|
Reja: kirish i-bob mavzu: Erkin Vohidov hayoti va ijodini oʻrganishda integratsiya asosiy qism
|
bet | 1/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 73,06 Kb. | | #231352 |
Bog'liq ERKIN VOHIDOV
REJA:
KIRISH
I-BOB MAVZU: Erkin Vohidov hayoti va ijodini oʻrganishda integratsiya
ASOSIY QISM
Erkin Vohidov ijodini oʻrganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Erkin Vohidov ijodini oʻrganish boʻyicha dars ishlanma
Yozuvchi ijodiga nazar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati.
“Ma’naviyat insonni ruhan
poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otqdigan beqiyos kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir.’’1 Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
ta’kidlaganlaridek, yer yuzida qancha inson, qancha taqdir boʻlsa, har birining oʻz
ma’naviy olami bor.”Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni
tushunish, anglash kerak.”2
Shu boisdan muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Har qanday davlat
siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi’’3 degan soʻzlari zamirida
chuqur ma’nolar mujassamdir. Vatanparvarlikning harakatlantiruvchi kuchi esa
odamlarning ma’naviy dunyosi, intellektual salohiyati, kitob mutoalasi ularning
hayotida qanchalik chuqur oʻrin tutishi bilan belgilanadi. Badiiy adabiyotning inson
ma’naviy dunyosining rivojidagi oʻrni beqiyosdir. Adabiyot sharq xalqlari,
jumladan, oʻzbek xalqi hayotida ham doim juda katta ma’naviy ahamiyatga ega
boʻlgan. Adabiyotimizning yorqin siymosi Choʻlpon ta’kidlagandek “ Adabiyot
yashasa- millat yashar”. Adabiyot soʻz san’ati sifatida azaldan xalq qalbining
ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi boʻlib keladi. Xususan mustaqillik yillarida
yurtimizda ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va uzviy qismi boʻlgan adabiyotni
rivojlantirish boʻyicha amalga oshiralayotgan ishlar oʻz hosilasini berayotgani,
badiiy adabiyotimiz mavzular koʻlami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham
rang-barang boʻlib borayotgani, adabiyot olamida yangi-yangi nomlar paydo
boʻlayotgani kitobxon xalqimizni, albatta, quvontiradi.
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.Toshkent.”Ma’naviyat’’,2018.19-bet.
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.Toshkent.”Ma’naviyat”,2018.19-bet.
3
Mirziyoyev Sh.M.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risidagi
farmoni.Toshkent:”Adolat’’,2017.16-bet.
5
Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni, noyob iste’dod sohibi Erkin
Vohidov sheriyatimizning porloq yulduzidir.Erkin Vohidov oʻzbek adabiyotiga 60-
yillarda kirib keldi. U shoir sifatida soʻnggi davrlarda mamlakat hayotida, ijodiy
ishda jonlangan demokratik harakat, kurashchanlik va oshkoralik ruhi ta’sirida oʻsib
kamolotga yetdi, adabiyot taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi.
Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida insonga boʻlgan falsafiy koʻz
qarashlar oʻziga xos badiiy ifodasini topgan boʻlib, shoir oʻz asarlarida davr va shaxs
muammosiga katta e’tibor qaratadi va buni oʻz g‘azallari, toʻrtliklari, hajviy
she’rlari, dostonlarida ham mohirona tasvirlab beradi.
Adabiy ta’limda Erkin Vohidov ijodini turli xil metodlar va musaiq orqali
oʻrganish kurs ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining pasayib ketishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘miga aksincha, oshishi holati yuz berishi, valyuta munosabatlarining tartibga solinmaganligi, naqd pul bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘rtasida farq mavjudligi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlami bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va muammolarni bartaraf etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalami qo‘ymoqda.
So‘ngi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish masalalarida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil
8 avgustdagi PQ-3182-son Qarori, “Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 12 pktabrdagi PQ-392-son qarori, “qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 6 oktabrdagi PQ-387-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2022 yil 30 sentabrdagi PF-228-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni shular jumlasidandir.
|
| |