• “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani
  • «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi magistr talabalarga ilmiy 
    tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta`riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy 
    bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi
    eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish 
    metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan 
    tanishtirishdan iboratdir. 
    Ushbu fanni o’zlashtirgan talaba o’z ilmiy sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot 
    ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlarni olib 
    borish metodlarini, tajriba natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni, 
    amaliyotga tadbiq etishni, o’rganilayotgan ob`ektning matematik modelini tuzishni 
    o’zlashtirib oladi. 
    Zamonaviy jamiyat va har bir inson fan va texnikaning oshib borayotgan ta`siri 
    ostida yashayapti. Hozirgi kunda fan va texnika shunday katta tezlik bilan 
    rivojlanmoqdaki, kechagi fantastika bo`lib ko`ringan narsalar hozirgi kunning real 
    mahsuloti bo`lyapti.



    Ana shunday hozirgi ilmiy-texnikaviy jadal rivojlanish davrida, ilmiy va ilmiy-
    texnikaviy axborotlarning intensiv ravishda ko`payib borishi, turli fanlardagi 
    bilimlarning yangilanib borish sharoitida, zamonaviy texnologiyalarning barcha 
    sohalarga kirib borish davrida oliy o`quv yurtlarida ta`lim yo`nalishi bo`yicha yuqori 
    malakali kadrlarni tayyorlash, ayniqsa ularning mustaqil ravishda har bir ishda 
    ilmiy-ijodiy yondashish, olingan ilmiy yangiliklarni hayotga tadbiq eta bilishlari 
    talab etiladi.
    Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida turli nostandart masalalarni ijobiy 
    hal qila oladigan, o`z bilimini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qobiliyati 
    bo`lgan, ishlab chiqarish sharoitlarini o`zgarishiga tez ko`nika oladigan, fan-texnika 
    rivojidan foydalanib ixtiro va yangilik takliflarini yarata oladigan va ularni ishlab 
    chiqarishga joriy etishda ijodiy faoliyat ko`rsata oladigan soha mutahassislariga 
    talab katta. Shuning uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani barcha 
    magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar o`rganishlari 
    zarur. Bu fan talabalarni ilmiy ijod bilan shug’ullanishga, ilmiy tadqiqot ishini olib 
    borishga va uning natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish va kelajakda ilmiy 
    kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir.

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish