Mavzu: chempion sportchining shaxsiy sifatlari jamoaviy sport turlari misol kirish mavzuning dolzarbligi




Download 50.68 Kb.
bet1/6
Sana31.05.2023
Hajmi50.68 Kb.
#68146
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CHEMPION SPORTCHINING SHAXSIY SIFATLARI 2
betlik 111, MARKAZIY OSIYANING GEOGRAFIK O’RNI, подписка на Журнал КІБЕРНЕТИКА ТА СИСТЕМНИЙ АНАЛІЗ 1, Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi, Moliya fanidan test, Moliya

MAVZU: CHEMPION SPORTCHINING SHAXSIY SIFATLARI (JAMOAVIY SPORT TURLARI MISOL


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. Umid nihollari‖, Barkamol avlod‖ va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog'lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3-iyundagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida‖gi PQ-3031-sonli qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15-fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4956 sonli farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug'ullanishga jalb etish, jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o’tkazish, Milliy olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federatsiyalar bilan birgalikda istedodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Yurtboshimiz ommaviy sportning inson va oila hayotidagi o’rni, uning istiqbollari aynan jismoniy va ma'naviy sog’lomlikning asosi, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o’z qobiliyat va iste‘dodini ro’yobga chiqarishda sportning ahamiyati juda katta ekanligini doimo ta‘kidlab kelgan.
Hozirgi vaqtda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash va sportni takomillashtirish uzoq yillik va ko’p bosqichli jarayondir. Zero, sportchining mashg’ulotlariga adaptatsiyasi, musobaqalarga tayyorgarlik vazifalari, sportchi mahoratining jismoniy va psixik sifatlarining dinamikligi hamda strukturasi uning psixologik statusiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Mamlakatimiz aholisi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida sport va sportni keng miqyosda rivojlantirish va sportni bugungi istiqbollari ustuvor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli xalqaro bellashuvlarda, Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida turli musobaqalar o’tkazilishi ommalashib borayotgani ayniqsa e'tiborlidir. Ayni bir vaqtda ta'lim oldidagi eng muhim dolzarb masalalardan biri jismoniy madaniyat va sport psixologiyasi fanlarini ham jahon andozalariga javob beradigan o’quv adabiyotlari bilan boyitish va ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sport psixologiyasi‖ fani jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini tayyorlash, sohaga oid ko’plab muammoli masala va vaziyatlarni to’g’ri hal etish, ilmiy tahlil qilish, sportchi o’quvchi va talabalarda ma‘naviy his-tuyg’u shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu dolzarb masalalarga chuqur ilmiy-uslubiy va metodologik nuqtai nazardan yondashishga to’g’ri keladi.
Mazkur kurs ishida chempion sportchining shaxsiy sifatlari, nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan uning musoboqalarga tayyorlanishda rivojlanish tarixi, sportchilarda milliy mafkuraviy bilim va malakalarni shakllantirish uslublari, sportchi shaxsini bilish jarayonlari, irodaviy emotsional holatlari, individual xususiyatlari, emotsional zo’riqishlari, emotsiyalarni boshqarish uslublari, sportchining imkoniyatlari, sport faoliyatining psixologik xususiyatlari kabi dolzarb mavzular haqida fikr yuritiladi. Yana shu bilan birga mazkur kurs ishida chempion sportchining shaxsiy sifat va qobiliyatlari o’z aksini topgan.



Download 50.68 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 50.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: chempion sportchining shaxsiy sifatlari jamoaviy sport turlari misol kirish mavzuning dolzarbligi

Download 50.68 Kb.