|
Reja: kirish i-bob mavzu: Erkin Vohidov hayoti va ijodini oʻrganishda integratsiya asosiy qism
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 73,06 Kb. | | #231352 |
Bog'liq ERKIN VOHIDOVI-BOB ASOSIY QISM
Erkin Vohidov ijodini oʻrganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Til insonning tafakkur shakli va millatning borlig‗idir. O‗zbekiston davlati va o‗zbek millati jahon hamjamiyatida o‗z munosib o‗rniga ega ekan, bu uning milliy tili shakllanganligidan va davlatchilik asoslari to‗g‗ri belgilanganidan dalolatdir. Ba‘zilar tilni faqat fikrning ifoda vositasi bilib, unga ikkilamchi munosabatda bo‗ladilar. Bu fikrning noto‗g‗riligi shundaki, inson tili orqali tafakkur qiladi. Milliy tilda fikr qilmagan kishi milliy jihatdan shakllanmagan hisoblanadi. Dunyoning qaysi mamlakatiga e‘tibor qaratmaylik, uning milliy tili Davlat Qonuni (Konstitutsiyasi) bilan himoyalanadi. Shunday ekan, oddiy vatandoshdan mamlakat rahbarigacha, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar ham, o‗z navbatida, ―O‗zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi haqidagi Qonun‖ himoyasi uchun mas‘uldirlar. O‗zbek tilining qadimgi ildizlari miloddan bir necha ming yil avvalgi turkiy qavmlarning tillari bilan bog‗lanadi. Oltoy tillari va turkiy tillar oilasining tarkibida bo‗lgan o‗zbek tili qadimgi ekanini jahon hamjamiyati bir necha asrlar burunoq tan olgan. Bundan ming yillarcha avval Mahmud Koshg‗ariy ―Devonu lug‗oti-t-turk‖ asarini bitib, milliy tilning qonuniyatlari asrlar davomida ustivor bo‗lganini isbotlovchi fundamental tadqiqot yaratgani va bu tadqiqot hali hech bir millat o‗z borlig‗ini namoyish qilib ulgurmagan paytda, boshqa til vakillari uchun turkiy (o‗zbek) tilini mukammal o‗rganish uchun qo‗llanma bo‗lganini hech kim unutmaydi. Alisher Navoiy dahosi bilan bu til mag‗ribdan mashriqqacha hamma millat va elatlar uchun o‗z borlig‗ini namoyish qila bilgan, Hazrat ―muayyan turk ulusi xud meningdir‖ deyish bilan o‗z asarlari orqali jahon ma‘naviyati xazinasidan o‗rin olgan milliy tilimizning benazir imkoniyatlarini ko‗rsatgan edi. Ayni shu davrda Xuroson mamlakatida Husayn Boyqaro tomonidan turk (o‗zbek) tili davlat tili sifatida e‘lon qilinganini hujjatlar tasdiqlaydi. XX asr boshlarida yana til siyosati kun tartibiga ko‗tarilgan bir paytda 1921-yili Buxoro Respublikasida turk (o‗zbek) tiliga davlat tili maqomining berilishi kabi hodisalar bizning milliy tilimiz faqat 30 yil avvalgina davlat tili maqomiga erishgan, degan noto‗g‗ri tasavvurni rad qiladi. To‗g‗ri, mustamlaka davrida, sho‗ro rejimi ostida jahonning eng boy tillaridan biri bo‗lgan ona tilimiz taraqqiyotiga nisbatan cheklovlar bo‗ldi. Biz uchun markazdagi qizil imperiya vakillari Vatan tushunchasini cheklab, ―malaya rodina‖ (kichik vatan) tushunchasini kiritdilar va ikkinchi ―katta vatan‖ sifatida sobiq ittifoqni tanitmoqchi bo‗ldilar. Hammaga kunday ayonki, ota bir, ona bir bo‗lgani kabi Vatan ham bir bo‗ladi, uning katta kichigi bo‗lmaydi. Hatto ―mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon‖ degan so‗zlarni qo‗shiq qilib bolalikdanoq ongimizga kiritib, bizlarni manqurt qilib tarbiyalamoqchi boʻldilar. Yozuvimizning 70 yil mobaynida 3 marta o‗zgartirilishi millatni imkon qadar savodsizlik girdobi sari tortish niyatidagi harakat bo‗lgani bugun barcha ziyolilarga ayon. Ona, Vatan, millat yagona bo‗lgani kabi milliy til ham yagonadir. Milliy tilning sherigi bo‗lmaydi. Uning yoniga g‗ayri tilini qo‗yib, davlat tiliga nisbatan sherikchilik da‘vo qilayotgan mushriklar bir paytlar ―bilingvizm‖ (ikki tillilik) shiori ostida bosh ko‗targan edilar. Endi mamlakatimizda demokratik islohotlar jadal suratda amalga oshirilayotgan bir paytda yana o‗tmishdagi til siyosatini sog‗inish milliy taraqqiyotimiz uchun to‗siqdan boshqa narsa emas. 4 Ularning maqsadi milliy va diniy bag‗rikengligimizdan foydalanib, yagona milliy tizim taraqqiyotiga rahna solishdir. Bir vaqtlar Boltiqbo‗yi respublikalarini qonga botirgan, Ukrainadagi alg‗ov-dalg‗ovlarga sababchi bo‗lgan hodisa davlat tili haqidagi munozaralar ekanligini unutmaylik. Aslida bu yerda munozara yo‗q. Munozara qilmoqchi bo‗lganlar davlat matbuoti orqali bahs ochib, munozara qilaveradilar. Buning uchun sustkashlik qilmay, hukumat tomonidan ―O‗zbek tiliga davlat tili maqomini berilganligining 30 yilligini nishonlash to‗g‗risida‖ tarixiy Qaror qabul qilingani va o‗sha Qarorda ko‗rsatilganidek, avval qabul qilingan Qonunga o‗zgartirishlar kiritilishi lozimligini bugungi madaniy va ilmiy hayot ehtiyojlari ko‗rsatib turibdi. Mamlakatimiz Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrda qabul qilgan ―Mamlakatimizda o‗zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PF-6084 raqamli Farmoni O‗zbek tiliga davlat tili maqomini berilganiga 30 yil to‗lishi munosabati bilan 2019-yilda boshlangan davlat miqyosidagi til siyosati ustuvor qilinishining davomidir. Ushbu Farmon bilan yana ikki muhim hujjat ―2020-2030- yillarda o‗zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi‖ va uni amalga oshirish mexanizmi bo‗lgan ―...choratadbirlar Dasturi‖ning qabul etilishi mamlakatda til islohotini amalga oshirish uchun muhim qo‗llanma bo‗ldi. Endi navbatda ―O‗zbekistonda Yangi tahrirdagi Davlat tili haqidagi Qonun‖ e‘lon qilinishi kutilyapti. Bir yilning o‗zida Prezident va hukumat tomonidan shuncha Farmon, Qaror va dasturlarning e‘lon qilinishi, aytish mumkinki, o‗ttiz yil davomida sekinlik bilan harakat qilingan til siyosatining amalga oshuvi uchun hujjatli asos bo‗la oladi. O‗zbekiston Milliy universiteti tashkil etilgan dastlabki kunlardanoq ona tiliga millat ravnaqining bosh mezoni sifatida qaraldi. Turkiston Xalq universitetining asoschisi va birinchi rektori Munavvar qori Abdurashidxonov universitetda dars berish uchun zamonining eng yetuk alloma va fozillarini to‗pladi. ―Adabiyot va falsafa‖ hamda ―Sharq tillari‖ sho‗basi (kafedrasi)ga mudirlik qilish uchun Abdurauf Fitratni, dorilmuallimin (pedagogika instituti) ishini yo‗lga qo‗yish uchun Abdulla Avloniyni universitetga chorladi. Universitet o‗z faoliyatini boshlagan 1918-yilning o‗zidayoq Fitrat, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon hammuallifligida tayyorlangan ―Ona tili‖ darsligi chop etildi. O‗zbek tilining go‗zal va boyligini tarannum qilish barobarida uni baxtsizlik girdobidan chiqarish uchun milliy da‘vatga aylangan Fitrat domlaning ―Tilimiz‖ maqolasi e‘lon qilindi. 