|
Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va shaxslararo munosabatlariBog'liq 9-mavzu (1)Adaptatsiya jarayoni bosqichlari. Rahbar xodimning yangi mehnat
sharoitiga moslashishiga ko‟mak ko‟rsatar ekan, adaptatsiya jarayoni quyidagi
asosiy bosqichlardan iboratligini nazarda tutishi lozim.
Yangi xodimning tayyorgarlik darajasini aniqlash. Aniqlangan daraja xodim
manfaati yo‟lida keyingi amalga oshirish lozim bo‟lgan tadbirlarni rejalashtirish,
zarur resurslarni qo‟llash, xodimning tajriba sohasidan kelib chiqqan holda uning
qobiliyatlari va malakasi darajasidagi vazifalarni aniqlab olish imkonini beradi.
Kasbiy sohadan tashqari xodimning muloqotga moyilligi darajasini bilish
tashkilotning kommunikatsiya tarmog‟iga tezroq kirishib ketishini ta‟minlash
uchun asos bo‟ladi.
Oriyentatsiya. Xodimni u bajarishi lozim bo‟lgan vazifalar, majburiyatlar
bilan tanishtirish. Bu bosqichda amalga oshiriladigan tadbirlarni quyidagi
guruhlarga bo„lishimiz mumkin:
Kompaniya asoslari - tashkilot tarixi va hozirgi holati haqidagi asosiy ma‟lumot,
strategik rejalar, xodimlar va rahbariyat munosabatlari qoidalari, kasaba uyushmasi
faoliyati, mehnat sharoitlari va ish tartibi, ish xaqi belgilash tizimi, korxonadagi
ijtimoiy ta‟minot, maishiy xizmat va imtiyozlar;
Mahsulot - korxona mahsulotlari tarkibi bilan tanishtirish, ishlab chiqarish tizimi
va texnologiyasi, asosiy mahsulot iste‟molchilari va narxi, raqobatdosh
mahsulotlar orasida tutgan o‟rni;
Ishlab chiqarish - ishlab chiqarishga oid qarorlar qabul qilish tartibi va xususiyati,
tashkilot rejalari va loyihalar bilan tanishtirish, ishlab chiqarish jarayonining asosiy
tamoyillarini o„rganish, bo‟limning asosiy vazifalari va mas‟uliyat darajasi, hisobot
berish asoslari, mahsulotga yo‟nalgan Boshqaruv uslubini o„rganish va harajatlarni
hisoblash, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik asoslari;
Sotuvlar - tashkilotning bozordagi ulushi va reklama jarayoni, raqobatdosh
tashkilotlarning imkoniyatlari, sotuv agentlarining faoliyati, sotuv uslublari;
|
| |