Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya siyosati




Download 131.99 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2024
Hajmi131.99 Kb.
#190815
  1   2
Bog'liq
iqtisodiyotni moderizatsiyalash
130356, 223744-Chiziqsiz regressiya, 1638430216, Axborotni eng kichik o, Scan 21 dek 23 12·04·12Galstuk babochka usuli, Silabus MPA yangi - Sirtqi va OTM, 31623, Tretyakov Shamol Ulchagichi, MATAN, 01 Кенг полосали, Харажатлар буйича масала тингловчиларга, Бувайда 2-сон KHM dual ta\'lim ma\'lumotnoma, Selected sign list.xls, file (5)

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya siyosati.
Reja :
1.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash nima ?
2. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda investitsiya loyihalarining roli va ahamiyati.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash — bu iqtisodiyotni yangi va yanada i!g‘or texnologiyalardan foydalanishga yo‘naltirgan holda asosiy ishlab chiqarish fondlarining uzluksiz va dinamik ravishda yangilanish jarayonidir. Shuning uchun investitsion resurslami operativ boshqarishni ta’minlash va investitsionqurilish faoliyati samaradorligini oshirish asosiy vazifalar sanaladi.
Bunday sharoitlarda investitsion strategiya aniq harakatlar dasturi, g'oyalar va rejalarni haqiqat maydoniga aylantirishni ifodalaydi. Bunga erishish uchun investitsion strategiyani butun respublikaning ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlarni yaratish, mavjudlarini yuqori sifatli qayta qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash hamda qisman ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan kompleks investitsionqurilish dasturi qo‘llab-quwatlanishi kerak. Ushbu dastur, bizning fikrimizcha, birinchi navbatda quyidagi savollarga javob berish kerak: nima, qayerda va qanday qilib o‘zlashtirish yoki qurish kerak, shuningdek, o‘z kuchlari va mablagMari, xuddi shuningdek, xorijiy investitsiyalar hisobiga nimalarni qurish mumkinligini belgilash.
Ushbu turdagi faoliyatning birinchi bosqichi bo‘lib, buyurtmachi (investor)ning talablari va manfaatlariga muvofiq loyihalash, shuningdek uning amalga oshirilishi davomida, moliyalashtirish hajmi bilan aniqlanadigan parametrlarda obyekt modeli (loyihasi)ni yaratish hisoblanadi. Shuni ta’kidlash mumkinki, investitsion-qurilish faoliyati boshqa tarmoqlardan farqli qiladi, ularning aksariyati texnologik jihatdan mustaqil va yopiq ishlab chiqarish siklligi, yagona texnik bazaga ega ekanligi, ishlab chiqarishning ixtisoslanganligi va boshqalar bilan tavsiflanadi. Shu bilan birgalikda loyihalash, investitsion qurilish jarayonining eng muhim bosqichi sifatida pudrat tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi va boshqa ko‘rsatkichlariga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu boisdan, loyihani ishlab chiqish samaradorligi investitsion- qurilish kompleksi samaradorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Iqtisodiyotga horijiy investitsiyalami jalb qilish strategiyasi emas, balki ulami qo ‘llashning taktikasi ham diqqatga sazovordir. Ular bugungi kunda asosan yirik va ustuvor tarmoqlar hamda ishlab chiqarish sohalariga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga ular, geografik jihatdan ham kengaymoqda.
Iqtisodiy faoliyatning turli yo‘nalishlari investitsion jozibadorlikning turli darajalariga ega. Vazifa shundan iboratki, investitsiya loyihalarining haqiqiyligi va ulaming amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy foyda va texnik muvaffaqiyat olib kelinishi nafaqat buyurtmachi, balki butun iqtisodiyotning bosqichma-bosqich rivojlanishi nuqtai nazaridan ham amalga oshirilishi lozim.
Innovatsion rivojlanish davrida korxonalar mumkin boigan rivojlanish yo‘nalishlari va mavjud mablag‘lami hisobga olgan holda o‘z faoliyatini maqsadli ravishda amalga oshirishi kerak.



Tanlov (tender) tizimining rivojlanishi qurilish tashkilotlari va korxonalarini investitsiyalash jarayonini biroz murakkablashtiradi, biroq pudrat- qurilish ishlarini yangi darajaga olib chiqishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida investitsionqurilish jarayoniga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni oldindan bilishga imkon beradi


Boshqarishning barcha darajalarida investitsion-qurilish loyihalarining iqtisodiy jihatdan asoslanganligi, shuningdek investitsion-qurilish jarayoni ishtirokchilarining faoliyati va ayni paytda mas’uliyati - investitsiyalar samaradorligini oshirish va milliy iqtisodiyotni yuksaltirishda qurilish mahsulotlarining rolini oshirish hamda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning muhim shartidir.



Download 131.99 Kb.
  1   2




Download 131.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya siyosati

Download 131.99 Kb.