Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida




Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana22.12.2022
Hajmi157.65 Kb.
#36660
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya beri



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI
YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son
Farmoniga
muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim
xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi
o‘rinlarda — Konsepsiya) 
1-ilovaga
muvofiq;
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-
2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 
2-ilovaga
muvofiq;
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli
ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 
3-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga
mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili
tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yilning “Yo‘l
xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab
chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l xaritalari” hamda maqsadli ko‘rsatkichlarning (indikatorlarning)
bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin hamda yiliga bir marta uning natijalarini Hukumat
rayosati majlislarida tanqidiy ko‘rib borsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan:
a) 2020 — 2022-yillar davomida:
inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va
malakasi oshiriladi;
inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular
maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik
qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion
loyihalar joriy etiladi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning
mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy
qilinadi;
b) 2023 — 2025-yillar davomida:
inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy
qilinadi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;


inklyuziv 
ta’limda 
o‘qitish 
usullari 
takomillashtiriladi 
hamda 
ta’lim 
jarayoniga
individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan
sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘riladi;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik
joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat
ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari) soni optimallashtiriladi.
4. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) 2021/2022 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida:
shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim
maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan
umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch
korreksion sinflarni ochish;
Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish;
b) inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish va
ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish natijalarini hisobga olgan holda ijobiy tajribani
respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq etish;
v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’limni 11 yillik (intellektual
rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9
yillik) muddatda amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11-sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari
bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-sinf) o‘quvchilarini kasb-
hunarga o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda egallaydigan
kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratish
maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining qisqartirilayotgan o‘quv soatlari doirasida
kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish;
g) ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga kasbga o‘qitish kurslarida o‘rgatilgan
kasblar bo‘yicha sertifikat berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi kasbga o‘qitish
kurslarini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv jarayonini samarali olib borish va
malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish uchun tegishli hududdagi professional ta’lim
muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarini ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga
biriktirsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim
berish moslashtirilgan (adaptiv) o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch
korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
shtatlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish hisobidan maxsus pedagog shtat birliklari
ajratiladi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning salohiyatini rivojlantirish maqsadida inklyuziv
ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim maktablari tomonidan mazkur o‘quvchilar uchun ular va
ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) ishtirokida individual o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi
mumkin;


alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda maxsus
pedagoglar va tyutorlar (yordamchi pedagog xodimlar) yaqindan ko‘maklashadi;
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog
xodim) sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta’lim muassasalarining pedagogika
yo‘nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi;
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim
maktablari Kuzatuv kengashi tarkibiga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ota-onalaridan
(ularning qonuniy vakillaridan) biri kiritiladi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda professional ta’lim
muassasalari uchun umumiy davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlarining ikki foizgacha bo‘lgan
qismi ushbu shaxslarga ajratiladi;
o‘quvchilarga uy sharoitida yakka tartibda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar ish haqlarini
hisoblash Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tartib bo‘yicha
amalga oshiriladi;
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari
uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida to‘lanadi;
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohi
rahbari bazaviy tarif stavkasi miqdori “Mehribonlik” uylarining tegishli rahbar xodimi bazaviy tarif
stavkasining 90 foiziga, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari bazaviy tarif
stavkasi miqdori umumta’lim maktablari psixologlari bazaviy tarif stavkasiga, “Mehribonlik” uylari va
bolalar shaharchalari to‘garak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yo‘riqchisi bazaviy tarif
stavkalari “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga
tenglashtiriladi.
6. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi
qoshida uning belgilangan shtat birliklari doirasida “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” tashkil etilsin.
Inklyuziv ta’lim laboratoriyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim uchun shart-sharoitlar yaratish, inklyuziv ta’lim
berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini
nazorat qilish;
inklyuziv ta’limning metodik ta’minotini (dasturlar, rahbar, pedagog va mutaxassislarga
metodik tavsiyalar va boshqalarni) ishlab chiqish hamda takomillashtirib borish;
inklyuziv ta’limning barcha subyektlari uchun psixologik-pedagogik va ijtimoiy rivojlantirishga
yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
inklyuziv sharoitlarda ta’lim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini
tashkil qilish;
inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va
amaliyotga tatbiq etish;
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalari, ularda ta’lim olayotgan
o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish;
inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil
etish va o‘tkazish.
7. Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar
dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqi va erkinligini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek bolalarning madaniyat, san’at, sport va boshqa
yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
inklyuziv ta’lim-tarbiyani matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etish;


alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari bo‘yicha ota-onalar
uchun onlayn o‘quv kurslarini tashkil etish va video ma’ruzalarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi boshqa vazirlik va
idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:
pedagogik ta’lim sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tegishli o‘quv
dasturlariga inklyuziv ta’lim metodikasi bo‘yicha mavzular kiritilishini ta’minlasin;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) to‘siqsiz harakatlanishi uchun umumiy o‘rta,
professional va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida zarur
sharoitlar (binolarning kirish qismiga panduslar, tutqichlar va boshqalar) yaratsin;
o‘quv jarayonini tashkil etishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishda
alohida masofaviy o‘qitish elementlaridan (onlayn o‘quv darslari, elektron ta’lim resurslari) keng
foydalanilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-son qarorining 2-bandi 
uchinchi xatboshidan
“rahbar xodimlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Belgilansinki, mazkur o‘zgartirish 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
10. Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy
muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A.
Musayev zimmasiga yuklansin.

Download 157.65 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida

Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish