Ta’lim piramidasi.
Ushbu rasmda keltirilgan raqamlar o‟rtacha ko‟rsatkich bo‟lib, u yoki bu
uslubning samaraliligi avvalambor o‟qituvchining mahorati bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, sanab o‟tilgan uslublardan birontasiga asoslanish ta‟lim jarayonining
maqsadi va yuzaga kelgan vaziyatga bog‟liqdir.
Tashkilotda ta‟lim tadbirlarini joriy etishdagi xususiyatlardan yana biri -
muayyan vaqtdagi ta‟lim jarayonida bir qancha uslublarni qo‟llash imkoniyatidir.
Bir vaqtning o‟zida turli ta‟lim uslublarini qo‟llash o‟qituvchi oldidagi vazifani
yanada samarali bajarish imkonini beradi.
Xodimlarni ijrochilik malakasiga o‟rgatish zarurati haqida gapirar ekanmiz,
murakkab kasbga oid faoliyatni o‟zlashtirishda «Rejalashtirilgan ta‟lim» uslubi
ancha muvaffaqiyatli bo‟lib hisoblanadi. Bu yondoshuvga binoan, bilimning
oshishi odamning avvalgi tajribasiga asoslanadi. Ta‟limni to‟plangan tajribaga
asoslanib ta‟riflash o‟quvchi yoshi, holati kabi omillarni chetlab o‟tish imkonini
beradi va har qanday bilimni, har qanday xodimga o‟rgatish mumkin, degan
ta‟kiddan kelib chiqadi. «Rejalashtirilgan ta‟lim» uslubi B.Skinner tomonidan
1960 yilda taklif etilgan bo‟lib, unga binoan ta‟lim jarayoni qator mayda tashkiliy
qismlarga bo‟lib chiqiladi. Yaxlit faoliyatni tashkil etuvchi bu harakatlarni «qadam
ba qadam» bajarish asosida u yoki bu murakkab tizim muvaffaqiyatli tarzda
o‟zlashtirilishi mumkin. Amalga oshirilayotgan qadam qanchalik kichik bo‟lsa,
harakatni o‟zlashtirish ham shunchalik samarali bo‟ladi. Ta‟lim samarasi ko‟p
jihatdan «qadam» xajmining o‟quvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanishiga
bog‟liq.
«Rejalashtirilgan ta‟lim»dagi asosiy jihatlar quyidagilar:
berilayotgan ma‟lumotning mantiqan bog‟liqligi;
taklif etilayotgan «qadam»ning xajmi;
o‟quvchi berayotgan javob xususiyatlari – mavzu yuzasidan javobning iloji
boricha to‟liq va aniqligi, hamda to‟g‟ri javobning ijobiy baholanishi;
ta‟lim davomida tayyor va to‟g‟ri javoblarni namuna tarzida ko‟rib turish
o‟zlashtirish samarasini oshiradi;
kuchli motivatsiya bilimni o‟zlashtirish samarasini oshiradi;
o‟qituvchining ta‟lim jarayonini nazorat qilishi va boshqarishi;
Bahs guruhlari 50%
Amaliyotda qo‟llash 75%
Namoyish etish 30%
Boshqalarni o‟rgatish\
Ta‟lim berish 90%
o‟zlashtirilgan har bir bilim o‟qituvchi tomonidan o‟quvchi sub‟yektiga mos
ravishda rag‟batlantirilishi lozim;
takrorlash ma‟lumotni yaxlit tarzda tasavvur etishga yordam beradi;
bilim va ijodiylik doim ham o‟zaro mos kelavermaydi va hatto ba‟zida bir-
biriga zid kelishi mumkin.