• Xodimlar adaptatsiyasi muammosi.
  • Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va shaxslararo munosabatlari




    Download 308,01 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana11.12.2023
    Hajmi308,01 Kb.
    #115963
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    9-mavzu (1)



    Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va 
    shaxslararo munosabatlari 
    Reja:
    1.Xodimlar adaptatsiyasi muammosi. 
    2. Adaptatsiya jarayonini shaqllantirish imkoniyatlari. 
    3. Adaptatsiya jarayoni bosqichlari. 
    4. Zamonaviy korxona va tashkilotlarda mehnat resurslarini boshqarish. 
    5. Korxona va tashkilotlarda xodimlarni boshqarish tizimi. 
    6. Korxona va tashkilotlarda xodimlarni boshqarish tamoyillari va xodimlarni 
    rejalashtirish. 
    Inson u yoki bu yangi sharoit bilan tuknash kelar ekan, yangi vaziyatga 
    moslashish va unumli faoliyatni ta‟minlash psixikaning asosiy vazifalaridan biridir. 
    Psixologiya fanida bunday moslashish adaptatsiya deb atalib, bu ibora 
    yangi sharoitga xos bulgan shartlarni inson tomonidan o‟zlashtirilishini nazarda 
    tutadi. Fanda kabul kilingan adaptatsiya atamasidan foydalangan xolda ushbu 
    mavzuimizni bayon etamiz. 
    Xodimlar adaptatsiyasi muammosi. Moslashuvning asosiy mohiyati 
    insonning o‟z atrofidagi shart-sharoit, ijtimoiy muhit talablarini qabul qilishi va 
    o‟zlashtirishida namoyon buladi. Mazkur ta‟rif tashkilot miqyosida tahlil etilganda 
    xodimning o‟zi bajarishi lozim bulgan faoliyat bilan tanishishi hamda yangi muhit 
    talabiga mos ravishda o‟z xulqini o‟zgartirib borishini nazarda tutamiz. 
    Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi ishga yangi kelgan yoki o‟zgargan mehnat 
    sharoitlariga ko‟nikishi lozim bo‟lgan mutaxassisga tegishli deb qaraladi. Xususan, 
    xodimning yangi mehnat jamoasiga qanchalik tez moslashishi uning samarali 
    mehnat faoliyatini erta boshlab yuborishidagi asosiy omildir. Hozirga kelib 
    tashkilot yangi xodimning moslashuvi uchun juda qat‟iy shartlar qo‟yyapti. Chunki 
    ushbu sohadagi qiyinchilik quyidagi sabablar orqali belgilangan: 
     adaptatsiya davri ancha qisqa vaqtni talab etadi
     tashkilotga yangi texnologiyalarning joriy etilishi ularni o‟zlashtirishda 
    ma‟lum qiyinchiliklar tug‟diradi; 
     ustoz-shogird tizimining shakllanmaganligi; 
     xatto bir mehnat bulimi, guruh ichidagi raqobatning mavjudligi. 
    Sanab o‟tilgan va shu kabi muammolar adaptatsiya jarayoni o‟tishidagi asosiy 
    qiyinchilikdir. Bundan tashqari qator tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy omillar ham 
    borki, ular yangi xodimning ishga moslashuvini qiyinlashtiradi va ular o‟z 
    mohiyatiga ko‟ra ob‟yektiv omillar toifasiga kiradi. Bular qatoriga noqulay ish 
    sharoitini, mehnatning og‟irligi, xodimlar o„rtasida majburiyat va xuquqning 
    noanik taqsimlanganligi, xodim malakasining kasb talablariga mos kelmasligi
    bajariladigan mehnatni ta‟minlovchi resurslar etishmasligi, raFbatlantirish va xak 
    to‟lash tizimidagi xatolar, adolat tamoyilining buzilishi va boshqa sabablar kiradi. 
    Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasiga yetarli e‟tibor bermaslik korxona uchun 
    nafaqat tashkiliy qiyinchiliklar, balki moddiy zarar ham olib keladi. 
    Aniqlanishicha, ish paytidagi baxtsiz hodisalar yangi kelgan ishchilarda 
    tajribalilariga nisbatan ko„p sodir bo‟ladi. Ishdan bushayotganlar orasida ishga 


    joylashganiga olti oydan kam vaqt bo‟lgan xodimlar ko„pchilikni tashkil qiladi. 
    Mehnat adaptatsiyasining asosiy jihatlari. Mehnat sotsiologiyasi va 
    psixologiyasida mehnat adaptatsiyasining uchta o‟zaro bog„liq tomoni farqlanadi:
    1) Kasbga moslashish;
    2) Moslashuvning psixofiziologik jixati
    3) Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya.
    Quyida mana shu adaptatsiya turlari haqida ma‟lumot berib o‟tamiz. 

    Download 308,01 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 308,01 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va shaxslararo munosabatlari

    Download 308,01 Kb.
    Pdf ko'rish