1920-yili o‗zbek jadid ma‘rifatchilari qurgan Turkiston universitetini tez orada markaz – Moskva o‗z nazoratiga oldi. O‗zbekistonga bir guruh moskvalik va piterlik olimlarni yuborish bilan universitet tashkil bo‗lgan sana kechiktirilib, 1920-yili Lenin dekreti bilan hujjatlashtirildi. Milliy o‗zanga qurilgan xalq dorilfununi evropalashtirildi, buning natijasida, bir tomondan, aniq va tabiiy fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‗shilgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan esa, o‗zbek tili, adabiyot, tarix va falsafa kabi milliy o‗zlikni tanitishga xizmat qiluvchi fanlar Moskvadan turib boshqariladigan bo‗ldi. Ayni shu davrdan Fitrat kabi millat fidoyilari yangi tashkil etilgan Buxoro jumhuriyatiga chaqirib olinishi munosabati bilan uning o‗rniga rus siyosatini og‗ishmay amalga oshirishga bel bog‗lagan A.Sa‘diy kabi filologlar Turkiston universitetiga joylashtirildi. Qariyb o‗n yil davom etgan bunday tartib tufayli Fitratning ―O‗zbek tili qoidalari to‗g‗risida bir tajriba. Sarf (1-kitob, 1924), Nahv (2-kitob, 1925)‖ kabi ilk grammatikalari, ―O‗zbekcha til saboqligi (1926)‖ singari fundamental tadqiqotlaridagi ilmiy qarashlar o‗zbek tili tabiatiga mos kelmagan grammatik qonuniyatlar hisobiga ―boyitildi‖. 1926-yilda Bokuda o‗tkazilgan sobiq ittifoqda yashovchi xalqlarning Turkologiya qurultoyiga V.V.Bartold, S.E.Malov, A.A.Miller, S.F.Oldenburg, R.R.Poppe, A.N.Samoylovich, V.B.Tomashevskiy, K.K.Yudaxin; M.F.Ko‗prulu (turk), Paul Vittek (olmon), B.Cho‗ponzoda (qrim tatar), A.Boytursun (qozoq) kabi mashhur olimlar qatorida O‗zbekistonda borgan 11 vakil (A.Abdujabborov, A.Zohiriy, Elbek, R.Inog‗omov, Sh.Rahimiy, B.Rahmon, I.Sadriy, N.Hakimov, G‗.O.Yunusov, N.To‗raqulov, X.Xo‗jaev)ning 4 tasi Toshkentda Turkiston universitetida 5 faoliyat ko‗rsatayotgan o‗zbek tili o‗qituvchilari edilar1 . Qurultoy hujjatlaridan ma‘lum bo‗lishicha, markaz yagona dini mubini islom va uning muqaddas yozuvi birlashtirgan turkiy xalqlarni o‗z yozuvidan adashtirish uchun lotin yozuviga o‗tishlari lozimligini nazarda tutgan edi. Bu harakatga nafaqat Markaziy Osiyo va Kavkaz turklari, balki Qrim va Qozon tatarlari, boshqird, tuva, xokas, saqa (yoqut) turklari, balki sobiq ittifoq tashqarisidagi Onado‗li va uyg‗ur turklarining qo‗shilayotgani, lotin yozuvi turkiy xalqlarni o‗z yozuvidan ajratish emas, balki yagona yangi yozuv ostiga birlashtirib qoʻyayotgani markazni qo‗rqitib yubordi. Natijada Birinchi Turkologiya qurultoyining Stenogrammasi rus tiliga o‗zgartirilgan holda (to‗g‗rirog‗i, buzilgan holda) tarjima etilib, unda rus mustashriqlarining roli oshirilib, millatparvarlik ruhida aytilgan turk olimlarining chiqishlari stenogrammaga kiritilmay chop etildi2 . Bunday ―islohotlar‖ natijasida lotin yozuvi joriy bo‗lgan 1930-yillardan boshlab O‗zbek tili grammatikasi markaz tavsiyasi bilan o‗zgartirilib nashr qilindi. O‗zbek tiliga munosabatda ham uni ―Sharq fakulteti‖ tarkibida boshqa sharq tillari qatorida ko‗rildi. 1943-yilda ―Filologiya fakulteti‖ nomi bilan rus va o‗zbek filologiya bilimlari bevosita markazning jiddiy nazorati ostiga birlashtirildi. Shunga qaramay, O‗rta Osiyo (―Turkiston universiteti‖ning nomi ham ―O‗rta Osiyo universiteti‖ deb o‗zgartirildi) universitetida o‗zbek tili va adabiyotini qalbdan sevgan, uni millat iftixoriga aylantirgan domlalar oz emas edi. G‗ulom Karimov, Subutoy Dolimov, Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Abdug‗afur Rasulov, Begali Qosimov, Omonulla Madaev... Bu ro‗yxatni ancha davom ettirish mumkin. Biroq faoliyati haqida alohida fikr aytilishi lozim bo‗lgan Ayyub G‗ulomov, Ulug‗ Tursunov, Siddiq Fuzailov, Yoqub G‗ulomov, Miraziz Mirtojiyev, Shavkat Rahmatullaev, Abdug‗ani Abdullaev, Karim Nazarov, Iristoy Qo‗chqortoyev, Xayrulla Ismatullayev, Farog‗at Ubayeva, Yormat Tojiyev, Sayyora Nizomiddinova, Mamlakat Jo‗raboyeva, Rahimtoy Begaliyev, Ra‘no Sayfullayeva kabi tilshunos olimlarimiz borki, ularning har biri alohida mavzu bo‗lishga haqli. Biroq, hozircha, o‗zining olimlik salohiyati va insoniylik sifatini uyg‗un qilib, yuzlab tilshunos olimlarga murabbiylik qilayotgan, filologiya fanlari doktori, professor Yormat Tojiev xususida fikr yuritish bilan cheklanamiz. Professor Yormat Tojiyev 1940-yili Farg‗ona viloyati Beshariq tumani Rafqon qishlog‗ida tug‗ilgan. 1962-yilda ToshDU (hozirgi O‗zMU) filologiya fakultetiga o‗qishga qabul qilingan. O‗qishni tugatgach, shu jamoaning o‗zida mehnat faoliyatini boshladi. Yormat Tojiyevni til ilmining sirli dunyosiga olib kirgan, unda o‗z shaxsiy ibrati bilan fanga bo‗lgan muhabbatni rivojlantirgan, olim sifatida shakllanishiga yetakchilik qilgan inson – bu o‗zbek tilshunosligi ilmiga tamal toshini qo‗ygan professor Ayyub G‗ulomovdir. XX asr o‗ziga xos ilmiy maktab yaratgan olim Ayyub G‗ulomovning chin, sadoqatli shogirdi, samimiy do‗stlik, ishonch, sadoqat, mehr kabi oddiy insoniy tuyg‗ular bu ikki buyuk olim o‗rtasidagi ustoz-shogirdlik munosabati uchun zamin bo‗ldi. U 1974-yilda Ayyub G‗ulomov rahbarligida ―Ega ekanlik va ega emaslik ma‘nolarini ifodalovchi affikslar sinonimiyasi‖ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‗ldi. 1992-yili ―O‗zbek tilida affiksal sinonimiya‖ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan himoya qilib, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini egalladi. Doktorlik himoyasi mustaqilligimizning dastlabki yillariga to‗g‗ri kelganligi tufayli ilmiy ish xulosalari sobiq ittifoq OAKiga yuboriladi. Shu yili O‗zbekistonda tashkil qilingan OAK ham ushbu tadqiqotni qabul qilib oladi. Har ikki tashkilot ham Yormat Tojiyev ilmiy tadqiqoti yuzasidan unga doktorlik ilmiy darajasini topshirdi. 1 1926-cı il I Bakı Türkoloji qurultayı. Stenoqram materialları, biblioqrafiya və foto-sənədlər. Tərcümə, ön söz və şərhlərin müəllifləri Prof. Kamil Vəli Nərimanoğlu, əliheydər Ağakişiev. Bakı: Çinar-Çap, 2016. S.441-446. 2 Первый Всесоюзный тюркологический съезд. 26 февраля 5 марта 1926 г. Стенографический отчет. Баку – АССР, 1926. 6 Professor Yormat Tojiyev tilshunoslikning barcha sohalari bo‗yicha ilmiy kuzatishlar olib borgan olim. Domla, asosan, so‗z, o‗zak, negiz munosabatlari, o‗zak morfemalarning fonetik tuzilishi, affiks morfemalar, ularning hosil bo‗lishi, shakl hosil qiluvchi ergash morfemalar, affikslarning ko‗p ma‘noliligi, affikslarda omonimiya, sinonimiya, polisemiya kabi masalalarga bag‗ishlangan tadqiqotlar muallifidir. Olimning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyati ham tahsinga sazovor. Bugungi kungacha prof. Yormat Tojiyev ilmiy rahbarligida bir necha fan doktori, o‗ndan ortiq fan nomzodi o‗z ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bo‗lsalar, 30 ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiya mualliflari bevosita domlaning rasmiy opponentliklari ostida olimlik diplomini oldilar. Bugun 80 yoshlik tavallud ayyomini nishonlayotgan ustoz Yormat Tojiyev o‗zlarining ilmiy va pedagogik faoliyati, mazmunli hayot tarzi, odob-axloq va muamola madaniyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik fazilatlari bilan barchaga ―ibrat maktabi‖ namunasi bo‗lyapti, desak xato qilmagan bo‗lamiz. Hozirgi paytda o‗zbek tili, adabiyoti va ma‘naviy qadriyatlarga har doimgidan ko‗ra ko‗proq e‘tibor qaratilayotgan ekan, bu mamlakatimizda kechayotgan islohotlar o‗z samarasini berayotganidan darakdir. Ma‘naviy hayotimizdagi yevrilishlar davrida O‗zbekiston Milliy universitetining filolog olimlari o‗zlarining pedagogik mahorati va ilmiy tadqiqotlari salmog‗i bilan faol ishtirok etmoqdalar. AYYUB G„ULOMOV – GRAMMATIKA BILIMDONI Y.Tojiyev Filologiya fanlari doktori, professor Professor Ayyub G‗ulomovning tilga, tilshunoslikka munosabati grammatikadan boshlangan desak, xato bo‗lmas. 1944-yildayoq ―O‗zbek tilida ko‗plik kategoriyasi‖ yoki 30-40-yillardayoq ―O‗zbek tilida kelishiklar‖, ―O‗zbek tili grammatikasi‖ (hammuallif) 1-qism, T., O‗zdavnashr, 1943-yil (1960-yilgacha 8 marta qayta nashr qilingan) ―O‗zbek tili grammatikasi: 2-qism. Sintaksis, T., O‗zdavnashr 1944- y., ―O‗zbek tili morfologiyasiga kirish‖, T., O‗zFan, 1953- y. 40-yillarda yoqlangan va kitob holida nashr etilgan ―O‗zbek tilida aniqlovchilar‖ T., O‗zfannashr, 1941- y. kabi kitoblar, qo‗llanma va darsliklar buni tasdiqlaydi. ―O‗zbek tilidan programma va metodik ko‗rsatma‖dan tortib (T., 1940 y.) ―O‗zbek tili ilmiy grammatikasidan materiallar‖ (qo‗llanma, T., Tun tashriyoti, 1938 y.), ―O‗zbek tili grammatikasi‖ (1-2qismlar, 1939, 1940-yillar, hammualliflikda), ―Sintaksis va punktuatsiyadan mashqlar to‗plami‖ (1941) kabi 30-yillarning oxiri va 40-yillarning boshlarida nashr etilgan monografiyalar, darslik va qo‗llanmalarning o‗ziyoq Ayyub G‗ulomov ilmiy faoliyati, haqiqatan ham, grammatikani o‗rganishdan, ya‘ni tilshunoslikning eng murakkab sathini tadqiq qilishdan boshlaganini ko‗rsatib turibdiki. Ana shu davrdagi izlanishlar asosida, to‗g‗rirog‗i, zamirida olimning ―Ko‗plik kategoriyasi‖, ―Fe‘l‖ kitoblari, keyinroq esa ―Sodda gap. Hozirgi zamon o‗zbek tili kursi bo‗yicha materiallar‖ (1955.); ―Проблемы исторического словообразования узбекского‖ - doktorlik dissertatsiyasi (1955); Morfologiyaga kirish. ―Fe‘l‖ (F. Kamol bilan hamkorlikda) ―Hozirgi zamon o‗zbek tili‖ kitobining shu qismlari (1957. 285-302-B, 377-469-B); ―Hozirgi zamon o‗zbek tili‖. Sintaksis. O‗rta va oliy maktab, 1-nashr, 1961 y., 2-nashr, o‗qituvchi, 1965 y., 3-nashri, 1987 y. (M.Asqarova bilan hamkorlikda); ―O‗zbek tili grammatikasi‖ (1975) 1-kitob so‗z yasalishi, morfologiyaga kirish qismlari: 7-124 betlar. Shuningdek, 5-6, 9-sinflar uchun 7 yozilgan va qayta-qayta nashr qilingan ―O‗zbek tili‖ darsliklari, o‗nlab maqolalari o‗zbek tili grammatikasi sohasida olim olib borgan teran tadqiqotlardan namunalardir: ―O‗zbek tili sintaksisining ba‘zi masalalari‖ (O‗zbek tili va adabiyoti, 1968, №2), ―Sifat haqida mulohazalar‖ (ToshDU ilmiy asarlar to‗plami, 608-chiqishi, 1979 ), ―O‗zbek tilida so‗z tartibi‖ (―Sharq yulduzi‖, 1946 y., 4-5 sonlar); ―Ko‗makchili konstruksiya haqida‖ (SSSR FA O‗zbekiston filiali axboroti, 1940 y., №6) kabi maqolalari. Ayyub G‗ulomovning o‗zbek tili grammatikasining hamma qismlari bo‗yicha, ayniqsa, eng dolzarb va murakkab mavzulari bo‗yicha ilmiy tadqiqotlar olib borganligini ko‗rsatadi. Ayyub G‗ulomovning grammatika sohasidagi ishlari, qarashlari ham, so‗z yasalishi sohasidagi tadqiqotlari va qarashlari ham, shuningdek, o‗zbek tilshunosligining boshqa sohalari bo‗yicha olib borgan izlanishlari, xulosalari, jumladan, fonetika, morfemika, morfonologiya, nutq madaniyati, leksikografiya kabi sohalardagi ilmiy qarashlarining har birini e‘tibor bilan o‗rganish alohida-alohida tadqiqotlar obyekti bo‗lishi mumkin. Olimning har bir maqolasi, har bir asaridagi xulosalari tilshunoslikdagi ilmiy meros sifatidagina emas, balki nazariy bilimga ega bo‗lish maqsadida ham alohida o‗rganilishi, qayta tadqiq qilinishi lozim. Bu haqda hali ko‗p fikrlashamiz... Olimning ―Fe‘l‖ va ―Morfologiyaga kirish‖ kitoblari ham ustozning ana shunday jiddiy ishlaridan bo‗lib, ularni o‗rganmasdan tilshunoslikda faoliyat ko‗rsatib bo‗lmaydi. Bu kitoblardagi chuqur tahlillar, asosli fikrlar hech qachon o‗z qimmatini yo‗qotmaydi: a) ilm bilan shug‗ullanishning yuksak namunasi bo‗lib xizmat qiladi, b) xulosalarning asosliligi bilan ajralib turadi; v) o‗zbek tilining o‗ziga xos xususiyatlarini juda yaxshi bilganlikdan va olimning ana shu bilimga doim sodiq qolgan holda ilmiy tadqiqotlar olib borganligini, aniqrog‗i, A.G‗ulomovning, ayrim tilshunoslar tomonidan olimning ishlarini chuqur o‗rganmay, to‗g‗rirog‗i, yaxshi anglab, tushunib yetmagan, nozik xulosalarni fahmlamagan holda domla haqida aytilgan fikrlardan qat‘iy nazar, o‗zbek tili imkoniyatlarini jiddiy o‗rganishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yganligini (tilshunoslikning asosiy vazifasidir), ana shu imkoniyatlardan kelib chiqqan holda o‗zbek tili grammatikasi hodisalarini o‗zbekona baholaganligini kuzatish mumkin. Har ikki kitobdagi tahlillar, materiallar va ularni o‗rganishdan chiqarilgan xulosalar bilan tanish bo‗lgan har bir shaxs bunga amin bo‗ladi, deb ishonamiz. Ayyub G‗ulomov, albatta, davrdan, davr sharoitidan kelib chiqqani holda, rus tili, uning boyligi, millatlararo mavqeyini, o‗sha davrda to‗g‗ri baholadi; rus tilshunosligini yutuqlariga tayandi; o‗zbek tili, tilshunosligini jahon tanishi lozimligini ham to‗g‗ri fahmladi. Shunga ko‗ra, rus tili va rus tilshunosligini ma‘lum darajada targ‗ib qildi ham. Biroq undagi o‗zbek tiliga mehr, uning imkoniyatlarini o‗rganishga bo‗lgan ishtiyoq nihoyatda kuchli bo‗lgan. Zero, hech kim til birliklari imkoniyatlarini nutqda namoyon bo‗lishini Ayyub G‗ulomovchalik chuqur o‗rganmagan. U tilga doim sistema (zanjirsimon bir-biri bilan bog‗lanib ketgan tizim, xususiyning umumiyni tashkil etishi – umumiylik-xususiylik, pog‗onaviylik... kabilarning tizimni tashkil etish) sifatida qaragan. Til tadqiqiga doim formal-funksional jihatdan yondashgan. Olim til hodisalariga falsafiy, mantiqiy kategoriyalar yaxlitligi, bog‗liqligi nuqtai nazarlaridan qaragan va tilga imkoniyat, nutqqa esa voqelik sifatida munosabatda bo‗lgan. Bu narsalar uning ishlarida idrok etilgan holda o‗z ifodasini topgan-ki, buni tushunish, anglash zarur. Olimning ―Morfologiyaga kirish‖ kitobi (risolasi) 50-yillarning boshlarida yozilgan bo‗lishiga qaramay, olimning grammatik shaklga, grammatik ma‘no, grammatik kategoriya, tushunchalariga nisbatan munosabati, qarashlari hamon o‗z kuchidadir. Uning o‗sha davrdayoq shakl yasalishidagi sintaktik va analitik holatlarni farqlaganligi, ayniqsa, shakl yasalishida sintaktik vazifa bajarish yoki bajarmaslik masalasining o‗ta muhimligi haqidagi qarashlari hozirgi kunda to‗la o‗z tasdig‗ini topdi (shakl yasovchilar sintaktik vazifa bajaruvchilar va sintaktik vazifa ba- 8 jarmovchilarga ajratildi). Xullas, ―Morfologiyaga kirish‖ kitobi hali, ancha vaqtga qadar muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi va uni o‗rganmaslik mumkin emas. Olimning ―Fe‘l‖ monografiyasi 50-yillarning (XX asr) boshlarida yozilgan bo‗lib, to‗g‗risini aytganda, o‗zbek tilidagi Fe‘llar haqida, anchagina kitoblar yozilgan bo‗lishiga qaramay, qamrovining kengligi (leksik to‗dalarga ajratish: harakat va holat fe‘llari; fe‘lning kesimlikka munosabati masalasi – predikativlik holati; undagi ichki va tashqi yasalishga munosabat masalasi; fe‘lning gapning asosiy quruvchisi sifatidagi xususiyati, gapning umumiy xarakteristikasini belgilovchi sifatidagi jihati; yasalishi va grammatik shakllariga munosabatlarning jamini qamrab olganligi kabilar) bilan ajralib turadi hamda bu kitobga teng keladigan kitob (ilmiy tahlillarga boyligi jihatidan) yo‗qdir, deyish mumkin. Ana shunga ko‗ra, bu kitob bilan tanishish, uni o‗rganish juda muhimdir. Chunki, yuqorida aytganimizdek, fe‘lga bo‗lgan munosabatlarda olimning fikrlari o‗z ahamiyatini yo‗qotgan emas. Xullas, ―Morfologiyaga kirish‖, ―Fe‘l‖ va boshqa asarlari mashhur tilshunos Ayyub G‗ulomovning grammatika sohasidagi ilmiy qarashlaridan sizni bahramand qiladi, olimning o‗zbek tili grammatikasining yetuk bilimdoni ekanligidan dalolat beradi, bunga sizni ishontiradi, degan umiddamiz. Muhimi, ustozning ilmiy merosidan bahramand bo‗lganingizdir. Ma‘lumki, 2019-2020 yillarda O‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o‗zbek tilining mavqeyini ko‗tarishga alohida e‘tibor bera boshladi. O‗zbek tilini targ‗ib qilish, uni o‗qitishni ta‘lim tizimining hamma bo‗g‗inlarida, Oliy ta‘limda, o‗rta va umumta‘limda, hatto, xorijda o‗qitilishi masalalariga ham alohida to‗xtalib o‗tmoqdalar. O‗zbek tilining mavqeyini yuqori darajaga ko‗tarish, avvalo, zukko olimlarning bu til doirasida olib borgan tadqiqotlarini, ayniqsa, A.G‗ulomovning tilimiz boyliklarini to‗la ochib berishga bag‗ishlangan ishlarini, kitoblarini, merosini o‗rganish asosida amalga oshirishni unutmaslik kerak. Zero, tilimizning ifoda imkoniyatlarini his ettirish yoshlarda o‗z tillariga hurmat – muhabbatni shakllantiradi, kishilarni bu tilni o‗rganishga da‘vat etadi. USTOZ HAYOTI – OLAM... Sayfullayeva R., ОʻzMU professori, f.f.d. ―Muallim‖ deganda kоʻpincha оʻqituvchi, maʼlumot beruvchi, umuman, taʼlim beruvchi inson tushuniladi. Aslida bu eng sodda tushuncha. Dastlab ―muallim‖ va ―hayot‖ tushunchalariga bir-biri bilan uzviy bog‗liqlik va tenglik belgilarini qоʻyish mumkin: muallim →hayot, hayot → muallim; muallim =hayot. Agar muallim biror soha mutaxassisi bоʻlsa, hayot, umuman, muallim, unda chegara yоʻq, undan odamlar оʻziga xos va mos ravishda bilim oladilar hamda bu bilimlar nihoyatda rang-barangdir. Gоʻdakligidan inson muallim taʼlimiga muhtoj. Bu taʼlimning shakllari, tabiiyki, juda kоʻp va xilma-xil. Taʼlim beruvchi har bir inson biz uchun aziz bоʻlishi zarur, chunki ular yordamida hayotimiz yaxshi tomonga оʻzgaradi, kоʻrkamlashadi. Biz birinchi muallimimizni umrbod eslab yuramiz, uning оʻgitlari, nasihatlari yodimizda turadi. Oliy dargohga qоʻygan ilk qadamimiz, birinchi marta eshitgan maʼruzamiz, auditoriyaga kirgan birinchi ustoz ham xotiramizdan joy oladi. Universitetda boshlangan faoliyatim muhtaram ustozlarim bilan bog‗liq. Bulardan biri filologiya fanlari doktori, professor Yormat aka Tojiyevdir. Domlani deyarli 50 yildan buyon taniyman, chunki universitetning filologiya fakultetida оʻqiganman, shu fakultet kechki bоʻlim metodisti, sоʻng оʻzbek tilshunosligi kafedrasi laboranti bоʻlib ishladim. Оʻqish va ish jarayonida 9 domla bilan doimo muloqotda bоʻlardik. Zarur holatlarda kafedradagi ish, topshiriqlar bоʻyicha Yormat akadan maslahatlar sоʻrardim. Ustoz harbiy xizmatdan sоʻng sobiq Toshkent davlat universitetini tugatishi bilan оʻqituvchi sifatida ishga qabul qilingan. Оʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov iboralari bilan aytganda, ―til ilmining darg‗asi‖ bоʻlmish professor Ayyub G‗ulomov ―Оʻzbek tilshunosligi‖ kafedrasi mudiri edi. Bu kafedra mamlakatimizda yetakchi kafedra hisoblanardi. Yormat aka ustoz rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Kafedramizda yoshi ulug‗ domlalar ham bor edi. Yormat aka bilan birgalikda nisbatan yosh оʻqituvchilar Anortoy aka, Muhammadjon aka, Ismoil aka, Jahongir akalar ishlashardi. Bu domlalar, kafedraga berilgan topshiriqlarni talab darajasida bajarishga harakat qilishardi. Ayniqsa, Yormat aka har bir ishga masʼuliyat bilan yondashganlar. Kafedra mudirimiz va ularning оʻrinbosari dotsent G‗ulom aka Sharipovning topshiriqlari sоʻzsiz bajarilardi. Yormat aka paxta terimida talabalar bilan birgalikda mehnat qilardilar. Yoki zarurat bоʻlganda, sabzavotlar yig‗ishtirish va yana boshqa turli topshiriqlar aʼlo darajada bajarilardi. Ustoz A.G‗ulomov tashkiliy ishlar haqida оʻylamasdilar, chunki sadoqatli shogirdlari Yormat aka boshchiligidagi yosh оʻqituvchilar doim ziyrak turardilar. Kafedra оʻquv ishlariga masʼul dotsent G‗.Sharipov ishga vaqtli kelardilar va kech ketardilar, A.G‗ulomovga kafedra uchun zarur maʼlumotlar va bоʻlayotgan hamda bajarilishi lozim bоʻlgan ishlar haqida muntazam axborot berardilar. Yormat aka ishda bоʻlsalar, bilingki, kafedradagi darslar va turli mashg‗ulotlar haqida bezovta bоʻlishmasdi. Hatto tanaffus paytida ham ustoz ―Raʼnoxon, Yormat qani, chaqiring‖ derdilar va men Yormat akani boshqa