Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari




Download 308,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana11.12.2023
Hajmi308,01 Kb.
#115963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu (1)

Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari. Yangi xodimlarni 
kasbga bo‟lgan talablar asosida ishga qabul qilish adaptatsiya jarayoninig yengil 
o‟tishini ta‟minlovchi shartlardan biridir. 
Tashkilot rahbari yangi xodim adaptatsiyasini iloji boricha qisqa fursatda va 
salbiy asoratsiz o‟tishiga ko‟maklashishi lozim. Bu sohada ilg‟orlab ketgan ayrim 
tashkilotlar ham bo‟lib, ularning boy tajribasini tatbiq etish tashkilot mehnat 
samaradorligini oshirishdagi yana bir qo‟shimcha omildir. Masalan, Rossiyadagi 
«Svetlana» XJda yangi xodimlar adaptatsiyasini nazorat etish bo‟yicha alohida 
dastur mavjud bo‟lib, unga binoan bu jarayon tizimli ravishda olib boriladi. 
Xususan, ma‟lum vaqt oralig‟ida tashkilotdagi yangi xodimlar tomonidan nazorat 
savolnomalari to‟ldiriladi va adaptatsiya darajalari aniqlanadi. Odatda bu ish bilan 
kadrlar bo‟limi, kasbga munosiblik bo‟limi mutaxassislari shug‟ullanadilar. Mana 
shu so‟rovlar asosida ish sharoitlariga o„rta yoki past darajada moslashayotgan 
xodimlar aniqlanadi. Keyingi bosqich sifatida adaptatsiya jarayoniga salbiy ta‟sir 
etuvchi omillar aniqlanadi. Bu jarayonga endi tashkilotning yuqori bo‟g‟in va 
maxsus bo‟limlar xodimlari jalb etiladi. Adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatli 
o‟tishiga salbiy ta‟sir etuvchi omillarni bartaraf etish bo‟yicha alohida chora 
tadbirlar majmuasi ishlab chikqiladi. So‟nggi bosqich sifatida ushbu tadbirlarning 
samarasi tekshirib ko‟riladi. Bu sanab o‟tilgan bosqichlar adaptatsiyani tadqiq etish 
jarayonining asosiy qismlari bo‟lib, bu tadbirlarga yosh xodimning mehnat 
ko‟rsatkichlaridan manfaatdor bo‟lgan barcha rahbarlarning qatnashishi ko‟zda 
tutiladi. 
Moslashish davri ba‟zi korxonalarda kasb talablarini o‟zlashtirish bilan bog„liq 


bo„lsa, boshqa tashkilotlarda adaptatsiya muddati tashkilotning butkul hayot tarzi 
bilan uyg‟unlashib ketishni nazarda tutadi. Bu borada iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlar korxonalarida amalga oshirilayotgan kadrlar siyosatidan kelib 
chiquvchi tadbirlarni eslab o‟tish ham o‟rinlidir. Masalan, ko„pgina yapon 
kompaniyalarida yuqori axloq me‟yorlariga ega bo„lish tashkilotning doimo diqqat 
markazida turadi. Xususan, «Matsusita elektrik» kompaniyasida xodimga texnik 
malaka, korporatsiya falsafasi, maqsadi va siyosati bilan sug‟orish uchun 8 oy vaqt 
ajratiladi. Bu moslashuv davri bo‟lib, aynan shu vaqt oralig‟ida yangi xodim 
kompaniya qadriyatlari, xulq me‟yorlari va madaniyatini o‟zlashtiradi. Bunday 
tarbiya korxona rejalari va iqtisodining ochiq-oydinligi bilan birgalikda olib 
boriladi, hamda xodimda tashkilot hayotida faol qatnashish motivatsiyasini 
shakllantirishga qaratiladi. 

Download 308,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 308,01 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari

Download 308,01 Kb.
Pdf ko'rish