pog‟onaga ko‟tarilar ekan, undan tashkilotchilik mahorati ko‟proq talab etiladi.
Quyi bo‟g‟in rahbarlarida esa kasbiy mahorat, xodimlarni kasbga o‟rgatish
qobiliyati rivojlangan bo‟lishi kerak. SHu munosabat bilan yuqori bo‟g‟in
rahbarlarida rasmiy munosabatlar tizimidagi takomillashgan ko‟nikmalar
bilan
birga, norasmiy munosabatlar tizimiga ta‟sir etish va xodimlarni o‟z ketidan
yetaklovchi liderlik xislatlari ham namoyon bo‟lishi lozim. Bu borada tashkilot
miqyosida psixologik mazmunga ega bo‟lgan ta‟lim uslublari va liderlik
xislatlarini takomillashtirishga qaratilgan dasturlar joriy etilishi maqsadga muvofiq
deb hisoblanadi.
Rahbarlik lavozimlariga
zahiralar yaratish, rahbar o‟rinlariga nomzodlarni
tayyorlash ham tashkilot oldidagi dolzarb masaladir. Sanab o‟tilgan hamma
vazifalar tashkilot miqyosida uzluksiz ta‟lim jarayonini tashkil etish zaruratini
qo‟yadi. Kasbiy
mahoratni shakllantirish, jamoadagi psixologik muhitni
barqarorlashtirish, rahbarlarning boshqaruv malakalarini rivojlantirish – bularning
hammasi tashkilot mikyosidagi muhim ta‟lim yo‟nalishlaridir.
Rahbarlik mahoratini shakllantirishda ayniqsa psixologik trening uslubi alohida
o‟rin egallaydi. Trening mashg‟ulotlarida xizmat yuzasidan yuzaga keluvchi turli
muammoli vaziyatlarni sun‟iy tarzda yaratish va
ushbu vaziyatlarda samarali
harakat qilish uslublariga o‟rgatish imkoniyati yuzaga keladi. Masalan, tashkilot
miqyosida uchrashi mumkin bo‟lgan rahbar va xodim munosabatlaridagi biron
muammoli vaziyat tahlil mavzusiga aylanishi mumkin. Trening mashg‟ulotlari
doirasidagi imkoniyatlardan yana biri – muhokama qilinayotgan muammlolarni hal
etish jarayonini videotasvirga tushirish va masala yechimini guruh bilan birgalikda
izlashdan iboratdir. Videotasvir uslubini qo‟llash trening ishtirokchilarining
muammoli vaziyatdagi harakatlarini qayta va qayta ko‟rish imkonini beradi.
Tasvirga
tushirilgan
holatni
vaqtincha
to‟xtatish
(pauza)
hisobiga
ishtirokchilarning izohlarini yig‟ish va maqbul yechim
variatini tanlab olish
imkoniyati tug‟iladi. Videotrening kabi interfaol ta‟lim uslubi nafaqat muammoli
vaziyatlarda maqbul harakatlarni shakllantirish, balki ishtirokchilarda o‟z-o‟ziga
ishonchning oshishi kabi ijobiy ta‟sirga ham ega. Interfaol uslublarni qo‟llash va
bunda texnik vositalardan foydalanish zarur malakalarni qisqa fursat davomida
rivojlantirish imkonini beradi.