklarni oldini olishning turli shakl, usul va
vositalaridan
foydalanishni o‘rgatish;
-bo‘sh
vaqtdan unumli foydalanish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish,
kundalik
94
-harakat rejimini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatish;
-harakat xususiyatlarini rivojlantirish.
Talabalar yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh
avlodni jismonan va ma’nan voyaga yetkazish, rivojlanib kelayotgan davlatning faol
quruvchilarini har tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi.
Yoshlar salomatligi
muammosi qator sabablarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi. Yoshlar ma’lum bilimlarni
salomatlikni mustahkamlovchi, o‘quv va mehnat faoliyatining unumdorligini oshiruvchi
sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalari va usullari bo‘yicha egallashlari
kerak. Jismoniy mashq mashg’ulotlari jismoniy tarbiya jarayonidagi bir bo’lim bo’lib,
ularda ham aslida jismoniy tarbiya vosita
va usullaridan foydalaniladi, jismoniy tarbiya
tamoyillari amalga oshiriladi. Bu esa, oqibat natijada jismoniy tarbiya vazifalarini hal
etishning asosiy negizini tashkil etadi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari g’oyat xilma – xil
bo’lib, sayr qilish, ertalabki badan tarbiya mashqlari,
sport musobaqalari, cho’milish,
turistik poxodlar, jismoniy tarbiya darslari va boshqalardan iboratdir. Jismoniy mashq
mashg’ulotlari ham mazmun, ham shakl jihatidan xilma – xil blishi kerak. Bu esa
pedagogik ishda yo‘l qo‘yib bo’lmaydigan ulubiy qo‘llanmalardan qutilib, mashg‘ulot
o‘tkazishning xilma – xil usullaridan keng foydalanish imkonini beradi.Mashg’ulotlar
shaklining ular natijasiga faol ta’sir ko’rsatishi unga nihoyat darajada jiddiy munosabatda
bo’lishni taqozo etadi. Jismoniy tarbiya nazariyasida jismoniy mashq mashg’ulotlarining
tuzilishi masalalariga hamisha katta e’tibor berilishining sababi ham anna shundadir.
Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining negizi ekanligi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan shug’ullanuvchilarning ish
qobiliyatidagi tipik o‘zgarishlar bilan belgilanadi.
Bu tabiiy holdir, chunki
shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, ular
taraqqiyotini boshqarib bo‘lmaydi.