• Tayanch iboralari
  • Mavzu. Hujjatlarni ro’yxatga quyish va bajarilishini nazorat qilish reja 1




    Download 54,5 Kb.
    bet1/2
    Sana15.02.2024
    Hajmi54,5 Kb.
    #157015
      1   2
    Bog'liq
    hujjatlar


    MAVZU. HUJJATLARNI RO’YXATGA QUYISH VA BAJARILISHINI NAZORAT QILISH 

    Reja

    1. Hujjatlarni ro’yxatga quyishni tashkil etilishi.
    2.Hujjatlar ijrosini nazorat qilish.
    3.Hujjatlarni qayd qilishning jurnal shakli.

    Tayanch iboralari: Ro’yxatga olish, qantselariya, nazorat qilish, hujjatlar
    ijrosi, nazorat, kartoteka, kalendar shkala, hujjatlar aylanishi, qul mehnati, kirim 
    qorrespondentsiyasi, chikim hujjat.

    1. Hujjatlarni ro’yxatga quyishni tashkil etilishi 
    Hujjatlarni ro’yxatga quyishning asosiy maksadi ish yuritishni to’g’ri yo’lga 

    qo’yish va o’z vaqtida foydalanish uchun qiynalmasdan topishdir.


    Mana shu ro’yxatga olingai hujjatlar tartib bilan alfavit harflari asosida 
    belgilab qo’yiladi va ular istalgan vaqtda olinib kerakli masalalarni xal qilishda
    qul keladi 
    Uning asosiy vazifalaridan biri fuqarolar tomonidan qabul qilingan hujjatlarni
    ya’ni aytish mumkinki, biror bir maksad va vazifa bilan hujjat topshirmoqchi 
    bo’lgan shaxsning hujjatlarini ularni ro’yxatga olish joyida ya’ni usha Yuqorida
    aytilgan munshiyxona (kantselyariya) bo’limida fuqarolar tomonidan topshirilgan 
    asosiy dalil sifatida asrab turish va zarur vaqtda ya’ni biror bir sabab bilan ish
    yuritilganda ro’yxatga quyilgan hujjatlardan ma’lum ma’noda to’g’ri xolatda 
    foydalanishdan iboratdir.
    Ularning asosiy qoidalari esa xali ro’yxatga olinmagan hujjatlarni to’g’ri yoki 
    xatoligini tekshirib, hujjat egalariga to’g’ri yo’l-yuriqlar ya’ni maslaxatlar
    berishdan va mana shu ro’yxatga olingan hujjatlarni o’nga biriktirilgan shaxs 
    tomonidan doim nazorat qilishni yo’lga quyishdan iborat.
    YAna bir asosiy vazifasi belgilangan vaqtdan utganda ularni arxivlarga 
    topshirish va arxivdagi hujjatlarni doim nazoratda bo’lishini ta’minlashdan iborat.
    Biznes hujjatlarini yuritish xolatini yaxshilash uchun biznes hujjatlarini yuritish 
    bo’linmalarini (umumiy bo’limlar, devonxonalar, kotiblar va xokazo) tashkil
    qilishni yaxshilash, lavozimlarning aniq nomenklaturasini, turli kategoriyadagi 

    57
    korxona va muassasa uchun lavozimlar soni normativlarini ishlab chiqish lozim. 


    Biznes hujjatlarini yuritish soxasida mehnat unumdorligini oshirish hujjat


    tuzish va ishlash, shu ningdeq, axborot olish jarayonlarini mexanizatsiyalash yo’li 
    bilan amalga oshirilmogi kerak. Hujjat ustida ishlashning ko’pgina jarayonlari
    uchun texnika vositalari mavjud. 
    Respublikamizda keyingi paytlarda kompyuterlar bilan ishlash yaxshi yo’lga
    quyilmoqdi va shu bilan birga internet orqali Chet el tajribalaridan foydalanilgan 
    xolda axborotlarni uzatish, xatlarni junatish, fikr almashinish xattoki
    shartnomalartuzish ishlari xam amalga oshirilmoqda. 
    Shu sababli korxonalarning har bir bo’limlarida kompyuterlarga extiyoj ortib
    bormoqda. Ilgari kerakli hujjatlarni turli xil kataloglardan qidirib topib, shaxs 
    egalariga topshirguncha ancha vaqt sarflanardi. Xozir esa hujjatlar, ish qogozlari,
    shartnomalar va boshqa xil hujjatlar kompyuterga yuklanib arxivning qaysi 
    qatorida qaysi hujjat saqlanishini osonlik bilan topish mumkin. Bu esa o’z
    navbatida vaqtni va qogozni tejashga olib kelmoqda. 
    Hujjatlar olingan yoki tuzilgan paytdan boshlab, ularning ijrosi yoki
    jo’natilishi yoki ishga tikib qo’yilishiga olib borilgan faoliyat tashkilotning hujjat 
    bilan ish yuritish davrini tashkil qiladi.
    Tashkilotga kirib kelgan, shu jumladan, hisoblash texnikalari vositasida 
    tayyorlangan hujjatlarga birlamchi ishlov beriladi, ya’ni dastlabki qo’zdan
    kechirilishi ro’yxatga olinishi raxbarnipg tanishib chikishi va bajaruvchilarga 
    yuborilishi shu lar jumlasidandir.
    Qabul qilingan hujjatga ro’yxatga olish shtampi bosiladi. "SHaxsan" belgisi 
    bilan jo’natilgan hujjatlar ochilmasdan mo’ljallangan shaxsga yoki jamoa
    tashkilotlarita topshiriladi. 
    Hujjatlarni dastlabki ko’zdan qechirishdan maksad ularni raxbarlar tomonidan
    tanishib chiqishlari zarurligini aniqlash, tarkibiy bo’linmalar va mas’ul 
    bajaruvchilarni belgilashdir. Dastlabki ko’zdan qechirish orqali tashkilot
    lavozimlari o’rtasida vazifalar taksimoti asosida hujjatni bo’linmalar bo’yicha 
    taksimlanadi.
    Mansabdor shaxslar yoki bo’limlar nomiga jo’natilgan hujjatlargacha 
    dastlabki ko’zdan kechirmasdan egalariga beriladi.
    Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari, fuqarolar xoxishiga qarab 
    bo’limlarga bo’lishi mumkin.
    Davlat organlari va yukori tashkilotlardan kelgan va korxona faoliyatiga 
    bog’lik masalalarga tegishli, hujjatlar albatta raxbarga ko’rib chiqish uchun
    taqdim etiladi. 
    Qolgan barcha hujjatlar, ko’zdan kechirilgandan keyin, bajaruvchilarga
    taqdim qilinadi. Olingan hujjatni o’sha kuni yoki hujjat ish vaqtidan tashkari 

    58
    paytda olingan bo’lsa, birinchi ish kunida ishlab chiqilib bajaruvchilarga beriladi. 


    Hujjat bir necha tarkibiy bo’linmaga jo’natilgan bo’lsa, bo’linmalar uni


    navbat bilan ko’rib chiqadilar yoki nusxalari tarqatilib bir paytda beriladi.
    Hujjatning asl nusxasi, raxbarning munosabat belgisida familiyasi birinchi
    o’rinda ko’rsatilgan xodimga beriladi. 
    Hujjatlarning tashkilot ichidagi harakati tarkibiy bo’linmalar inspektorlari
    (kotiblar) tomonidan yoki hujjat ta’minoti xizmatining mas’ul xodimlari 
    tomonidan yuritiladi. hujjatlar ro’yxatga olingani haqidagi belgi bilan topshiriladi.
    Tashkiliy hujjatlar sonini hisobga olish, tashkilotning barcha tadbirlari 
    qatorida, hujjatlar yuritilishini, takomilashtirish uchun olib boriladi.
    Tashkilotdagi hujjatlar to’lik yoki terma (tarkibiy bo’linmalar yoki guruxlar 
    bo’yicha) hisobga olinadi. Fuqarolar tomonidan qilingan takliflar, arizalar va
    shikoyatlar aloxida hisobga olinadi. Hujjatlar miqdorini hisoblashda har bir 
    nusxasi, shu jumladan ko’paytirilgan va kompyuterda terilgan hujjatlar hisobga
    olinadi. Hujjatlar hisobi aloxida daftarga kiritiladi. 
    Hisobi yuritilishi, bajarilishi va turli maksadlarda ma’lumot olish uchun
    foydalanishi (farmoyish tusidagi rejalashtirish, hisobot, statistiq, moliyaviy va 
    xokazo) lozim.
    Ko’zda tutilgan va tashkilotning ichki extiyojlari uchun tuzilgan, shu 
    ningdeq, boshqa tashkilotlarga yuboriladigan va Yuqori turuvchi organlardan,
    quyi korxonalardan, boshqa tashkilotlardan va aloxida shaxslardan olinadigan 
    barcha hujjatlar ro’yxatdan o’tqaziladi.
    Tashkilotda hujjat bir marotaba: kirib kelgan hujjatlar - qabul qilingan kunda, 
    tuzilgan hujjatlar imzo qo’yilgan yoki tasdiqlangan kunda ro’yxatdan o’tqaziladi.
    Ro’yxatdan o’tqazilgan hujjatlarni bir bo’linmadan boshqa bo’linmaga 
    o’tqazilishida takroran ro’yxatdan o’tkazilmaydi.
    Hujjatlar nomlari va mazmuni bo’yicha guruxlarga bo’linib ro’yxatdan 
    o’tqaziladi. Masalan, tashkiliy raxbarning asosiy faoliyat bo’yicha buyruqlari,
    xodimlar bo’yicha buyruqlari, hisobotlar, quyi tashkilotlar xay’atining qarorlari
    moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha taftish dalolatnomalari. hisobotlar, quyi
    tashkilotlarning ishlab chiqarish 
    rejalari, moddiy-texnika ta’minogi bo’yicha ro’yxatga olinadi. Ro’yxatga
    olish tartib raqamlari har bir gurux bo’yicha aloxida yuritiladi. 
    Qabul qilib olingan va tuzilayotgan hujjatlar ularni tuzish va bajarish
    joylarida 
    ro’yxatdan
    o’tqaziladi. 
    Masalan,
    rejalashtirish 
    bo’limida
    -
    rejalashtirishga taalluqli hujjatlar, xay’at qarorlari -kotibiyatda va xoqazo. 

    Hujjatlarni ro’yxatga olishda kartochkalar yuritiladi. (Kartochkalar nusxasi


    81-83 ilovalarda qo’rsatilgan). 
    Hujjatlarni ro’yxatga olinishini avtomatlashtirilishiga o’tishi uchun imkon

    59
    yaratish maksadida, ro’yxatga olish kartochkasida majburiy yozilishi shart bo’lgan 


    rekvizitlar belgilab quyilganiga quyidagilar kiradi: muallif (muxbir) hujjat turining


    nomi, hujjat sanasi, hujjat indeksi, sarlavxa yoki qisqacha mazmuni, munosabat 
    belgisi, bajarilish muddati, bajarilganligi to’grisida qisqacha yozuv, haqiqatda
    bajarilganligi haqidagi javob hujjatining indeksi, ish sanasi). 
    Fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlari belgilangan shakldagi ro’yxatga
    olish nazorat kartochkalarda ro’yxatga olinadi. 
    Hujjatlarni ro’yxatga olish nusxa olish, ko’paytirish apparatlari va hisoblash
    texnikalari, kompyuter yordamida amalga oshirilishi mumkin. 



    Download 54,5 Kb.
      1   2




    Download 54,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Hujjatlarni ro’yxatga quyish va bajarilishini nazorat qilish reja 1

    Download 54,5 Kb.