• Faoliyat ko’rsatish
  • Yangi xodim adaptatsiya jarayonining
  • Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va shaxslararo munosabatlari




    Download 308,01 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/11
    Sana11.12.2023
    Hajmi308,01 Kb.
    #115963
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    9-mavzu (1)

    Asosiy mehnat ko’nikmalari - aloqa vositalari va texnika jixozlaridan foydalanish 
    bo‟yicha mashqlar, muomalada bo„lish xususiyatlari, ish joyining xususiyatlari va 
    talablarini o‟zlashtirish, notiqlik san‟ati, marketing va moliyaga taalluqli asosiy 
    bilimlar, kasb talabidan kelib chiquvchi qo‟shimcha malakalarni shakllantirish 
    mashqlari. 
    Ushbu matndan ko‟rinib turibdiki, ilg‟or tashkilotlarda xodim adaptatsiyasi 


    har tomonlama amalga oshirish ta‟minlanadi. Ma‟lumot, ko‟nikma va malaka 
    jihatlarni bunday qamrab olish yangi xodimning tashkilot hayotiga kirib borishini 
    ta‟minlaydi va barcha kuch-g„ayratini tashkilot maqsadi yo‟lida safarbar etish 
    imkonini beradi. 
    Adaptatsiyani amalga oshirish. Bu yangi xodimni yangi lavozimga va jamoada 
    mavjud shaxslararo munosabatlar tizimiga moslashtirish jarayonidir. Bu bosqich 
    doirasida yangi xodimning faol harakat qilishi, o‟z- o‟zini turli jabhalarda sinab 
    ko‟rishiga imkoniyat yaratish lozim. Xodimning erishayotgan muvaffaqiyatlari 
    haqida ma‟lumot yotib boriladi va faoliyati yuzasidan unga zarur tavsiyalar 
    beriladi. 
    Faoliyat ko’rsatish. Shu bosqichda adaptatsiya jarayoni tugaydi va xodim 
    mustaqil ravishda o‟z faoliyatini davom ettiraveradi. Bunda xodim uning mehnat 
    faoliyati yo‟nalishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni o‟zi yengib o‟tish kuchiga 
    ega bo‟ladi. Odatda, xodimning korxona talab va muhitiga qo„pol moslashuvi 1,5-5 
    yillar atrofida amalga oshadi. Adaptatsiya jarayoniga ko‟mak ko‟rsatish sharoitida 
    esa bu jarayon bir necha oylarda muvaffaqiyatli o‟tishi mumkin. Adaptatsiya 
    jarayonini bu tarzda qisqartirish tashkilot uchun moddiy jihatdan ham ma‟lum 
    darajada foyda beradi. Ayniqsa bu ko‟rsatkich tashkilotga ko„p yangi xodimlar 
    qabul qilingan sharoitda o‟z samarasini beradi. 
    Yangi xodim adaptatsiya jarayonining muvaffaqiyatli o‟tishida ayniqsa 
    rahbarning o‟rni katta. Xodim tashkilot qadrityalarini o‟zlashtirar ekan, o‟z 
    rahbarini namuna sifatida ko‟radi. Adaptatsiya jarayoninig boshlang‟ich paytlarida 
    rahbardan shaxsan olingan yuriqnoma va tavsiyalar xodimning esida doimiy 
    saqlanadi. Yangi xodim bilan birinchi hafta davomida va bir oydan so‟ng suhbat 
    o‟tkazish juda muhimdir. Bunda xodim to‟qnash kelayotgan muammolar hal 
    etiladi, kerakli maslahatlar beriladi va xodimni ruhiy qo‟llab-quvvatlash amalga 
    oshiriladi. Mana shunday tadbirlar orqali xodim tashkilotga xos xususiyatlarni 
    o‟rganib, o‟zlashtirib boradi. 

    Download 308,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 308,01 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va shaxslararo munosabatlari

    Download 308,01 Kb.
    Pdf ko'rish