10
Platonning bilish nazariyasi juda qiziqarlidir. Uning fikricha, bilim eslatish
demakdir: o`lmas ruh tana qobig’iga kirib joylashgunga qadar chinakam borliqni
kuzatadi, ammo tana qobig’iga kirib joylashganidan so`ng bilgan hamma narsasini
unutadi, shundan
keyingi bilish ilgari bilingan, ammo unutilgan narsalarni eslash
demakdir.
Platonning fikricha, kundalik tasavvurlarda yoki qarashlarda zohir
ziddiyatlarni aniqlash orqali ijodiy fikrlash san`ati «dialektika» san`atidir.
Antik davrning buyuk mutafakkiri
Aristotel (mil.av. 384-322 yillar) o`z ustozi
Platonning qarashlari va ta`limotlarini ijodiy rivojlantirdi. Inson ijodini yangi bilim
olish sharti sifatida o`rgangan Aristotel fikrlash, xulosa chiqarishning to`g’ri,
haqqoniy metodlari va usullari haqidagi fan - mantiq haqida ta`limot yaratdi.
Mantiqni Aristotel «organon» - haqqoniy bilimning universal quroli deb atadi.
Aristotelning falsafiy tizimi uning o`zi va shogirdlari tomonidan amalga
oshirilgan tabiiy ilmiy va ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar bilan uzviy aloqada shakllandi.
Aristotelning qiziqishlari doirasiga mantiq,
psixologiya, bilish nazariyasi,
ontologiya, kosmologiya, fizika, zoologiya, siyosat, etika, iqtisod, pedagogika,
estetika, ritorika masalalari kiradi.
Aristotelning fikricha, har bir real narsa qotib qolgan, passiv, o`ziga nisbatan
befarq materiya bilan faol, harakatchan, tirik shaklning birligi demakdir. Shakl,
ijodiy,
faol negiz sifatida, qotib qolgan, inert materiyaga ta`sir ko`rsatadi, uni
shakllantiradi, rasmiylashtiradi, materiyaga tegishli tus beradi, eng yuksak shakl
yoki shakllar shakli, borliqning etakchisi esa - Xudodir. Shuning uchun ham
Aristotelning falsafasi ob`ektiv idealizmdir.
Aristotelning fikricha, insonni
qurshagan olam uning bilish, o`rganish, tadqiq qilish ob`ektidir.
Miloddan avvalgi III–II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika,
gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko`zgular haqidagi alohida fan– «ka-
toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari
al-Xorazmiy (783-850) matematika,
al-