• I-BOB. YOSH SPORTCHILARDA JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
  • II-BOB.MUSOBAQADAN OLDIN O`STIRISH KERAK BO`LGAN OMILLAR
  • XULOSA ………………………………………………………………….…….27 FOYDALANILGANADABIYOTLAR ……………………………….……28 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
  • Mavzu: sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi mundarija: kirish i-bob. Yosh sportchilarda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari




    Download 60.29 Kb.
    bet1/8
    Sana31.10.2023
    Hajmi60.29 Kb.
    #91196
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    I-bob. Yosh sportchilarda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifa-fayllar.org
    1- Mavzu. Oila huquqi . Oila jamyatning asosiy bog\'ini, 8-топшириқ, mustaqil ish, ingliz tili, O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO‘LI, Ota-ona rizosi

    I-bob. Yosh sportchilarda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari

    MAVZU:SPORT MUSOBAQALARI VA SPORTCHILARNI TAYYORLASH TIZIMI


    MUNDARIJA:
    KIRISH………………………………………………………………………..…..3
    I-BOB. YOSH SPORTCHILARDA JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
    1.1 Yosh sportchilarni dastlabki tayyorlash xususiyatlari..................................5
    1.2. Yosh sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni va rivojlantirish masalalari...........................................................................................................9
    II-BOB.MUSOBAQADAN OLDIN O`STIRISH KERAK BO`LGAN OMILLAR
    2.2 Kuch sifatlari va ularni yosh sportchilar tayyorlashdagi o’rni…………….18
    2.2 Yosh sportchi bolalarda qo’l va oyoq kuchini nostandart mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligi...............................................................................26


    XULOSA ………………………………………………………………….…….27
    FOYDALANILGANADABIYOTLAR ……………………………….……28
    KIRISH
    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.O’zbekiston mustaqil Davlat maqomiga erishgandan so’ng qisqa davr ichida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport yo’nalishida ham asrlarga teng progressiv o’zgarishlar ro’y berdi, “Olimp cho’qqilarini zabt etishga qodir” isloxatu – bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kunda xalqimiz hayotida o’z aksini topib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonun (1992, 2000,2016), Vazirlar Mahkamasining 2016 yil “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli Qarori, futbol va tennisni rivojlantirish hamda kurashni qo’llab-quvvatlash haqidagi maxsus Qarorlar, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi1”, “Sog’lom avlod”ni tarbiyalashga doir Davlat dasturi kabi konseptual hujjatlar barkamol avlodni tarbiyalash garovidir.
    Kurs ishining tadqiqot ob'еkti va prеdmеti. Kurs ishining ilmiy tadqiqot va pеdagogik amaliyot ishlarida jismoniy tarbiya va sport, sog`lomlashtirish tadbirlarida talabalarni ishtirok etishlari o`rganilgan.
    Mamlakatimizning turli mintaqalarida halqaro standartlarga mos ulkan sport majmualarini barpo etilishi, o’zbek sportchilarning Jahon, Olimpiya va Osiyo musobaqalarida yuksak natijalarni qo’lga kiritib kelayotganligi, bir tomondan yuqorida qayd etilgan Davlat hujjatlarining aks-sadosi bo’lsa, ikkinchi tomondan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni Davlat siyosatining ustivor yo’nalishlari pog’onasiga ko’tarilganligidan dalolat beradi.
    Shunday ekan, o’zbek sportining kelajak istiqbolini ta’minlash va uni xalqaro miqyosga mos, raqobatbardosh darajaga olib chiqish ushbu sohani ilmiy-texnologik asosda taraqqiy ettirishni taqazo etadi. Bu borada sportning sport turini rivojlantirish, uning mavqyeini jahon miqyosiga olib chiqish yosh, iste’dodli sport zahiralarini tayyorlash zarurligiga e’tibor qaratadi. Raqobatbardosh sport zahiralarini tayyorlash esa o’z navbatida mazkur jarayonni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini qo’yadi.
    Zamonaviy sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishish uchun sportchilar organizmi katta hajmli va o’ta shiddatli yuklamalarga tayyor bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda ko’p yillik sport tayyorgarligi jarayonida sportchi shu tayyorgarlik davrining qaysi bosqichida shug’ullanishidan qat’iy nazar qo’llaniladigan trenirovka mashqlari yuklama jihatidan uning funksional va jismoniy imkoniyatiga mos bo’lishi kerak.
    Aks holda, ya’ni katta hajmli va o’ta shiddatli mashqlar zo’rma-zo’raki berilaversa shug’ullanuvchi organizmida zo’riqish alomatlari paydo bo’ladi. Agar shunday mashg’ulotlardan foydalanish davom etaversa, nafaqat foydali sport natijalariga erishish mumkin, balki shug’ullanuvchi organizmida kasallik asoratlari vujudga kelishi ehtimoldan holi emas.
    Sport mahoratining yuksak bosqichida, ya’ni malakali, katta yoshdagi sportchilarda shunday ko’ngilsiz oqibatlar ro’y bermasligi uchun muayyan sport turiga dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka oid mashqlarni me’yorlab qo’llash tavsiya etiladi. Oydan oyga, yildan yilga mashg’ulot yuklamalarining hajmi va shiddati “zinapoya” sifatida emas, balki “to’lqinsimon” shaklda ortib borishi maqsadga muvofiqdir.

    Download 60.29 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 60.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi mundarija: kirish i-bob. Yosh sportchilarda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari

    Download 60.29 Kb.