-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar




Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana22.12.2022
Hajmi157.65 Kb.
#36660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya beri

4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
7. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi
tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga
integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi,
ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish
mexanizmlari yaratiladi;


inklyuziv ta’lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek
o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;
inklyuziv ta’lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalari
mustahkamlanadi;
o‘quvchilar ta’limiy ehtiyojlarning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi
uchun ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;
inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar
uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta’lim olayotgan
o‘quvchilarning teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida umumta’lim muassasalarida bilim olishi
ta’minlanadi;
pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlari asosida kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;
inklyuziv ta’lim muassasalarining Internet tarmog‘iga to‘liq ulanishi ta’minlanadi;
inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va boshqa ta’lim muassasalariga
o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 13-
oktabrdagi PQ-4860-son 
qaroriga
2-ILOVA

Download 157.65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish