• Mavzu: IQ-spektral tahlil usuli, nazariy asoslari va dori vositalari tahlilida qo’llanilishi.
  • Instrumental tahlil usullari




    Download 1.04 Mb.
    bet1/3
    Sana03.03.2024
    Hajmi1.04 Mb.
    #166007
      1   2   3

    FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI


    QAYTA TAYYORLOV KURSI TINGLOVCHISI
    JUMANIYOZOV BOBUR FARXODOVICH
    INSTRUMENTAL TAHLIL USULLARI” FANIDAN
    MUSTAQIL ISHI
    Tekshiruvchi: Abdullabekova V.

    TOSHKENT 2024

    Mavzu: IQ-spektral tahlil usuli, nazariy asoslari va dori vositalari tahlilida qo’llanilishi.

    Reja:

    1. IQ spektrometriya haqida tushuncha.

    2. IQ spektrometr.

    3. Dezoksikortikosteron atsetat (DOKSA) IQ-spektrini o‘rganish
































    IQ spektrometriya.
    Farmatsevtik tahlilda elektromagnit nurlanish spektrining 4000-250 ‘sm oralig‘idagi infraqizil sohasidan keng foydalanib, bu usul — infraqizil spektrometrik usul deb ataladi. Bu usul ilk bor Davlat farniakopeyasining X nashrida ftorotan hamda met it si 11 i n va oksatsilinning natriyli tuzlarini chinligini aniqlash uchun tavsiya etilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib turli guruh dori vositalarining tahlilida keng miqyosda qo'llanilmoqda. Usulning mohiyati molekuladagi valent va deformatsion tebranishlarni qayd etishga asoslangan bo'lib, har bir funksional guruhga xos
    bo'lgan valent, deformatsion va boshqa tebranishlar IQ-spektrning ma’lum sohasida qayd etiladi.



    Paratsetamolning kaliy bromid tabletkasida olingan infraqizil spektri.

    IQ-spektrdagi u yoki bu funksional guruhga hos bo'lgan yutilish yo'li, uning molekuladagi holatiga qarab, spektrning ma’lum sohasida, turli intensivlikda kuzatilganligi sababli bu usuldan modda molekulasining tuzilishini tadqiq qilishda farmatsevtik tahiilda esa dori moddaning chinligini, tozaligini va miqdorini aniqlash maqsadlarida foydalanish mumkin. Dori moddasi tarkibidagi yot aralashmalar juda oz bo'lganligi va IQspektr 5—15 mg miqdoridagi tekshiriluvchi moddada olinganligi sababli qo'shimcha moddalarga xos yutilish yollari moddaning yutilish yollari orasida qoladi yoki intensivligi juda past boigan yollar hosil qiladi. Bu omil usulning dori moddalar tozaligini aniqlashdagi imkoniyatlarini bir qancha kamaytiradi.


    Moddaning IQ-spektrdagi tavsifly yutilish yoli yuzasini solishtiriluvchi namuna spektrdagi tavsifiy yutilish yolining yuzasi bilan solishtirish orqali bu usulni miqdoriy tahiilda ham qollash mumkin. Lekin turli sabablarga ko'ra dori vositalarining miqdoriy tahlilida bu usul hozircha
    keng o'rin egallagani yo'q.
    Moddaning IQ-spektrida hosil qilgan yutilish yollari uning chinligi haqida yetarli ma’lumot bera olganligi sababli, IQ-spektrometrik usul dori vositalarning chinligini aniqlash maqsadida qollanilmoqda. Elektromagnit nurlanishning yutilishi moddadan nur o'tishining teskari qiymati logarifmiga teng:

    A—nurning yutilishi;
    T— nurning o'tishi (propuskayemost).
    Infraqizil spektr moddadan o'tgan nurning o'tish foizi bilan tebranish chastotasi (soni) orasidagi bogliqlikni ifodalaydi. Tebranish chastotasi teskari santimetr - sm 1 larda belgilanib, undan osonlik bilan sm yoki nm larga o'tish mumkin:



    IQ-spektrometrik usulda ishlat iladigan spektrofotometrlar nurning ko'zga ko'rinadigan va ultrabinafsha sohalardagi yutilishni qavd etadigan spektrofotometrlardan nur manbai, qo'llanilgan optik jihozlar va detektor turi bilangina farqlanib, ular 4000 '-678 ‘sm tebranish chastotasidagi spektrni bera oladi.






    Download 1.04 Mb.
      1   2   3




    Download 1.04 Mb.