Jismoniy tarbiyaning metodik prinsiplari
On
g
li
li
k
v
a
fa
o
ll
ili
k
p
rin
si
p
i
Ko
ʼrg
az
ma
li
li
k
prin
si
pi
M
u
n
taz
amlil
ik
p
ri
n
sip
i
Os
o
n
t
u
sh
u
n
arli
v
a
in
d
iv
id
u
all
ash
ti
rish
p
rin
si
p
i
Jism
o
n
iy
y
u
k
lan
is
h
n
i
asta
-se
k
in
v
a
to
b
o
ro
o
sh
iri
sh
p
ri
n
si
pi
.
Metodik printsiplar bir-biri bilan oʼzaro chambarchas boliq.
79
Shunday qilib, salomatlikka valeologiya nuqtai nazaridan qarash kerak. Chunki
valeologiya insonning jismoniy barkamolligi, harakatsizlik va zararli odatlar natijasida
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli kasalliklarning oldini olishga sabab bo‘luvchi jismoniy
tarbiya shakllari, usul va vositalari haqidagi fandir.
6.2. Salomatlikni yaxshilashning samarali vositalari
Jismoniy mashqlar talabaning nafas olish organlariga va ruhiy holatiga yaxshi ta’sir
ko‘rsatadi.
Sog‘lom turmush tarzining ko‘rsatkichlaridan asosiy va ikkilamchilarini ajratish
qiyin, chunki ular jamlangan holatdagina kerakli sog‘lomlashtirish ta’siriga ega-inson
salomatligini shakllantiradi va rivojlantiradi. Shunga qaramasdan bizning turmush
tarzimizdan shunday omillarni ajratib bo’lmaydiki, bu omillar inson harakat faolligining
asosidir, uning odatiy harakat tartibi salomatligi, ayniqsa jismoniy rivojlanish darajasi,
organizmning funksional holatiga qarab esa insonning ruhiy chidamlilik darajasi haqida
fikrlash mumkin.
80
81
82
Mushaklar muntazam xarakatlantirib turilmasa insonning markaziy asab tizimi
ijobiy zaryadlardan mahrum bo‘ladi. Sustlashgan hayotiy tonus, tushkunlik holati
jaqldorlik va o‘zini qo‘lda tutib turolmaslik reaksiyalari bilan tutashib ketadi. Jismoniy
mashqlar talabaning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatiga ham ijobiy ta’sir etadi, bu esa,
o‘z navbatida, ta’lim-tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish jarayoni samaradorligini oshiradi.
Inson organizmi rivojlanishining qabul qiluvchi davri talabalik yoshida yakunlanadi.
Talaba yoshlar bu davrda o‘qish, o‘rganish, ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritish uchun katta
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Aynan shuning uchun jismoniy tarbiya va sport salomatlikni
83
mustah-kamlash uchun muhim vosita komil insonni tarbiyalash uchun tabiiy va biologik
asos hisoblanadi, o‘qish, fan bilan shug‘ullanish va kasb egallashga bevosita yordam
beradi.Jismoniy mashqlar inson organlari va tizimlari faoli-yatiga ijobiy ta’sir etuvchi turli
siljishlarni keltirib chiqa-radi. Jismoniy mashqlar zamirida mushak qisharishlari yotadi,
mushaklar inson vaznining 3-4 qismini tashkil etadi. Mushaklar qisharishi energiyasi
ishlayotgan mushakka kislorod va turli oziqlantiruvchi moddalar ohimining ko‘payishi
hisobiga hosil bo‘ladi, ayni paytda yurak va o‘pka faoliyati yaxshilanadi.
Mushaklarni
qanday qilib to'g'ri qurish kerak.
Mushaklarning kerakli o'sishiga erishish uchun og'ir asosiy mashqlardan iborat aniq
tizim ishlab chiqilishi kerak. Buni haftada bir marta qilish kerak. Bunday mashqlarga ish
jarayonida ko'p sonli mushaklarni jalb qiladigan mashqlar kiradi, masalan, notekis barlarda
push-uplar yoki dastgoh presslari. Ikki turdagi kuch mashqlari mavjud: asosiy va
izolyatsiyalangan. Asosiy mashqlar kichik mushaklar bilan bog'liq bo'lgan eng katta
mushak guruhlarini ishlaydi. Izolyatsiya qilingan mashqlar kichik mushaklar guruhini
ishlaydi.
Shuni esda tutish kerakki, mushaklar mutanosib ravishda o'sishi kerak. Agar eng
katta mushak guruhlari o'ssa, qolganlari ham o'sadi. Muvaffaqiyat kunlik ommaviy o'sish
bilan ta'minlanadi. Ushbu muvaffaqiyatga erishishga imkon beradigan ba'zi qoidalar
mavjud:
1. Birinchi qoida. Mushaklar qurilishi umumiy ozg'in tana massasining o'sishiga
mutanosibdir. Trening og'irliklari ko'tarilmaguncha tana vazni oshmaydi.
2. Ikkinchi qoida. Massaning ortishi kuchning ortishiga mutanosib. Mashqlar orasida
dam olayotganda mushak massasi oshadi. Mashqlar orasida kamida uch-to'rt kunlik
tanaffuslar qilish yaxshidir.
84
3. Uchinchi qoida. Yuk tashish. Asosiy mashqlar mashg'ulotlar uchun asos bo'lib
xizmat qilishi kerak. Mushak o'sish jarayonini boshlash uchun juda ko'p yuk olishi kerak.
Kundalik kuch mashqlari bilan o'zingizni charchashga hojat yo‘q.
4. To‘rtinchi qoida. Mushaklar mashg'ulot paytida emas, balki faqat dam olish
vaqtida o'sadi. Mushak massasini faqat to'g'ri va muvozanatli ovqatlanish bilan qurishingiz
mumkin. Bu siz ko'p ovqatlanishingiz kerakligini anglatadi. Mushaklar asosan oqsildan
iborat bo'lganligi sababli, to'yimli dietangizga ko'p miqdorda proteinga boy ovqatlar
kiritishingiz kerak. Protein mushaklar uchun qurilish materiali, uglevod esa energiya va
quvvatdir. Nonushta kunning tezligini belgilaydi. Shuning uchun, nonushta paytida
organizm oqsillar, uglevodlar, minerallar va yog'larning kerakli qismini olishi kerak.
Yana bir bor eslatib o'tamizki, kuch va mushak massasini oshirishda muvaffaqiyat
to'g'ri ishlab chiqilgan kuch mashqlari to'plami, mashg'ulotlar o'rtasida to'g'ri dam olish,
sog'lom uyqu va muvozanatli ovqatlanishdir. Ishlab turgan mushakda ko‘plab mayda
kapillyar qon tomirlar paydo bo‘ladi. Mushaklarni cho‘zish quyidagi rasmlarda
ko‘rsatilgan.
85
86
87
Shunday qilib, mushaklar rivojlanishida oziqlanish sharoiti yaxshilanadi, umumiy
qon aylanishi engillashadi. Talabalik davrida qon aylanishi, yosh bolanikiga nisbatan
sustroq bo‘ladi. qon aylanishini jadallashtirish uchun yurak ishlashini faollashtirish kerak.
Yurak faoliyati, o‘z navbatida, mushaklar ishi ta’sirida yaxshilanadi. Mushaklar
88
qisharganda qon venalar orqali yurak tomon xarakatlanadi, bo‘shashi chog‘ida esa
kapillyarlardan venaga og‘adi.
Tinchlik, xarakatsizlik yetarlicha xarakatlarning bajaril masligi yurakka salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va turli kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Adabiy manbalar va o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili jismoniy tarbiya amaliy
mashg‘ulotlarida o‘quv dasturi bo‘yicha harakat ko‘nikmalarini shakllantirish, harakatlarni
boshqarishga yo‘naltirilgan o‘quv yuklamasidan foydalanilayotganligini tasdiqlaydi.
Natijalar ko‘zga ko‘rinarli emas, chunki o‘quv yuklamasi hajmi, jadalligi uncha baland
emas. Jismoniy tarbiya usul va vositalari shaxsning tipologik xususiyatlari, jismoniy
rivojlanish, jismoniy ahvol, o‘rta Osiyo iqlimi xususiyatlarini hisobga olmaydi. Bayon
etilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, yoshlarni jismoniy yetuklikka erishtirishga,
salomatlikni asrash va mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan, ilmiy
asoslangan jismoniy mashqlar deyarli yo’q. Shuning uchun ilmiy asoslangan jismoniy
mashqlarni aniqlash uchun matematik statistika usulidan foydalaniladi. Pedagogik jarayon
omillarining o‘zaro bog‘liqligi xususiyatlarini aniqlash uchun maxsus dastur ishlab
chiqilgan. Pedagogik jarayonda uning tarkibiga kiruvchi omillar o‘zaro bog‘liqdir. Bir
omilni ikkinchi omil o‘zga-rishiga mos o‘zgartirish mahorati pedagogik jarayon samarasini
yanada oshiradi.
Ma’lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida kuch-ni, tezlikni, chidamlilikni
rivojlantirish orasida ayrim hollarda ijobiy aloqa, ba’zan esa o‘zaro bog‘liqlikning yo’qligi
kuzatiladi, ya’ni, yuqorida sanab o‘tilgan sifatlarning birortasi rivojlansa boshqa sifatlar
ham rivojlanadi va, nihoyat, salbiy bog‘liqlik, ya’ni biror sifat rivojlansa, boshqa sifatlar
rivojiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiya sohasidagi tadqiqotlar eng avvalo, o‘quv
sog‘lomlashtirish jarayonini o‘rganish bilan bog‘liq. qo‘llanilayotgan uchun va
vositalarning afzalliklari haqida harakat sifatlarning rivojlanishi, yurak qon tizimi
funksiyalarining xususiyatlari ko‘rinishidagi pedagogik samara guvohlik beradi. Pedagogik
89
samara ikki tomonlama (sifat va son) xarakterlanadi. Metodika pedagogikani tadqiqotning
statistik usullar bilan boyitadi. Ular o‘zlari ochgan ob’ektiv qonunlarni mate-matik model,
ya’ni o‘rganilgan hodisaning turli tomonlarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi u
yoki bu munosabatlar ko‘rinishida ifodalash imkonini beradilar. Ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
ma’lum munosabatlarning bunday modeli funsional tobelik deyiladi. Uning mohiyati
shundaki, bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi, qoidaga binoan, ikkinchi ko‘rsatkichning shunga
xos o‘zgarishiga olib keladi. Funksional tobelik haqidagi bilim tobe kattalik (funksiya)
ko‘rsatkichlarini boshharuvchi kattalik (argu-ment) ning istalgan ko‘rsatkichlariga harab
oldindan aytib berish imkonini beradi. Bundan funksional amaliy va ilmiy ahamiyati kelib
chiqadi.
Funksional modellar bayon etilgan jarayonning borishini oldindan aytib berish, bu
jarayonni boshqarish imko-nini beradilar va samarali pedagogik usullarni tanlashga
yordam beradilar. Funksional aloqa qat’iy tobelikni aks ettiradi, bunda biror bir omil
qiymatining o‘zgarishi ikkinchi omil qiymatining xuddi shunday o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi. Bunday aloqa aniq fanlar uchun xarakterli hisoblanadi. Pedagogikada esa ular
umumiy variantlarda va shartli chegaralarda kuzatiladi.
Statistik aloqalar yoki korrelyasiyalarning o‘rnatilishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Korrelyasiya biror bir omilga boshqa bir omilning bir emas, bir necha
qiymatlari mos keladigan holatdagi bog‘liqlikning statistik aniq son o‘lchamlarini topish
imkonini beradi. Bunday holatda aloqa olingan bir qator o‘zgarishlarning o‘rtacha
qiymatlarida ifodalanadi. Korrelyasiyaning bir necha yo’nalishlari mavjud: to‘g‘ri ijobiy,
salbiy; teskari ijobiy, salbiy korrelyasiyalar. Aloqaning son ko‘rsatkichlari bir necha
darajalarga bo‘li-nadi: kuchsiz aloqa - korrelyasiya koeffisienti 0,30 gacha; o‘rtacha aloqa-
korrelyasiya koeffisienti 0,31 dan 0,69 gacha; kuchli aloqa-korrelyasiya koeffisienti 0,70
dan 0,99 gacha. Talabalarni sog‘lomlashtirishning samarali vositalarini aniqlash uchun
jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik ko‘rsatkichlarining
90
korrelyasion tobeligi belgilangan. Harakat sifatlari, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi,
jismoniy ahvol ko‘rsatkichlarning darajasini baholash bo‘yicha tadqiqotlar qizlarda 36,
yigitlarda 47 testlar bo‘yicha o‘tkazildi. Bunday yondashuv, ya’ni, talabalarni jismonan
etiltirish uchun ilmiy asoslangan mashqlarni aniqlash sog‘lomlashtirish- profilaktika ishini
samarali rejalashtirish, sog‘lomlashtirish jarayonini jadallashtiruv maqsadiga muvofiq
vositalarni tanlash imkonini beradi.
Ma’lumki, qizlarda bo‘y va og‘irlik ko‘rsatkichlari (r-0,9), o‘pkaning hayotiy sig‘imi
va bo‘yin aylanasi, bilak dinamometriyasi va tananing yog‘ og‘irligi o‘rtasida katta tobelik
aniqlangan. Yigitlarda esa bo‘y va og‘irlik, bilak dinamometriyasi va tana kuchi (r-0,9)
o‘rtasida katta tobelik mavjud. Yigitlar va qizlarning gavda tuzilishi va jismoniy
rivojlanishi o‘rtasida funksional tobelik aniqlangan bo‘lib, ular aloqaning uncha katta
bo‘lmagan sonini tashkil etadi. Gavda tuzilishi, jismoniy rivojlanishni yaxshilash -
talabalarni jismoniy yetiltirishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib unga sog‘lomlashtirish
jarayonida kuchni rivojlantirishga yo’naltirilgan maxsus mashqlardan muntazam
foydalanish yo’li bilan erishiladi. Gavda tuzilishini rivojlantirish umurtqa poqonani normal
ishlashini ta’minlovchi qomatni yaxshilash imkonini beradi.
Talabaning tipologik xususiyatlari ko‘rsatkichlarining korrelyasion tobeligi asab
jarayonlarining uyqonish va harakatchanligi o‘rtasida ancha katta (r-0,6) tobelik borligini
aniqladi. Asab jarayonlarining uyqonish va harakatchanligi kuchi yuqori bo‘lgan talabalar
yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘ladi. Ularga harakat faolligi yuqori bo‘lgan va holat
tez-tez o‘zgarib turadigan jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Asab jarayonlarining uyqonish
va harakatchanligi kuchi past va tormozlanish kuchi esa yuqori bo‘lgan talabalarga bir
me’erdagi tezlikni talab qiluvchi mashqlar to‘g‘ri keladi. Ko‘p sonli mushaklar ishtirok
etgan, harakat faolligi yuqori bo‘lgan mashqlar yurak qon tizimi faoliyatini yaxshilashga
yordam beradi. Aniqlangan tobeliklar talabalar valeologik tarbiyasi jarayonida
qo‘llaniladigan jismoniy mashqlarn tanlashda hisobga olinadigan, ilmiy asoslangan
91
talablarni shlab chiqish imkonini beradi. Bu esa o‘quv jarayonining samaradorligini
ta’minlaydi. Turli yoshdagi va jinsdagi talabalar qon aylanishi xususiyatlari ustida olib
borilgan tadqiqotlardan olingan natijalar qon aylanishining doimiy indeksi va qon aylanishi
indeksi o‘rtasida yuqori bog‘liqlik (r-0,9) borligini aniqlash imkonini berdi, vaholanki qon
aylanishi ko‘paysa qon aylanishi va moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Ayni paytda qon
aylanishi indeksi va tomirlarning periferik qarshiligi o‘rtasida yuqori salbiy bog‘liqlik (r-
0,9) mavjud. harakat faolligi mushaklarning qishar-tiruvchi va nasosli funksiyasini
kattalashtiradi, bu esa vena qonini yurak tomon yurishini ta’minlaydi, tomirlarning
periferik qarshiligini kamaytiradi yurak - qon tizimi funksiyasi samaradorligini oshiradi.
Bayon etilgan omillar talabalar valeologik tarbiyasi bo‘yicha darslarda qo‘llaniladigan
vositalarni tanlashda hisobga olinishi kerak.
Shunday qilib, mushak tizimining ma’lum morfofunksional holati - muhim hayotiy
zaruratdir, uning darajasi esa mushaklar kuchining ko‘rsatkichlarida aks ettiradi. Bundan
kelib chiqadiki, salomatlik uchun mushak tizimining ma’lum darajasi zarur ekan. Amaliy
mashg‘ulotlarda harakat faolligining oshirilishi, yuqori yelka aylanasi, qorin pressi
mushaklarini mustahkamlovchi vositalarni jismoniy mashqlar tarkibiga kiritish, ularning
tonusini ko‘tarish qomatni yaxshilash, qomat buzilishlari oldini olish harakatlanuvchi va
ichki organlar faoliyatini yaxshilaydi. Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib har
tomonlama tayyorlik insonning jismoniy qobiliyatini takomillashtirishni talab etadi va
maxsus mashqlar orqali erishiluvchi garmonik rivojlanishning muhim omili hisoblanadi,
degan xulosaga kelish mumkin. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari salomatlikni
yaxshilashning samarali vositasi sifatida quyosh radiasiyasi, havo va suv muhitlarining
xususiyatlari talabaning salomatligini mustahkamlash, chiniqish va ish qobiliyatini oshirish
vositalari sifatida xizmat qiladi. Valeologik tarbiya jarayonida tabiiy tadqiqotlar doirasida
tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan ikki yo‘nalishda foydalanildi: 1.Jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘shimcha sharoit sifatida (mashg‘ulotlarning ochiq havoda
92
o‘tkazilishi) foydalanish, bunda muhitning tabiiy omillari jismoniy mashqlar ta’sirini
to‘ldiradi, kuchaytiradi va faollashtiradi; 2.Sog‘lomlashtiruvchi suzish bo‘yicha
mashg‘ulotlarni ochiq suv havzasi ( basseyn)da tashkil etish, bunda tabiiy omillar
chiniqtirish va sog‘lomlashtirishning nisbatan mustaqil vositalari sifatida dozalashtiriladi.
Ochiq havoda amaliy mashg‘ulotlar stadionda 1.09. dan 30.11. gacha va 1.03. dan
1.06.gacha havo harorati +10 dan +28 gacha bo‘lgan sharoitda o‘tkaziladi. Shuni qayd
etish muhimki, havo harorati +27 dan oshganda talabalar jismoniy mashqlarni goh oftobda,
goh salqinda bajaradilar. Ochiq havoda o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida turli usullardan
foydalanildi. Bular: qat’iy reglamentlashtirilgan mashqlar, o‘yin va Musobaqa usuli, so‘z
va ko‘rgazma orqali ta’sir ko‘rsatish va h.z. Turli usullar qo‘llanilgan kom-binasiyalarni
sinab ko‘rish natijasida o‘yin va Musobaqa usulining samarali birikmasi aniqlandi.
Bellashuvlar jaryonida raqobatchilik omili ( to‘sinlarda tortilish, yerga tiralib qo‘llarni
bukish va yozish), shuningdek ularni tashkil etish va o‘tkazish shartlari (erishilgan natija
uchun rag‘batlantirish) O‘zgacha ruhiy kayfiyatni yaratadi. Talaba reytingini aniqlash
jismoniy mashqlar ta’sirini kuchaytiradi va organizmning funksional imkoniyatlarini
maksimal darajada namoyon etishga yordam beradi. Tadqiqotlarning yuqorida keltirilgan
natijalarining ko‘rsatishicha bellashuvlar sharoitida jismoniy tayyorlik Musobaqa
bo‘lmagan boshqa usullar sharoitidagiga nisbatan ancha oldinga siljiydi.
|