• Fanning maqsadi bu insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish mexanizmlarini o`rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanishdir.
  •  Fan - tadqiqot faoliyati sohasi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/94
    Sana17.12.2023
    Hajmi2,53 Mb.
    #121790
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

    3. Fan - tadqiqot faoliyati sohasi 
    Ta`limning bosh bo`g’ini – bu fan va uning doimiy rivojlanishidir. Shuning 
    uchun ham, kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismida “fan – 
    yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or 
    pedagogik va axborot texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi” deb ko`rsatilgan. 
    «Fan» - tadqiqot faoliyati sohasi bo`lib, tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi 
    yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni tadbiq qilishgacha bo`lgan faoliyatni o`z 
    ichiga oladi. 
    Fanning maqsadi bu insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish 
    mexanizmlarini o`rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanishdir.
    Fan keng ma`noda voqelikni nazariy jihatdan yorituvchi ilmiy mexanizmdir. 
    Fanning asosiy vazifalari: 
    dalillarni yig’ish, tasvirlash, tahlil qilish, umumlashtirish va tushuntirish; 
    tabiat, jamiyat, tafakkur va bilish qonunlarini aniqlash; 
    aniqlangan bilimlarni tizimlashtirish; 
    aniqlangan bilimlarni amaliyotda qo`llash yo`nalishlari va shakllarini 
    yaratish. 
    Fan - ijtimoiy mehnat taqsimotining natijasidir. 
    Ilm-fan - bu insoniyat madaniyatidagi eng qadimgi komponentlardandir. Bu 
    ko`p qirrali boy inson bilimlari dunyosi bo`lib, insonga yashashga va dunyoning 
    barcha ma`naviy va moddiy boyliklaridan foydalanishga imkon beradi. 
    Bu soha quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    • 
    ilmiy tushunchalar, postulatlar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar 
    va farazlar, empirik ilmiy dalillar, uslublar, usullar va tadqiqot yo’llari tarzidag`i 
    uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini; 
    • 
    bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan 
    insonlarning` ilmiy faoliyatini va ijodini; 
    • 
    insonlar ijodini ilmiy mehnat ob`ektlari, vositalari va ilmiy faoliyat 
    sharoitlari bilan ta`minlovchi muassasani. 
    Fan bilan san`at, din, axloq o`rtasida muayyan munosabat mavjud. Fan ob`ektiv 
    voqelikni o`rganadi va baholaydi, mushohada qiladi. San`at bilan axloq “fan”ga 
    ijobiy yondoshuvchi tarmoqdir.
    Fan ma`naviy madaniyatimizning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi.



    Talabalarga fan tushunchasi mohiyatini etkazish ancha mushkul. Ko’p sonli
    ta`riflarga ega bo’lgan fan uch asosiy shakl-shamoyilda namoyon bo’ladi. U yo
    faoliyat shakli, yo muayyan fanga doir bilimlar tizimi yoki majmui, yo ijtimoiy 
    institut sifatida tushuniladi.
    “Fan” atamasi ilmiy bilishning alohida sohalarini belgilash uchun ham 
    qo`llaniladi. Masalan, matematika fani, fizika fani va h.k. Bunda quyidagi fanlarni 
    ajratish mumkin: 
    1) tabiiy fanlar va matematika (fizika, kimyo, geografiya, mexanika, 
    biologiya, geologiya, ekologiya va b.); 
    2) gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (filologiya, filosofiya, tarix, 
    politologiya, 
    jurnalistika, 
    psixologiya, 
    sotsiologiya, 
    iqtisodshunoslik, 
    madaniyatshunoslik va b.); 
    3) texnik fanlar (qurilish, arxitektura, elektronika, metallurgiya, radiotexnika, 
    elektrtexnika, avtomatik boshqarish va b.); 
    4) qishloq xo`jalik fanlari (agroinjeneriya, o`rmon ishi, agronomiya, 
    zootexnika, vetenariya va b.). 
    J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta`rif berish mumkin emasligini qayd
    etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo’llarni belg`ilaydi. 
    Shunday qilib, fan
    1

    1) institut
    2

    2) metod; 
    3) ilmiy an`analarning` shakllanishi; 
    4) ishlab chiqarishning` rivojlanish omili; 
    5) e`tiqodlar va insonning` dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng 
    kuchli omil sifatida namoyon bo’ladi 
     «Etimologik lug’at»da fanga «tabiiy hodisalarni kuzatish, tasniflash,
    tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko’rsatish
    vositasi» deb ta`rif berilgan. Bu ta`rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi. 
     E.Agatstsi fan «ob`ektlar haqidagi fikr-mulohazalarning oddiy majmui 
    sifatida emas, balki ob`ektlarning muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida» 
    qaralishi lozimligini qayd etadi
    3
    .
    Fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish omili sifatida amal 
    qiladi. Fanni olimlar hamjamiyati rivojlantiradi. Shu sababli fan muayyan 
    ijtimoiy va kasbiy tashkilotga, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega bo’ladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish