|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga
|
Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 14,76 Kb. | | #132899 |
Bog'liq Bir million dasturchi loyihasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-300-son qarorining 1-ilovasi 54-bandida “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish orqali eng iqtidorli yoshlarni tanlab olib, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlash vazifasi belgilangan. 2023-yil 24-noyabr 3/22-24/11-01-sonli xatni ijrosini ta’minlash maqsadida.
Xalqaro innovatsion universitetida IT dasturlash sohasiga qiziqadigan talabalar o‘rganilib, Raqamli texnologiyalar markazi hodimlari tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz/ platformasi haqida amaliy o‘quv seminar tashkillashtirilib, talabalarga https://uzbekcoders.uz/ va Coursera kurslaridan qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish, kurslarga yozilish hamda kurs dasrlaridan to‘liq foydalanish va qanday qilib Coursera Certifikatini olish tartibi to‘liq o‘rgatildi.
Ushbu loyiha haqidagi ma’lumotlar Xalqaro innovatsion universiteti https://xiuedu.uz/ web sahifasi orqali yoritildi.
Xalqaro innovatsion universitet rektori U.D.Ortiqov
Ijrochi: S.Ernaqulov
+998908824016
|
| |