|
Korrupsiya va men reja: I. Kirish. Korrupsiya yuzaga kelishi tarixiga bir nazar. II. Asosiy qism
|
bet | 1/2 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 22,72 Kb. | | #99141 |
Bog'liq Korrupsiya va men reja I. Kirish. Korrupsiya yuzaga kelishi tar-fayllar.org
Korrupsiya va men reja: I. Kirish. Korrupsiya yuzaga kelishi tarixiga bir nazar. II. Asosiy qism
KORRUPSIYA VA MEN
Reja:
I. Kirish. Korrupsiya yuzaga kelishi tarixiga bir nazar.
II.Asosiy qism:
1.Korrupsiya – kelajak kushandasi.
2. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar.
III. Xulosa. Korrupsiya ertamiz kushandasi bo'lishiga aslo yo'l qo'ymaymiz.
“Korrupsiya o‘zi nima? Uni kimlar amalga oshiradi? Korrupsiya qanday vujudga keladi?” — degan muammoli savollar jamiyatimizda uchrab turadi. Ommaviy axborot vositalari orqali, korrupsiya bilan bog’liq juda ko‘plab jinoyatlarni ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, korrupsiya o‘zi nima? Uning asl mohiyati, uni harakatlantiruvchi kuchlar kimlar?
“ Korrupsiya” so‘zi lotincha “buzish”, “aynish” degan ma’nolarni anglatadi. Biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfatlar maqsadida foyda olishidir. Korrupsiya atamasi odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Xalqaro darajada 1970-yilda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo‘yicha “Lokxid ishi” eng yirik korrupsiya ko‘rinishlariga misol bo‘ladi.
Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga poraxo‘rlik, firibgarlik, tovlamachilik, nepotizm kiradi. Bunday jinoyatlarning ko‘plab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin. Mustaqillikga erishganimizdan keying davrda ushbu turdagi jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan, unga qarshi kurashuvchi davlat idoralari,ularning tarkibiy tuzilmalari tashkil etilgan bo‘lsada, unga qarshi kurashish ko‘ngildagidek bo‘layotgani yo‘q, tom na’noda korrupsiyaviy jinoyatchilik ildiz otib, miqdori kun sayin oshib bormoqda. Eng xatarlisi esa odamlarni bunday holga nisbatan befarqligi, unga oddiy holat sifatida munosabatda bo‘lishidir. Chuqurroq o‘ylab qarasak korrupsiya va unga bog’liq bo‘lgan iqtisodiy jinoyatchilik davlatlarning bugungi iqtisodiy va siyosiy vaziyatida taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi asosiy xavf manbai, xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.
Qadimgi yunon faylasufi Аristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin”. Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma'lum. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi. Eng avvalo, respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korruptsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o‘tamoqda.
|
| |