• O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar.
  • O‘ZBEKISTON SSRDA PREZIDENTLIK BOSHQARUVINING JORIY ETILISHI.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti navdpi tarix kafedrasi dotsenti




    Download 4.16 Mb.
    Sana04.04.2024
    Hajmi4.16 Mb.
    #186961
    Bog'liq
    1 MAVZU; Узбекистоннинг энг янги тарихи
    metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari, 1-Mavzu Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqi, VTT Lab 5 Uzb (1) NARGIZA, VTT Lab 3 Uzb ( NARGIZA

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    NavDPI Tarix kafedrasi dotsenti
    M.X.Norqobilov
    Farg‘ona fojiasi va uning mohiyati
    04/03/2024

    Markaz jilovni qo‘ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda 1989-yil may-iyun oylarida Quvasoyda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi.
    1989-yil 7-8-iyunda Qo‘qon shahrida mahalliy aholi qatnashgan tinch namoyish harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 50 dan ziyod namoyishchilar halok bo‘ldi.
    04/03/2024

    1990-yil iyunda Farg‘ona vodiysining O‘sh va O‘zgan shaharlarida (qo‘shni Qirg‘iziston hududida) qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi.
    Bu mojaro (O‘sh qirg‘ini) natijasida minglab gunohsiz o‘zbeklar halok bo‘ldi. Markaz murakkab etnik vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga intildi, azaliy qon-qardosh hisoblangan turkiy xalqlarni bir-biriga qarshi qo‘ydi.
    04/03/2024

    O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar.


    1989-yil 23-iyunda tajribali iqtisodchi va partiya xodimi Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi.

    U o‘zi saylangan plenumda so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq va ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zaruriyat ekanligini ta’kidladi.

    Bu davr O‘zbekiston ijtimoiy- hayotida jiddiy o‘zgarishlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining faollashuvi va siyosiy madaniyatning keskin ko‘tarilishi yuz berdi.


    “Erk” demokratik partiyasi

    1988-yil noyabrda “Birlik” xalq harakati rahbari professor Abdurahim Po‘latov jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi.


    Abdurahim Po‘latov

    Shuningdek, harakat huzurida O‘zbekiston yoshlarining erkin uyushmasi (1988-yil noyabrda asos solingan) hamda “To‘maris” ayollar harakati ham faoliyat ko‘rsatdi.

    “Birlik” xalq harakati faollarining bir guruhi keyinchalik, modern shoir Muhammad Solih (Saloy Madaminov) boshchiligida siyosiy partiya tuzish uchun harakat boshladilar.

    O‘ZBEKISTON SSRDA PREZIDENTLIK BOSHQARUVINING JORIY ETILISHI.


    1990-yil 24-martda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n ikkinchi chaqiriq I sessiyasida O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ta’sis etildi va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti qilib saylandi.

    O‘zbekistonda va keyinchalik boshqa ittifoqdosh respublikalarda prezidentlik lavozimining joriy qilinishi Markaz uchun kuchli zarba bo‘ldi.

    1990-yil 20-iyunda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Soveti o‘n ikkinchi chaqiriq II sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.

    O‘zbekistondagi bunday voqealar hamda Sovet Ittifoqi tarkibidan 1990-yil mart – may oylarida Litva, Latviya va Estoniyaning chiqib ketishi SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

    O‘zbekiston o‘zini SSSRdan mustaqil deb e’lon qildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida prezident I.A.Karimovning ma’ruzasi tinglandi.

    O‘zbekiston Respublikasi tinch parlament yo‘li bilan o‘zining mustaqil davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida 3500 yillik o‘tmishga ega o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo‘lib yozildi.


    Download 4.16 Mb.




    Download 4.16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti navdpi tarix kafedrasi dotsenti

    Download 4.16 Mb.