5
Ta`rif ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U
mavjud ob`ektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek,
yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi
tadqiqotlarning ilmiy
tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat,
jamiyat
va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi obektiv ichki
bog’liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar
umumiy tushunchalar va
kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi
dalil materiallari etarlicha bo’lmasa, unda faraz (gipoteza)dan foydalanadi.