O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK–TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
“Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va
jihozlari
” kafedrasi
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchi: OOKSMJ kafedrasi dots.K.X.Gafurov
Buxoro-2020
2
Ma`ruza 1.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti. Fan bilishning maxsus
shakli sifatida.
Reja:
1.«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining` maqsadi va vazifalari
2.Asosiy ta`rif va tushunchalar. Metod va metodologiya.
3. Fan - tadqiqot faoliyati sohasi
Asosiy tayanch so’z va iboralar:
Ilmiy tadqiqot, bilim, ilm, ilmiy tadqiqot predmeti, metod va metodologiya, fan,
fanning maqsadi, fanning asosiy vazifalari, fanning funktsiyalari
1.«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining` maqsadi va vazifalari
Yurtimizning mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar
tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko`tarish sohasida muhim chora-tadbirlar
amalga oshirildi. O`zbekiston hukumati ta`limga ustuvor soha deb qarab kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasining` “Ta`lim to’g’risida” dagi Qonunida (2020-yil
23-sentabr, O‘RQ-637-son) oliy ta`lim haqida qo`yidagilar yozilgan:
Oliy ta`lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta`minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi..
Oliy ta`lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim,
malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan
tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha
o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
|