Instituti




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/94
Sana17.12.2023
Hajmi2,53 Mb.
#121790
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Farg’oniy (797-865) astranomiya va matematika, al-Beruniy (973-1048) 
matematika, mineralogiya va geografiya, ibn Sino (980-1037) tibbiyot, Mirzo 
Ulug’bek (1394- 1449)
astranomiya, matemaika, Alisher Navoiy (1441-1501) 
adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo`shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda
ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma`lumotlari 
umumlashtiriladi-yu, lekin eksperimental metodlar hali qo`llanilmaydi, aksariyat
nazariy qoidalar esa asossiz va tekshirib bo`lmaydigan spekulyatsiyalar mahsuli 
hisoblanadi. Ammo ko`rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr 
mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan. Shu narsa 
diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o`zining fizika asoslarini
yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarini e`lon 
qilgan. Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud
bo`lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilim-larning boshqa manbai– hayot 
amaliyoti va hunarmandchilik san`ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada 
rivojlangan.


11 
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda «Platon akademiyasi» ( 2013 yilda 
Platon akademiyasiga 2400 yil to`lishi bilan XXIII Jahon Falsafa Kongressi 
Gretsiyaning Afina shahrida o`tkazildi), Markaziy Osiyoda «Ma`mun
akademiyasi» tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan 
bo`lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo bo`lishidan 
oldingi«embrional» davri hisoblanadi.
2. XVI–XVII asrlar– 1-ilmiy inqilob davri bo`lib, u klassik fan davri deb 
nomlanadi va XIX asrgacha davom etadi. U Kopernik va Galiley tadqiqotlaridan
boshlanib, Nyuton  va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental 
asarlari bilan o`z cho`qqisiga ko`tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan 
so`ng oradan bir yil o`tgach, Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir. 
Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr–kashfiyotlar hamda yangi ilmiy
g’oyalarning mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi 
kurash olib borgan romantik davrdir.
Uyg’onish davri falsafasi va fani insonparvarlik, ilmiy tafakkur, fan va 
falsafaning ijodiy sinteziga yorqin misol bo`la oladi. Bu davrda Leonardo da Vinchi 
(mexanika, fizika, gidravlika), Nikolay Kopernik (Quyosh sistemasi tuzilishining 
geliotsentrik nazariyasi), Iogann Kepler (astronomiya, kosmologiya, samoviy 
mexanika qonunlari) singari mutafakkirlar o`zlarining genial tabiiy ilmiy asarlarini 
yaratdilar. 
XVI-XVII asrlarda G’arbiy Yevropada ishlab chiqarish munosabatlarining 
jadal rivojlanishi fan (matematika, mexanika, fizika, optika, gidrodinamika) va 
texnikaning faol rivojlanishiga olib keldi. Bu davrda G.Galiley, I.Nyuton, R.Guk, 
L.Eyler va boshqa olimlarning daho asarlari va betakror ijodiy faoliyati natijasida 
izchil, mantiqiy, tajribalarda ko`p karra o`z tasdig’ini topgan klassik mexanika 
vujudga keldi.
Yangi davr faylasuflari F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, D.Yum ijodga inson 
tomonidan yangi mexanizmlar, mashinalar, qurilmalar va agregatlarning kashf 
etilishi deb qaradi. Fan va texnika yutuqlari va kashfiyotlari falsafa va fanda 
dunyoning mexanistik manzarasi, metafizik dunyoqarash hukmronlik qilishiga olib 
keldi.
Buyuk frantsuz faylasufi R.Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb 
e`tirof etdi, mexanik harakatga esa borliq, bilish va ijodning negizi bo`lgan materiya 
hayotining ifodasi deb qaradi. R.Dekart metod muammosiga alohida e`tibor berdi, 
ratsionalizmni, tafakkurning aniq va qat`iyligini bilimning haqqoniyligi sharti deb 
e`tirof etdi. Uningcha, bilish va ijodda sezgi va his-tuyg’ular emas, aql, idrok, mantiq 
etakchi rol o`ynaydi. Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari 
yaratilgan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo`lga kiritilgan ayrim
dalillar tizimli tahlil qilinib, umum-lashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning 
tabiat qonunlarini matematik ta`riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada 
asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog’liq 
bo`lgan yangi me`yorlari va ideallari vujudga kelgan.
Fan o`z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog’liq
bo`lgan masalalarni echishga tobora faolroq yo`naltirilgan.


12 
Biroq fan o`zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan
sug’orilgani sari u o`z tarixiy vatani– falsafa qirg’oqlaridan uzoqlasha boshlaydi.
Ko`rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, texnologik aqidalardan 
qat`i nazar rivojlanishi mumkin bo`lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila
boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. 
Professional olimlar paydo bo`ladi, ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet 
ta`limi tizimi rivojlanadi. O`z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning 
alohida shakllari va qoidalariga ega bo`lgan ilmiy hamjamiyat vujudga keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: Rimda (1603) birinchi ilmiy 
akademiya Dei Licheya Akademiyasi (bu akademiyaning a`zolaridan biri G. Galiley 
bo`lgan), London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil 
topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgol’mda (1739)
va Evropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta`sis etiladi.
Bu akademiyalarning eng yirigi– London qirollik jamiyati bo`lib, u tashkil
etilgan paytda 55 a`zodan iborat bo`lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan 
iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a`zolar shtatida
dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib 
olimlar soni bir necha ming kishiga etgan bo`lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning 
(bu davrda bir necha o`n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha 
borgan.
3. XIX asr o’rtasi XX asrning 70-yillar fani noklassik fan davri deb ataladi.
Bu davrda ko`plab ayrim fanlar vujudga keladi, ularda ulkan dalillik material
to`planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya,
psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi.
Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada 
sezilarliroq rol’ o`ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi 
o`sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida 
e`tirof etiladi.
XVIII asrning o`rtalarida jahonda fan bilan shug’ullanuvchi kishilar 10 ming 
kishidan oshmagan bo`lsa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga
etadi. XVI asrda «olim odamlar»ning yarmidan ko`prog’i diniy ma`lumot olgan 
kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog’iga aylanadi 
va 

bilan 
universitetlar 
va 
institutlarning 
maxsus 
fakul’tetlarini
tamomlagan«dunyoviy» professional olimlar shug’ullanadi. 1850 yilda jahonda 
mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 
mingdan oshadi. 1825 yilda nemis kimyogari Yu. Libix ilmiy laboratoriya tashkil
qiladi va u olimga ko`p miqdorda daromad keltira boshlaydi. XIX asr oxiriga
kelib bunday laboratoriyalar soni ko`payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar
e`tiborini o`ziga tobora ko`proq torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, 
sanoat ahamiyatiga molik bo`lgan ishlarini mablag’ bilan ta`minlay boshlaydilar.
4. XX asrning 70-yillarida fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu 
davr fani postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo`sag’asida fanda inqilob
yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli 
darajada farq qila boshlaydi. XIX–XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan


13 
inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. 
Matematikada to`plamlar nazariyasi va matematik tafakkurning mantiqiy asoslari
tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik 
fizikaning falsafiy asoslarini qayta ko`rishga majbur qilgan fundamental 
nazariyalar– nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi. Biologiyada
genetika rivojlanadi.
Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi 
fundamental nazariyalar paydo bo`ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan 
metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, uning me`yorlari va
ideallarida olamshumul o`zgarishlar yuz beradi.

Download 2,53 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish