• 2-bob. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning joriy holati va mavjud muammolari
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV




    Download 157.65 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana22.12.2022
    Hajmi157.65 Kb.
    #36660
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya beri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 13-oktabr,
    PQ-4860-son
    O‘zbekiston Respublikasi
    Prezidentining 2020-yil 13-
    oktabrdagi PQ-4860-son 
    qaroriga
    1-ILOVA
    2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
    KONSEPSIYASI
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi
    o‘rinlarda — Konsepsiya) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim
    tizimini tashkil etish, ularning ta’lim olish huquqini kafolatlash va ta’minlash maqsadida ishlab
    chiqilgan.
    2. Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni rivojlantirishning maqsadlari,
    vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda
    inklyuziv ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab
    chiqish uchun asos bo‘ladi.
    2-bob. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning joriy holati va mavjud muammolari
    3. Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
    bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda (keyingi o‘rinlarda —
    ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) 21,2 ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda
    6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj
    bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda o‘qitiladi.
    2014 — 2016-yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda alohida ta’lim
    ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida:
    respublikaning 5 ta hududida tajriba-sinov maydonchalari tashkil etildi;


    150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan ortiq pedagog
    xodimlar inklyuziv ta’lim xizmatlariga o‘qitildi;
    pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining
    o‘quv rejalariga ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga doir 3 ta o‘qitish moduli kiritildi;
    2 ming nafardan ortiq alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga
    inklyuziv ta’lim xizmatlari tashkil etildi;
    Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 5 ta tajriba-resurs
    markazi hamda 15 ta tajriba maktablari tashkil etilib, ularga 800 nafardan ortiq bolalar qamrab
    olindi.
    Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
    Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni
    ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olib
    o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga, ma’naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar
    belgilab berilgan.
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga
    boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son 
    qarorida
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar
    samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya)
    olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida vazifalar qayd etib o‘tilgan.
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son
    Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
    rivojlantirish 
    konsepsiyasida
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim
    xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha:
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga
    qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar,
    metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga
    qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish,
    umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar),
    shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha
    mutaxassislar) bilan ta’minlash;
    jamoatchilik o‘rtasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi,
    inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
    o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining geografik
    joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim
    muassasalarini optimallashtirish;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-
    internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga
    qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.
    Bundan tashqari, “Zamonaviy maktab”larni qurishda ushbu maktablarda alohida ta’lim
    ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus
    infratuzilma bo‘lishi va jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo‘yicha
    “Zamonaviy maktab”ga qo‘yiladigan me’yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi.
    Kelgusida “Zamonaviy maktab”larni ushbu talablar asosida qurish va rekonstruksiya qilish
    rejalashtirilgan.
    Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lom bolalar qatorida umumta’lim maktablarida
    o‘qitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim
    olayotgan o‘quvchilarning umumta’lim maktablariga integratsiyalashuvi (uyg‘unlashtirgan holda


    ta’lim-tarbiya berish) tajribasi qo‘llanilishi natijasida so‘ngi yillarda 500 nafarga yaqin alohida ta’lim
    ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qaytarildi.
    Hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin
    o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
    4. Shu bilan birga, Xalq ta’limi tizimida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish
    uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ularning ta’lim olishga bo‘lgan teng huquqlarini
    ta’minlash borasida ayrim bo‘shliq va kamchiliklar mavjud, shu jumladan:
    a) inklyuziv ta’limni tashkil etish sohasida:
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun
    to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar,
    metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq
    ta’minlanmagan;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim tizimining
    mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga
    qo‘yilmaganligi natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta’lim
    muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar
    yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga
    tatbiq etilmagan;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan bog‘liq
    muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor
    qaratilmayapti;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
    jarayonining murakkabligi va shaffof emasligi turli shakldagi korrupsiya holatlariga sabab
    bo‘lmoqda;
    b) kadrlarni tayyorlash sohasida:
    umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash talab
    etilmoqda;
    pedagogik kadrlarning kasbiy tayyorgarligi hamda kasbiy malaka darajasi inklyuziv ta’lim
    uchun yetarli emasligi natijasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishda qator
    muammolar yuzaga kelmoqda;
    pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish
    metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
    pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari kiritilmaganligi,
    shuningdek bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim
    muassasalarida amaliyot o‘tamayotganligi ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir
    ko‘rsatmoqda;
    umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari inklyuziv ta’lim haqida yetarli
    ma’lumotlarga ega emasligi inklyuziv ta’limni joriy etishning samarasizligiga olib kelmoqda;
    malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
    bolalar ta’limi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan, ular faoliyatiga inklyuziv ta’lim
    bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmagan;
    v) o‘quv jarayonini tashkil etish sohasida:
    umumta’lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berish
    metodikasi ishlab chiqilmagan;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berishning sifati va samaradorligini
    aniqlash mezonlari ishlab chiqilmagan;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari zarur maxsus
    o‘quv adabiyotlari va metodik-qo‘llanmalar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan;


    d) inklyuziv ta’lim tizimini moliyalashtirish sohasida:
    inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun yetarli mablag‘larni samarali va shaffof tizim asosida
    taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
    alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun o‘quv jihozlari va materiallarini yangilash,
    maktab binolarida inklyuziv ta’limni joriy etishga qaratilgan sharoitlar yaratish uchun davlat
    budjetidan ta’lim muassasalariga yetarli mablag‘lar yo‘naltirilmayapti.

    Download 157.65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 157.65 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

    Download 157.65 Kb.
    Pdf ko'rish