-bob. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari




Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana22.12.2022
Hajmi157.65 Kb.
#36660
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya beri

3-bob. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
5. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadi — ta’lim olish uchun teng imkoniyatni
ta’minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta’lim yutuqlaridan, tili,
madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’iy nazar ta’limda muvaffaqiyatga
erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
6. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:
a) inklyuziv ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish:
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlarini joriy etish,
inklyuziv ta’lim metodikasiga oid o‘quv materiallarini takomillashtirish;
inklyuziv ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, inklyuziv ta’lim tizimida
faoliyat olib borayotgan pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
markazlarini tashkil etish hamda ta’lim berishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini
egallashga sharoit yaratish;
o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-ona, jamoat tashkilotlari mutaxassislari, keng jamoatchilik uchun
inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar va ommabop nashrlar yaratish;
inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning sifat tarkibini,
xususan magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
inklyuziv ta’limni joriy etishda avvalo chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchilar soni kam
bo‘lgan umumta’lim maktablaridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitishga e’tibor
qaratish;
inklyuziv ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
xalq ta’limi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha standartlashtirilgan dastur ishlab
chiqish, ularga inklyuziv ta’limini amalga oshirish mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi o‘quv kurslarini
kiritish;
masofaviy kurslarni yo‘lga qo‘ygan holda, inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim
muassasalarida faoliyat olib boruvchi pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi
samaradorligini kuchaytirish va qamrovini kengaytirish;
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining “Maxsus pedagogika” ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha qabul parametrlarini oshirish, Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasi asosida pedagog xodimlarga
ehtiyoji katta bo‘lgan chekka hududlardagi abituriyentlar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarini
belgilash mexanizmini joriy etish;
inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalarida yosh o‘qituvchilarni, ularning
xizmat mavqeyi o‘sishini hisobga olgan holda, kasbiy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash
mexanizmini takomillashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim-tarbiya berishda innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan pedagog xodimlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va
amaliyotga joriy qilish;
A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv dasturlari
va mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni
samaradorligini oshirish;
b) inklyuziv ta’limda o‘qitish usullarini takomillashtirish, mazkur jarayonga individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:


alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson
qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni
ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish;
bolalarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarga
ega bo‘lishini hamda qulaylikni ta’minlash bo‘yicha davlat kafolatlarining amalga oshirilishini
ta’minlovchi tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini yaratish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumiy o‘rta va
professional ta’lim muassasalariga yuborish uchun asos bo‘luvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini
ishlab chiqish va tasdiqlash;
hududlar imkoniyatlarini inobatga olgan holda inklyuziv ta’limni rivojlantirish holati va
tendensiyalari monitoringini olib borish;
har bir bolaga o‘zining shaxsiy tempiga mos ravishda rivojlanish huquqini ta’minlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ulardagi aqliy yoki jismoniy nuqsonlarning
ifodalanganlik darajasidan kelib chiqqan holda umumta’lim maktabida tegishli bilimlarni olishiga
sharoit yaratish;
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani
shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni
egallash qobiliyatini rivojlantirish;
inklyuziv ta’lim dasturlari asosida zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish va ushbu
yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslarni tashkil etish;
inklyuziv ta’limning rivojlanishini monitoring qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar
natijalarini yoritib borish;
v) inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan
sog‘lom va baquvvat shakllanishiga erishish:
inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini
ommalashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun sport to‘garaklarini tashkil qilish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ota-onalar o‘rtasida inklyuziv ta’lim
tizimi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda inklyuziv ta’lim tizimi joriy
qilingan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik (bulling)ning oldini olishga
qaratilgan dasturlarni joriy etish;
g) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini
yaxshilash:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar,
metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
d) inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion
loyihalarni joriy etish:
barcha inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarini ma’lumotlarni uzatish
bo‘yicha yagona tarmoqqa birlashtirish;


ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar uchun maxsus jihozlangan
kompyuter texnikasi, interaktiv doska, eshitish moslamalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv ta’lim jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot
tizimini joriy etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun darslik va metodik
materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab
borish;
inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalar uchun mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni
elektron shaklga o‘tkazish;
inklyuziv ta’lim jarayoni uchun multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash
jarayonini tizimli tashkil etish;
e) inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni
budjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalardagi
qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg‘or texnologiyalar va muhandislik
yechimlariga tayanish;
xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda, “Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida
umumta’lim maktablari uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilish-ta’mirlash
ishlarini amalga oshirish;
inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalarining o‘quv xonalari va
laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia
texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv ta’lim tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga inklyuziv
ta’lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish;
nodavlat umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish amaliyotini
kengaytirish;
j) inklyuziv ta’limga jalb qilingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi
uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan
beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garaklarida inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining
qamrovini oshirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan
samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni
keng targ‘ib qilish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda
erishgan yutuqlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Download 157.65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari

Download 157.65 Kb.
Pdf ko'rish