• Toshkent - 2024 MUNDARIJA
  • 1. Nazariy qism. Astronomiya fani
  • 2. Asosiy qism. Koinotning tuzilishi va evolutsiyasi
  • Xulosa ......................................................................................................... 29
  • Ilovalar ........................................................................................................ 31
  • Kopchilikni qiziqtiradigan bir savol bilan murojaat qilsam. Astronom olimlar, soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlarning amaliy ahamiyati nimada
  • Astronomiya institutining xalqaro ilmiy hamkorliklari hamda ozaro tajriba almashishlari haqida gapirib bersangiz.
  • Astronomiya institutining mamlakatimizda falakiyot ilmini yanada rivojlantirish borasidagi istiqboldagi vazifalariga ham toxtalib otsangiz.
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti «fizika astranomiya» fakulteti «fizika matematika» kafedrasi




    Download 408,29 Kb.
    bet1/2
    Sana16.05.2024
    Hajmi408,29 Kb.
    #238298
      1   2
    Bog'liq
    kurs ishi


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    «FIZIKA-ASTRANOMIYA» FAKULTETI
    «FIZIKA-MATEMATIKA» KAFEDRASI
    «Astranomiya» fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: «Yulduzlar evolyutsiyasi»

    Bajardi: 302-F-AK guruh talabasi


    Baxriddinova E’zoza
    Tekshirdi: Xushvaqtov Ural Norqobilovich


    Toshkent - 2024



    MUNDARIJA

    Kirish .........................................................................................................

    4

    1. Nazariy qism. Astronomiya fani




      1. Astronomiya predmeti va uning ahamiyati..............................

    9

      1. Astronomiya rivojining qisqacha tarixi……………………....

    9

      1. Astronomiyaning asosiy bo’limlari…………………………..

    11

    2. Asosiy qism. Koinotning tuzilishi va evolutsiyasi




      1. Galaktikalarning ochilishi. Bizning Galaktika ......................

    13

      1. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi ..............................

    16

      1. Tashqi galaktikalar. Galaktikalarning sinflari va spektrlari...

    20

      1. Radiogalaktikalar...................................................................

    24

      1. Kvazarlar…………………………………………………...

    25

      1. Galaktikalarning Koinotda taqsimlanishi………………….

    26

    Xulosa .........................................................................................................

    29

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…......................................................

    30

    Ilovalar ........................................................................................................

    31

    KIRISH

    Insoniyat qadim-qadimdan fazoga termulib, uning bag'ridagi son-sanoqsiz yulduzu sayyoralar sir-sinoatini bilishga qiziqib keladi. Ana shunday intilishlar tufayli yuzaga kelgan astronomiya fani rivojiga ona zaminimizdan yetishib chiqqan Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi singari buyuk ajdodlarimiz, falakiyot ilmining yetuk namoyandalari ulkan hissa qo'shgan.


    Turli sohalarda erishilayotgan yutuqlarda astronomik ilmiy izlanishlar, kashfiyotlarning o'rni qanday? Bugun qanday yutuqlar qo'lga kiritilmoqda? Ularning amaliy ahamiyati nimada?
    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, “Fan va turmush” jurnali bosh muharriri, akademik Shuhrat Egamberdiev bilan suhbatimiz shu kabi masalalar atrofida kechdi.
    Ko'pchilikni qiziqtiradigan bir savol bilan murojaat qilsam. Astronom olimlar, soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlarning amaliy ahamiyati nimada?
    — Bu juda yaxshi, amaliy ahamiyat kasb etadigan savol. Unga javobni oddiy misol vositasida bersam. Quyosh tizimida — Mars bilan Yupiter sayyoralari oralig'ida asteroidlar belbog'i mavjud. Ushbu belbog'da o'lchamlari bir necha yuz metrdan bir necha yuz kilometrgacha bo'lgan samoviy toshlar — asteroidlar harakatlanadi. O'zaro to'qnashuvlar natijasida ba'zi asteroidlar sayyoramiz yaqiniga kelib qoladi. Ular BMT tomonidan “sivilizatsiyaga xavf tug'diruvchi” asteroidlar deb ta'riflanib, maxsus ro'yxatga kiritilgan. 2013 yilda Chelyabinsk shahrida ana shunday osmon jismining portlashi natijasida ko'plab binolarga va odamlarga shikast yetganini eslashning o'zi kifoya.
    So'nggi o'n yil mobaynida ushbu ro'yxatdagi asteroidlar soni keskin oshib, 2021-yilning aprel oyi holatiga ko'ra, 25 ming 538 tani tashkil etdi. Ularning harakati monitoringini olib borish, kelgusidagi o'zgarishini bashorat qilish, orbitalari va sayyoramiz bilan to'qnashishi ehtimolini hisoblash astronomlar oldida turgan muhim amaliy tadqiqotlarning eng dolzarbi hisoblanadi.
    Mamlakatimiz nihoyatda qulay mintaqada, okean va dengizlardan uzoqda joylashgan. Bizning yaqin atrofimizga birorta asteroid qulaydigan bo'lsa, u albatta, zarar etkazishi mumkin, lekin global miqyosdagi vayronagarchilikka olib kelmaydi. Asteroid mabodo Tinch okeaniga tushsa, yuzaga kelgan sunami oqibatida qirg'oq davlatlariga misli ko'rilmagan ofat yog'iladi. Shu bois, astronomiya observatoriyalarida maxsus “Fazo gvardiyasi” nomli dastur tuzilgan. Ushbu dasturga O'zbekistondagi Maydanak observatoriyasi ham kiritilgan. Vaqti-vaqti bilan biz sayyoramiz yaqinidan o'tayotgan asteroidlarni kelishilgan dasturlar doirasida kuzatib, ma'lumotlarni tegishli markazlarga yuborib turamiz. Shuning uchun biz yaqin osmondagi holatdan xabardormiz. Gazetxonlarga mamnuniyat bilan aytmoqchimizki, yaqin yuz yil ichida real xavf tug'diruvchi asteroid bugungi kunda qayd etilgani yo'q.
    Hozir Astronomiya institutida bajarilayotgan tadqiqotlar, asosan, Qashqadaryo viloyatidagi Maydanak observatoriyasida olingan kuzatuv ma'lumotlariga asoslangan. Mazkur observatoriya faoliyati, bu erdagi ilmiy kuzatuvlar haqida to'xtalsangiz.
    — Har bir soha, jumladan, fan yo'nalishining istiqbolini belgilovchi va uzoq muddat davom etuvchi omillari mavjud bo'lsa, uning istiqboli porloq. Bunday omillar astronomiya fanida mavjud bo'lgani tufayli men kelajakka katta umid bilan qarayman. Bu omillarni sanab o'tmoqchiman.
    Birinchidan, Maydanak atmosfera sharoitlarining osmon jismlarini kuzatishga qulayligi (astroiqlimi) bo'yicha jahonning eng nufuzli observatoriyalari bilan raqobatlasha oladi. Binobarin, biz katta hajmdagi va sifatli kuzatuvlar qila olamiz.
    Kuzatuvlar koinotning eng uzoq hududlarida joylashgan kvazarlar, galaktikalarning spiral yenglarida joylashgan yulduzlar shakllanadigan hududlarni o'rganish imkonini beradi, ularning o'ta yuqori sifatli tasvirlarini olishni taqozo etadi. Maydanakda esa bunday imkoniyatlar bisyor.
    Ikkinchidan, hozirgi kunda aksariyat astronomik dasturlar osmon jismlarini uzluksiz (kecha-kunduz almashishi tufayli uzilishlarsiz) kuzatishni taqozo etadi. Bu ishni Yer kurrasining turli burchaklarida joylashgan observatoriyalar orqali uzviy ketma-ketlikdagina bajarish mumkin. Shu jihatdan Maydanak observatoriyasi nihoyatda qulay geografik nuqtada — Evroosiyo mintaqasining qoq o'rtasida joylashgani muhim. Masalan, Maydanakda tun bo'lganida Yer sharining qarama-qarshi tomonida — AQSH hududida kunduz bo'ladi va aksincha. Shu tufayli bunday dasturlarni bajarishda Maydanakning o'rnini bosadigan observatoriya yo'q. U qator xalqaro astronomik kuzatuv dasturlarining faol ishtirokchisidir.
    Qayd etganimizdek, yuqori massaga ega yulduzlar evolyutsiyasini ulkan portlash bilan yakunlaydi. Bunda atrofga milliardlab tonna yulduz massasi otiladi va oldinlari xira bo'lib ko'ringan yulduz o'rnida yorqinlik paydo bo'ladi. Bunday hodisalar fanda o'ta yangi yulduzlar chaqnashi deyiladi. 2017 yilning may oyida biz Maydanakda ana shunday hodisani dunyoda birinchilardan bo'lib kuzatganmiz. Umuman aytganda, Maydanakdagi faoliyat astronomiya fanimizning raqobatbardoshligidan darakdir! Maydanak observatoriyasi bilan hamkorlik qilmoqchi bo'lgan markazlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
    — Astronomiya institutining xalqaro ilmiy hamkorliklari hamda o'zaro tajriba almashishlari haqida gapirib bersangiz.
    — Shu yilning 1-3-noyabr kunlari Astronomiya institutida onlayn tarzda Maydanak observatoriyasida tadqiqot olib boruvchi astronomlarning VI anjumani bo'lib o'tdi. Bu birlashma 2009 yilda tashkil etilgan bo'lib, har ikki-uch yilda barcha a'zolar uchrashib, Maydanakdagi ilmiy ishlarning sarhisobini chiqaradi. Avvalgi yig'ilishlar Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya hamda Xitoyda bo'lib o'tgan. VI anjuman ishida O'zbekiston bilan birga Fransiya, Germaniya, Italiya, Shveytsariya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi 17 mamlakatdan jami 75 nafar olim (38 nafari xorijlik) qatnashdi. Anjumanda 2018 yilda Xitoyda bo'lib o'tgan yig'ilishdan keyin observatoriyadagi o'zgarishlar, yangi imkoniyatlar, so'nggi yillarda qo'lga kiritilgan ilmiy natijalar va, albatta, kelgusi rejalar muhokama qilindi.
    So'nggi yillarda institutning 20 ga yaqin yosh ilmiy xodimi “El-yurt umidi” va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armalari hisobidan jahonning yetakchi ilmiy markazlarida qisqa va uzoq muddatli ilmiy safarlarda bo'lib, o'z malakasini oshirib qaytdi. AQSHdagi Milliy astronomiya markazi va Nyu-Yorkdagi Manxetten kolleji, Germaniyadagi Evropa janubiy observatoriyalari markazi hamda Gyote universiteti, Xitoy va Yaponiya Milliy astronomiya observatoriyalari, Shanxaydagi Fudan universiteti, Hindistondagi Astrofizika va astronomiya bo'yicha xalqaro markaz, TATA fundamental tadqiqotlar instituti ana shular sirasiga kiradi. Bunday ilmiy safarlar Astronomiya instituti ilmiy salohiyatining keskin oshishiga turtki berdi.
    Astronomiya institutining mamlakatimizda falakiyot ilmini yanada rivojlantirish borasidagi istiqboldagi vazifalariga ham to'xtalib o'tsangiz.
    — Astronomiya instituti Maydanak observatoriyasida zamonaviy teleskoplar va uskunalar o'rnatish, ular yordamida yangidan-yangi galaktikalar va hozircha kuzatish imkoni yo'q jarayonlarni kuzatish bilan bog'liq faoliyatda yanada salmoqli natijalarga erishishni maqsad qilgan.
    2017-yil sentyabr oyida Islom hamkorlik tashkilotining Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tgan, fan va texnologiyalarga bag'ishlangan birinchi sammitida islom davlatlarida ilm-fanga bo'lgan e'tiborni kuchaytirishni aynan astronomiya misolida targ'ibot etish masalasi ko'rilgan. Nega aynan astronomiya? Chunki musulmon olimlari aynan astronomiya sohasi bo'yicha jahon ilm- faniga eng salmoqli hissa qo'shgan. Lekin bu masalada bitta nomutanosiblik borligi qayd etildi. Bu ham bo'lsa, XXI asrga kelib, birorta musulmon davlatida yirik teleskop yo'qligidir. O'sha sammitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutq so'zlab, O'zbekistondagi Maydanak observatoriyasida ko'zgusining diametri katta bo'lgan zamonaviy teleskop o'rnatish va unga Mirzo Ulug'bek nomini berish tashabbusi bilan chiqdi. Hozir bu masalada jahonning etakchi markazlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bunday teleskop robotlashgan, masofadan boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Qolaversa, unda ishlash malakali kadrlar bo'lishini taqozo etadi. Astronomiya institutida bunday ishlarni uddalay oladigan yuqori malakali kadrlar mavjud va ular yosh avlodni ham shu ruhda tarbiyalab kelmoqda. Shuning uchun Maydanak observatoriyasi kelajakda jahonning yetuk astronomiya markazlaridan biriga aylanishiga ishonamiz.

    Download 408,29 Kb.
      1   2




    Download 408,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat pedagogika universiteti «fizika astranomiya» fakulteti «fizika matematika» kafedrasi

    Download 408,29 Kb.