kafedrada shaxmat taxtasi oldida ―mot‖ qilish yоʻlini оʻylab turganlarida chaqirib kelardim. Kafedradagi opalarimizning birortalari maʼlum bir sabablarga kоʻra ishga kelmasalar, yo Yormat aka, yo Anortoy aka, yo Muhammadjon aka darsga kirishardi. Yormat aka dillari bilan tillari bir, ustozga va kafedraga juda sadoqatli shogird bоʻlganlari uchun ham hamma yaxshi kоʻradi. Hozirgi hayotlari va faoliyatlari ham buni isbotlamoqda: ustoz sobiq ToshDU – hozirgi Оʻzbekiston Milliy universitetiga farzandday sodiqlar. Umid qilamanki, hozirgi talabalarimiz, magistrantlarimiz Yormat akaga xos oliy xislatlardan – ustozlarga hurmat, har bir ishni sidqidildan bajarish, universitet va, mamlakatimiz sharafini yana-da mustahkamlash, rivojlantirish uchun fidoyi bоʻlishdek fazilatlaridan ibrat olsinlar! Ular ham ustozlik maqomiga yetishganda, shogirdlari eʼzozida bоʻlishsin! Bu dunyo – qaytar dunyodir! Yormat akaning kоʻpchilik havas qiladigan hayotlari shu kafedra bilan: talabalik yillari, оʻqituvchilik faoliyati, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari, ilmiy ishlar bilan shug‗ullanish kabi xayrli ishlar bilan bog‗liq. Endi оʻsha yillardagi qaynoq jarayon, ilmiy ishlar haqida qisqa tоʻxtalish lozim. Kafedra aʼzolari bajargan va tashqaridan kelgan ilmiy ishlar оʻqish uchun tarqatilardi. Har bir ishni kafedra mudirimiz оʻzlari оʻqirdilar va fan sohalariga qarab domlalarga оʻqish uchun berardilar. Ilmiy ishlar muhokamasi juda qizg‗in оʻtardi va har bir talabgor kafedraning bu majlisida оʻzi qatnashib ishi haqida tоʻliq maʼlumot berib, savollarga javob qaytarishi lozim edi. Bu ―chig‗iriq‖dan оʻtish qiyin, ammo ishi pishiq, ilmi pishiqlarga domlalarimiz doim yordam berishardi, xususan, Yormat aka ham. Savol berishingiz mumkin: ―Shunday ekan, nega kafedra aʼzolarining ilmiy ishlari himoyasi 10-15 yillarga chоʻzilgan?‖ Оʻsha paytda tilshunoslikka oid hamma ilmiy ishlar taqdirini uchta olim hal qilardi: ToshDUda ustozimiz prof. A.G‗ulomov, ОʻzRFA Til va adabiyot institutida sektor boshlig‗i prof. F.Abdullayev va Pedagogika institutida kafedra mudiri prof. M.Asqarovalar. Bu uchlik kоʻp jiddiy masalalarning yechimini topardi va himoya kengashi ham bitta edi. Shunga qaramay, ustozlar оʻz ilmiy ishlarini himoya qilardilar. Yormat aka ham bu ―chig‗iriq‖dan eson-omon оʻtdilar va ilm chоʻqqisiga 10 yetdilar, оʻzlari Ustoz bоʻldilar! Bu holat yillar davomida оʻz taʼsirini kоʻrsatardi. Mazkur holat haqida yozganimning sababi shundaki, hozirgi davrda respublikamiz rahbariyati yoshlarimizga ilmiy ish bilan shug‗ullanish uchun hamma sharoitlar yaratgan: ilmiy kengashlar hatto har bir viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida ochilgan, tadqiqotchi xohlaganida himoya qilish huquqiga ega, kompyuterda ishingizni bir necha marta qayta kоʻrib chiqishingiz mumkin, ishingizni оʻqiydigan olimlar ham kоʻp va boshqa qator holatlar mavjudki, yoshlarimizdan faqat astoydil harakat kerak, xolos. Biror mamlakatda bunday imkoniyat yоʻq!!! Yormat aka sevimli, eʼzozli ustoz, kоʻplab shogirdlari respublikamiz turli tashkilotlarida masʼul vazifalarda ishlamoqdalar. Hozirda atoqli adabiyotshunos olim, professor Hamidulla Boltaboyevning saʼyi harakatlari bilan kafedramizda tilshunos olimlar safi kengaydi va ular orasida Yormat akaning shogirdlari Nodiraxon Alavutdinova hamda Gulchehraxon Keldiyorovalar yoshlarga ibrat bоʻlmoqdalar. Ustoz bir necha monografiyalar, 200 dan kоʻproq maqolalar muallifidir. Hozirda ham domla tinmay izlanishdalar, shogirdlari bilan оʻquv qоʻllanma va darsliklar yozishga shay turibdilar. Ustozning odamiyligi oliy darajada, shuningdek, mehnatsevarlik, insonni, oilani qadrlash, mehr-oqibatlilik, sadoqat, ustozlarni eʼzozlash kabi qator xislatlari yoshlarimiz uchun nihoyatda yaxshi namunadir. Domlaning mana shu darajaga yetishlarida, oilaning оʻrni, rahmatli rafiqalari Dilbarxon opaning hissalari juda katta! Eng avval bolalar tarbiyasi, sоʻng diqqatni nevaralarga qaratish, uy-rоʻzg‗or ishlari, qudachilik, ustozga alohida eʼtibor berish – hammasiga kuch kerak, mehr kerak, sadoqat va oqibat kerak! Bu kabi gоʻzal xislatlar opada bor edi. Men opani eng avval ustozni avaylab-asrab yashagan xokisor ayol sifatida bilardim va nihoyatda hurmat qilardim. Hammaga birday mehribon, qator-qator shogirdlarni, mehmonlarni ochiq chehra bilan kutar, doimo dasturxoni tayyor, malham bоʻluvchi shirin gaplari kuch berardi. Domla eng avval mehnatsevarlik, halollik, ilm-fanni sevish, shogirdlarga mehribonlik, ustozlarga sadoqat kabi qator xislatlari uchun doimo hurmatdalar va, оʻylaymanki, ushbu fazilatlar hayotlari davomida ularga quvvat berib kelmoqda! Ustoz hayotining ayrim tomonlarini quyidagi chizmada qisqa tarzda bоʻlsa-da, berishga harakat qilamiz: 11 USTOZ IBRATI Z.Xolmanova, ToshDОʻTAU professori, f.f.d. Оʻtgan asrning 80-yillari… Internet ommalashmagan, uyali telefonlar hali hayotimizga kirib kelmagan, insoniyat mobil tоʻrlar bilan emas, mehr iplari bilan tutashgan paytlar... Оʻzbek filologiyasi fakultetining 409-auditoriyasi bоʻlib xotiramizda muhrlangan tahsil xonasida endigina oliy оʻquv yurtiga qabul qilingan 1-kurs talabalari yig‗ilgan. Yoshlarning quvonchi cheksiz. Negaki ularni kuni kecha mikrafon orqali tantanali ravishda talaba sifatida e‘lon qilishib, universitet rektorining оʻzlari talabalik baxti bilan birma-bir, qоʻl siqib, samimiy tabrikladilar. Endi esa ... Auditoriyaga Оʻzbekiston Miliy universiteti (оʻsha vaqtda Toshkent davlat universiteti) Оʻzbek filologiyasi professor-оʻqituvchilari kirib kela boshladilar. Bular – keyinchalik talabalar ongida bir umrga muhrlanib qolgan siymolar: Begali Qosimov, Ulug‗bek Dolimov, Muhammadjon Qodirov, Muhammadnodir Saidov, Umarali Normatov, Omonilla Madayev, Karim Nazarov, Ra‘no Sayfullayeva, Mamlakat Jоʻraboyevalar edi. Ustozlar qisqa, ammo mazmunli chiqishlarida universitet nufuzi, professor-оʻqituvchilar faoliyati, fakultet doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirishdi. Sоʻz ilmining sohir bilimdoni, fonetika ilmining ustasi, meditsina ilmidan ham xabardor hamda nemis tilini mukammal egallagan professor, filologiya fanlari doktori ustoz Mirtojiyev sоʻz olganlarida, dastavval, ―Men ―katta Tojiyevman‖, ya‘ni Mirtojiyevman, bu domla (professor Yormat Tojiyevga ishora qilib) kichik Tojiyev bоʻladilar‖ degan edilar hazilomuz. Ustoz Yormat Tojiyevni ilk bor оʻshanda, tanishtiruv darsida kоʻrganman. Ustozlar halihanuz ongimda оʻsha auditoriyadagi turishlari bilan jonlanadilar. Mana, nima uchun tanishtiruv darslari kerak ekan... Bugungi kunda universitet ma‘muriyatining tanishtiruv darslarini talab darajasida tashkil qilishga intilishlari, auditoriyaga barcha-professor-оʻqituvchilarni imkon qadar olib kirishga qaratilgan sa‘y-harakatlarining mohiyatini anglaganday bоʻlaman... Ustoz Yormat Tojiyev boshlariga оʻsha vaqtlarda urf bоʻlgan bejirim bandli, kоʻp hollarda ziyolilar kiyadigan shapkada yurar edilar. Yоʻlaklarda duch kelganimizda salomimizga javoban otalarcha yelkalarimizga qoqib qоʻyar edilar. Talabalarga ―ona qizim, deb murojaat qilishlari kоʻplar uchun rag‗bat vazifasini bajargan. Ustoz bizga darsga kirganlar. Morfologiya, morfemika, affiks va uning turlari haqida sidqidildan bilim berganlar. Affiksal pelonazm, umuman, pleonazm hodisasining mohiyati haqida ilk bor ustozdan eshitganman. Yarim→yarmi; singil→singli+si; kichik+kina=kichikkina→kichkina kabi misollar orqali bir xil grammatik vazifadagi qоʻshimchalarning ketma-ket kelishi va buning sabablarini tushuntirganlar. Pleonazmning leksemalarda ham kuzatilishini aytib, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan misollar keltirar edilar. ―Bosh-oyoq sarpo deymiz‖. Vaholanki, sarpo ―bosh-oyoq‖ degan ma‘noni bildiradi. Nimaga ekan? Axbor – arabcha ―xabar‖ sоʻzining kоʻpligi, unga fors-tojikcha – ot kоʻplik qоʻshimchasini qоʻshamiz. Bu ham yetmagandek, -lar qоʻshimchasini ham biriktiramiz. Nimaga ekan? deb mustaqil fikrlashga turtki berar edilar. ―Yangicha yondashuv, mustaqil fikrga e‘tibor, kreativlik endigina amalga oshirilmoqda‖ deguvchilarga ―mahoratli ustozlar biz hozirda yangilik sifatida qabul qilayotgan yondashuvlar, usul va metodlarni оʻz tajribalarida bundan ancha yillar ilgari namoyish qila olganlar‖ deyman. Malakaviy amaliyot davrida Farg‗ona vodiysida bоʻlganmiz. Bir hududdan ikkinchi hududga avtobusda borishga tоʻg‗ri kelgan paytlarda ustoz Yormat Tojiyev yоʻl davomida оʻz hayotiy tajribalari bilan оʻrtoqlashib ketar edilar. Shunday kezlarda ustozdan sholichilik sirlari, ma- 12 shaqqatli mehnat, sholining suvsevarligi-yu, dehqonlarning suv kechib parvarish qilishlari haqida eshitganman. Ustoz nafaqat ilm va ta‘lim sohasida, balki jismoniy mehnat, dehqonchilik borasida ham malakaga egadirlar. Ustozdan kоʻp yaxshilik kоʻrganman. Nomzodlik dissertatsiyamni himoya qilish jarayonida yetakchi tashkilot sifatida Andijon davlat universiteti belgilangan. ―Shuncha uzoq yоʻlga borib ovora bоʻlasanmi (yaqin olgan talabalari, shogirdlarini sensirab gapirar edilar), men shu tomonlarga boraman, ishingni olib borib berishim mumkin‖ deganlar. Professor, fan doktorining endi himoyaga chiqayotgan yosh mutaxassisga bоʻlgan bu tarzdagi munosabati har doim ham kuzatilavermaydi. Professor Yormat Tojiyev pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ilmiy ish bilan shug‗ullandilar. Ustozlarining an‘anasini davom ettirib, morfologiya, morfemika, sоʻz yasalishi borasida yuzlab maqolalar yozdilar, оʻquv qоʻllanma, monografiya, risolalar yaratdilar. Taniqli olim, professor Abduhamid Nurmonov ta‘kidlaganlaridek, sоʻz yasalishi Mahmud Koshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk»idan tortib Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‗atayn», Fitratning «Sarf» asarlarigacha bоʻlgan davrlarda e‘tibor qaratib kelingan muammo hisoblanadi. Sоʻz yasalishi alohida hodisa va bоʻlim sifatida ilk bor A. G‗ulomov tadqiqotlari asosida XX asrning 40-yillarida shakllandi. A.G‗ulomov sоʻz yasalishi hodisasining leksikologiya bоʻlimiga kоʻproq daxldor ekanligini bayon qiladi. A.G‗ulom asos solgan sоʻz yasalishi nazariyasini akademik A. Hojiyev yangi chоʻqqiga olib chiqdi. Ma‘lum sоʻz turkumlarining yasalish doirasida qilingan tadqiqotlar оʻzbek tili sоʻz yasalishi haqidagi ta‘limotning rivoji uchun muhim hissa bоʻlib qоʻshildi. Xususan, professor Y.Tojiyev sоʻz yasovchi qоʻshimchalarning polifunksionalligi masalasini, uning affiksal omonimiya bilan munosabatini chuqur tahlil etadi3 . Affikslarning kоʻp ma‘noliligi оʻzbek tili taraqqiyotining оʻziga xos jihatlarini yoritadi. Turkiy tillar, umuman, agglyutinativ tillarda affikslar monofunksional xarakterga ega bоʻlib, polisemiya keyingi taraqqiyot mahsuli sanaladi. Affikslardagi kоʻp ma‘nolilikning izohlanishi grammatik ma‘nolarning shakllanish jarayoni, morfologik shakllardagi semantik bog‗lanishlarni tahlil qilish imkonini beradi. Affikslardagi omonimiya esa bir xil grammatik shakllarning qоʻllanish doirasi, оʻrni, turkumi, sоʻzlarga qоʻshilish imkoniyati bilan farqlanadi. Affikslardagi omonimlik morfemalar genezisidagi yaxlitlanish, murakkab jarayonlarning sodir bоʻlishi bilan izohlanadi. Professor Y.Tojiyevning ―Оʻzbek tilida affiksal sinonimiya‖ (I kitob, T.: Fan, 1981; II kitob, T.:Fan, 1987), Оʻzbek tilida affikslar sinonimiyasi (T.: Universitet, 1991), ―Оʻzbek tilida affiksal sinonimiya (T.:«Universitet», 1991) ilmiy asarlari оʻzbek tilidagi sinonim affikslarning uslubiysemantik xususiyatlari, affiksal morfemalarning sоʻzlarga birika olish imkoniyatlari haqida asosli ma‘lumot beradi. Shu bilan bir qatorda sоʻzni ma‘noli qismlarga ajratish, morfologik qayta bоʻlinish, sinxron va diaxron sоʻz yasalishi masalalariga ham oydinlik kiritadi. Nutq madaniyati оʻzbek tilshunosligi, оʻzbek tili ta‘limi, оʻzbek tilining davlat tili sifatida qоʻllanishida muhim ahamiyat kasb etadigan me‘yoriy talabdir. Ustoz Yormat Tojiyevning hammualliflikda yaratgan ―Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari‖ (T.: Оʻqituvchi, 1992) kitobi oliy ta‘lim, umumta‘lim, оʻrta maxsus kasb-hunar ta‘limida nutq madaniyati asoslarini оʻzlashtirishda asosiy qоʻllanma vazifasini bajarib kelmoqda. Ushbu оʻquv adabiyotida nutq sifatlari, nutq madaniyatini shakllantirish omillari, nutqiy kompetensiyaga erishish yоʻllari aniq, ilmiy asosda kоʻrsatib berilgan. Bu kitob nafaqat оʻquv materiali, balki nutq madaniyati masalalariga oid yaratiladigan darslik, qоʻllanmalar uchun ham zarur manba sifatida ham xizmat qiladi. 3 Нурмонов А. Ўзбек тилшуноcлиги тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. – Б.156. 13 Professor Yormat Tojiyev talabchan, qat‘iyatli, dars jarayoniga mas‘uliyat bilan yondashadigan, hozirgi оʻzbek tili fani asoslarini yosh avlod ongiga turli usullar yordamida muhrlab kelayotgan ustoz pedagog hisoblanadilar. Olimning pedagogik mahoratlari, ustozlik saboqlari, sermashaqqat ilm yоʻlidagi mahsuldor faoliyatlari hamkasblar, shogirdlar uchun ibrat namunasidir. Ustoz siyratidagi qat‘iylik, shijoat, iroda, sabr-toqat, mehribonlik boshqalarga saboq bоʻlguvchi muhim fazilatlardir. ...Ustoz оʻrik ayni gullagan chog‗larni yaxshi kоʻradilar. Shu lahzalarni tez-tez qоʻmsaydilar. Hamisha barhayot ustozimiz Omonilla Madayev bilan hamnafas va hamsafar ekanliklaridan anglaymiz buni. Gоʻzallikni sevadilar va qadrlaydilar. Bunday insonlarning qalbi ham gоʻzal bоʻladi. Ustozning yana bir fazilatlari bor... Yaxshisi, bu xislatlari haqida 90 yillik yubileylarida yozaman...
Оʻzbek tili turkiy tillar orasida sоʻzlashuvchilar nufuzi hamda bu tilda yaratilgan yozma yodgorliklari miqdori kоʻpligi bilan ajralib turadi. Qolaversa, qadimgi va eski оʻzbek tilidagi yozma yodgorliklarning geografiyasi ham keng. Shuningdek, оʻzbek xalqi qadimdan yashab kelayotgan Turonzamindan topilgan turkiy yozuvi yodgorliklari ham millatimizning ma‘naviyati va tarixdagi mavqeyi yuksakligini yana bir bor dalillaydi. Qolaversa, eski оʻzbek tilidagi ayrim yozma manbalarning turli Yevropa tillariga tarjima qilinishi natijasida turli mamlakatlarda оʻzbek tili, xususan, eski оʻzbek tili haqidagi tasavvurlar anchagina teranlashdi, kengaydi. Darvoqe, tilimizning ravnaqi va tashqarida e‘tirof etilishi uchun eski оʻzbek tilidagi asarlarning Yevropa tillariga qilingan tarjimalari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, XVIII asrning boshlarida Abulg‗ozi Bahodirxonning ―Shajarayi turk‖ asari rus tiliga va rus tili orqali hamda asliyatdan lotin, fransuz, nemis va boshqa bir qator tillarga tarjima qilinishi natijasida yevropaliklar eski оʻzbek tilidagi manbalardan, оʻzbek tilining boyligidan xabardor bоʻldilar. Qolaversa, Abulg‗ozi bu asarini turkiy tilning butun boyligini kоʻz-kоʻz qilish uchun alohida muhabbat bilan yozgani ma‘lum. Bu singari asarlar eski оʻzbek tilining soddaligi, nafisligini yaqqol ifodalab turgani uchun ham xorij olimlarining e‘tiborini tortgan. Оʻzbek tilining turli janrga mansub asarlarida shunday sоʻzlar va iboralar borki, ularni eski lug‗atlarga qiyoslash katta samara beradi. Bunday qiyoslash tilimizning ildizi chuqurligi bilan geografik hududi ham kengligini dalillash uchun xizmat qiladi. Bir misol keltiramiz. Оʻzbek folklori asarlarida ―eng solmoq‖ iborasi bor. Bu ibora – ishga kirishmoq, tirishib harakat qilmoq ma‘nosini ifodalaydi. Shu ibora XIII-XIV asrlarda Misr mamluklar davlatida yashab ijod qilgan Abu Hayyonning ―Attuhfatuz zakiyatu fillug‗atit turkiya‖ (Turkiy til (qipchoq tili) haqida noyob tuhfa) nomli asarda keltirilgan. Yoki hozirgi оʻzbek tilida qоʻllanuvchi kоʻrsatti, kоʻrguzdi, kоʻrgazdi kabi bir sоʻzning turli variantlari ham aynan оʻsha lug‗atdan joy olib eski оʻzbek tilidagi sоʻzlarning yozma shakllari qatorida og‗zaki shakllari ham adabiy tilni boyitish uchun asos bоʻldi. Agar оʻsha davrlardagi Misr mamluklar davlatining etnik tarkibi qipchoq qavmidan iboratligini va mоʻg‗ullar istilosi davrida Оʻrta Osiyodan kоʻplab qipchoqlar Misrdan panoh topganini e‘tiborga olsak, yuqoridagidek iboralar va sоʻzlarning tarixi hamda bir оʻlkadan ikkinchisiga kоʻchgani birmuncha oydinlashadi, ya‘ni eski оʻzbek tilining qipchoqcha sоʻz va iboralari Оʻrta Osiyo qipchoq qavmlari bilan birga Misr mamluklar davlatiga kirib borgan. Sоʻz mamluklar hukmronligi davridagi eski оʻzbek tilining ma‘naviy boyligi bоʻlgan lug‗atlar haqida ketar ekan, keyingi davr turkologlarining lug‗atlarida ―Attuhfa‖ lug‗atidagi singari оʻzbek tiliga mansub sоʻzlar va iboralar uchraydimi degan savol tug‗ilishi mumkin. Biz оʻrta asrlardagi ―Badoyi al-lug‗at‖, ―Abushqa‖, ―Sanglox‖ kabi lug‗atlarni nazarda tutmayapmiz Bu lug‗atlar chig‗atoy tilidagi leksik qatlamni qamrab olgani ilm ahliga ma‘lum bоʻlgani uchun ular haqida tоʻxtalishni lozim topmadik. Qolaversa, bu lug‗atlar haqida оʻzbek olimlari Botirbek Hasanov, Ergash Umarovlar jiddiy tadqiqotlar olib borganlar. Bizni kоʻproq jahonshumul turkolog V.V.Radlovning 8 jilddan iborat ―Turkiy shevalar lug‗atini tuzish tajribasidan‖ (Opыt slovarya tyurkskix narechiy) qiziqtirgani uchun shu lug‗atga e‘tibor qaratamiz. Bu lug‗atga V.V.Radlov yarim asr umrini sarflagan. Yana u kamtarlik bilan ―lug‗at tuzish tajribasidan‖ deb 22 aytgan edi. Lug‗at qadimgi turkiy til hamda V.V.Radlov yashagan va ilmiy faoliyat olib borgan XIX asrdagi jonli turkiy tillarni va leksik qatlamni qamrab olgan. Aksariyat turkiy tillarga – oltoy, turk, yoqut, qirg‗iz va qator turkiy dialektlardagi sоʻzlar mazkur lug‗atga kiritilgan va dialektal sоʻzlarni ana shu lug‗atdan topish mumkin . Shuningdek, qadimgi turkiycha sоʻzlarning orxun alifbosida, eski uyg‗ur-turk yozuvida, manchjurcha sоʻzlarning manchjur yozuvida berilgani V.Radlovning katta maqsadlarining debochasi edi. U turkiy tillarning kelib chiqishida oltoy nazariyasini оʻzi tоʻplagan sоʻzlar asosida dalillash edi. Oltoy nazariyasiga kоʻra, turkiy tillar miloddan avvalgi V asrgacha yagona oltoy tilida mujassamlashgan. «Radlov bu lug‗atini turkiy tillarni qiyosiy оʻrganish bоʻyicha katta tadqiqotining debochasi sifatida boshladi. Muallifning niyati bоʻyicha tadqiqot lug‗at matni va qiyosiy grammatikadan iborat bоʻlishi kerak edi. U lug‗at matnini tuzdi, ammo qiyosiy grammatikani yozishga ulgurmadi. Bugungi kunda garchi rus turkologiyasida Radlovning g‗oyalari amalga oshirilayotgan bоʻlsa-da, Оʻzbekistonda bu sohadagi ishlar yоʻq, hisobi. Sоʻzimiz avvalida aytilganidek, turkiy tillar orasida оʻzbek tili yozma yodgorliklarga boy bоʻlib, uzluksiz ravishda turkiy tillarning hamma bosqichlarini bosib оʻtgan. Shu bois Radlov boshlagan turkiy tillar lug‗atini mukammallashtirish va qiyosiy grammatikasini yaratish uchun materiallar yetarli. Qolaversa, eski оʻzbek tiliga, xususan chig‗atoy tiliga mansub sоʻzlarni Radlov lug‗ati sоʻzlari orasidan ajratib olib alohida qiyosiy lug‗at tuzish ham bugungi kunda оʻz ahamiyatini yоʻqotmagan. Radlov lug‗atining eski va jonli оʻzbek tiliga munosabati haqida tasavvur hosil qilish uchun ayrim kuzatishlarimizni оʻrtaga tashlaymiz. Lug‗atda asosan turkiy sоʻzlar berilgan. Masalan, birinchi jilddagi ilk sоʻz оʻ(v) bоʻlib, qaysi turkiy tillarda bu sоʻzning qоʻllanishiga ham havolalar berilgan. “Qissai Sayfulmuluk” dan bir misol ham berilgan: Saypul Muluk o(v)g‗a chiqqandin kin... V.Radlovning bu lug‗ati chop etilganiga bir yuz оʻttiz yil bоʻldi. U ellik yil davomida lug‗at ustida ish olib borganini ham inobatga olsak, yaqin bir yuz sakson yildan oldingi turkiy tillar va dialektlarning holatini оʻzida ifoda etadi. Radlovning mazkur lug‗ati turkiy tillarning tom ma‘- nodagi qiyosiy lug‗ati bоʻlishi uchun kelgusida оʻzbek tilidagi tub turkiycha sоʻzlar va chig‗atoycha sоʻzlar asosida qiyosiy lug‗at tuzilsa, оʻylaymizki, оʻzbek tilining lug‗at tarkibi boyiydi. Оʻzbek tilidagi umumturkiy sоʻzlar ham qiyosiy lug‗atlarda оʻz ifodasini topadi. Radlovning bu lug‗atiga material sifatida Sibirdagi va Оʻrta Osiyodagi turkiy xalqlarning tili va dialektlari xizmat qilgan. Shu boisdan eski оʻzbek tilidan boshlab shu kungacha davom etib kelayotgan ayrim arabiy va forsiy sоʻzlar ham lug‗atda bor.Bu sоʻzlar turk tilidan lug‗atga kiritilgan. Оʻsha arabiy va forsiy sоʻzlarni asli chig‗atoychada kоʻp ishlatilgan sоʻzlar sifatida qarash kerak. Masalan, sadoq, soddadil, sadaf kabi sоʻzlarni misol sifatida keltirish mumkin. Chamasi, Radlov turkiy sоʻzlarni lug‗atga kiritishni va tom ma‘nodagi turkiycha lug‗at tuzishni maqsad qilgan. Ammo arab va fors sоʻzlarining lug‗atdan joy olganidan tasavvur qilish mumkinki, chig‗atoy tilining mavqeyi, ya‘ni eski оʻzbek tilining mavqeyi Оʻrta Osiyo turkiy tillari orasida baland bоʻlgan. Zotan, chig‗atoy tili nafaqat Оʻrta Osiyoda faoliyat kоʻrsatgan, balki Oltin Оʻrda adabiy tili, mamluklar davlatidagi adabiy til tom ma‘noda chig‗atoy tilidan iborat bоʻlgan. Radlovning mazkur lug‗ati asosida turkiy tillarning qiyosiy lug‗ati amalga oshiriladigan bоʻlsa, tilimizning lug‗at tarkibi boyishini kuzatgan va turkiy tillar orasidagi mavqeyini kоʻrgan bоʻlar edik. Va keng ommaga tushunarsiz bоʻlgan arabiy va forsiy sоʻzlar оʻrnini turkiy sоʻzlar egallashi haqida tavsiyalar ishlab chiqish imkoni bоʻlardi. Lug‗atlar оʻzbek tilining boyligini kоʻrsatib qolmaydi, balki xalqimizning tarixiy va madaniy aloqalarini kоʻrsatadigan dalillardan biri sifatida ham xizmat qiladi. U manchjurcha sоʻzlarni shunchaki kiritmagan, balki turkiy tillarning qiyosiy lug‗atlariga material sifatida foydalanish uchun kiritgan. Оʻtgan asrning оʻrtalarida turkologiya ilmida V.Radlovning mazkur lug‗atiga turlicha munosabatlar bоʻlgan edi. 23 Mazkur lug‗at Rossiya va Turkiyada jahon turkologiyasining katta yutug‗i sifatida baholangan. XX asrning birinchi choragida Radlovning mazkur lug‗atini turk tiliga tarjima qilib chop ettirish uchun Istanbulda komissiya tuzilgan. Ammo rus turkologiyasida оʻzbek tilining katta bilimdoni akademik A.N.Samoylovich, turk olimi Zaki Validiy Tоʻg‗on komissiyaning bu taklifiga qarshi chiqqanlar. Buning оʻrniga оʻsha paytdagi turk va rus turkologlari va boshqa mamlakat turkologlarini jalb qilgan holda, hamkorlikda Radlovning lug‗atidagi kamchiliklarini tuzatish, qayta ishlash yangi yig‗ilgan materiallar bilan tоʻldirish haqida fikrlar bildirilgan. Eng tоʻg‗ri va mantiqli fikr mana shu edi. Maktubning qolgan qismi mazmunidan anglashilishicha, A.Samoylovich tashabbusni qоʻlga olib, V.Bartoldga Radlov lug‗atini qayta nashr etishni Rossiya Fanlar Akademiyasi оʻz zimmasiga olishini ta‘kidlagan. A.N.Samoylovichning tashabbusi mantiqan tоʻg‗ri va xolis edi. Ammo оʻsha rejalar amalga oshmay qoldi. Agar amalga oshganda, shubhasiz, оʻzbek tilidagi turkiy sоʻzlar ham albatta оʻsha lug‗atdan joy olishi aniq edi. V.Radlovning lug‗atida sоʻzlikning turkcha tarjimasi оʻrni-оʻrni bilan berilgan. Agar bu lug‗at Turkiyada tarjima qilinib , оʻsha erda chop etilganda edi, Sobiq Ittifoq hududidagi turkiy tillar, jumladan, оʻzbek tilidagi turkiy sоʻzlar mazkur lug‗atning turkcha tarjimasidan оʻrin ololmasligi mumkin edi. A.Samoylovichni har doim – butun ilmiy faoliyati davomida оʻzbek tilining ravnaqi qiziqtirib kelgan. Shu bilan birga Turkiston оʻlkasidagi tarixiy hujjatlar, оʻzbek adabiyoti tarixiga oid manbalar, masalan, Bobur ―Devon‖i qоʻlyozmasi uning ilmiy faoliyatida asosiy оʻrin egallagan edi. 2. Ona tiliga xiyonatni til egalari kechirmaydi Оʻzbek tilining ilmiy tahliliga xorijda – Sharqda, shuningdek, G‗arbda ham yuqoridagidek azaliy e‘tibor susaymagan. Ayniqsa, A.N.Samoylovich V. V.Bartoldga yozgan xatlaridan birida оʻzining qisqa muddatdagi rejasini quyidagicha bayon qiladi: ―Uchta grammatikani – qrim-tatar, оʻzbek, usmonli-turk tillari grammatikasini yozib tugatganimdan keyin, asosiy e‘tiborni turkiy tillarning qiyosiy grammatikasiga oid ishga qaratmoqchiman. Bu haqda bir paytlar Goto (fransuz tilshunosi – N.R.) menga taklif bergan edi‖. Оʻzbek tilining ravnaqi va xalqaro miqyosdagi shonshuhrati uchun boshqa millatga mansub olimlarning bu qadar jon kuydirishi odamni quvontiradi. Ammo оʻz millatimizga mansub odamning оʻzbek tilining tarixi, bugungi holati tоʻg‗risida almoyi aljoyi sоʻz yuritishi ba‘zan odamni hayron qoldiradi, hatto g‗azablantiradi. Men internetdan olgan bir ma‘lumotni shu оʻrinda keltirib оʻtishni lozim topdim. Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika institutining Markaziy Osiyo va Kavkaz kafedrasi professori, оʻzbek tili muallimi Tair Maxamatov Sputnik muxbiri bilan qilgan suhbatida оʻzbek tili rivojida rus tilining ahamiyati haqida sоʻz yuritib, quyidagilarni bayon qiladi. ―Оʻzbekistonda chop etiladigan gazeta va jurnallarni varaqlasak, оʻzbek tiliga rus tili orqali kirgan kоʻplab lotincha terminlarni uchratamiz. Оʻzbek tili forsiy, eski turkiy, arab va lotin tillarining ijodiy sintezi asosida shakllandi. Masalan, оʻz vaqtida ―samolyot‖ sоʻzidan voz kechib ―tayyora‖ deb aytadigan bоʻldik. Ammo bu be‘manilik ekanini keyin tushunib yetdik va yana ―samolyot‖ sоʻziga qaytdik‖. Mahamatovning qarashicha, Оʻzbekiston Respublikasi bu singari qonunlari bilan (Davlat tili tоʻg‗risidagi qonun nazarda tutilyapti – N.R.) tenglikni, bir xillikni shakllantirishga harakat qilayotganini tamomila tabiiy deb hisoblaydi. Ammo Mahamatovning fikricha, bir necha tillarni qabul qilish eng tоʻg‗ri qaror bоʻlardi. T.Mahamatov gapida davom etadi:"Men Toshkentda bоʻlib turaman, IIV tizimida, Xalq ta‘limi vazirligida va boshqa sohalarda ishlaydigan rus millatiga mansub mutaxassislar bilan uchrashaman. Ular rus tilida sоʻzlaydilar, Оʻzlarining hujjatlarini ham rus tilida yozadilar. Eng tоʻg‗ri variant – davlat tili sifatida uchta tilni: оʻzbek, rus va ingliz tillarini kiritishdir. 24 Оʻzbekistonda tojiklar ham borligini nazarda tutsak – ular aholining kamida 50 foizini tashkil qiladi, jumladan, Buxoro va Samarqand viloyatlarida bunday sharoitda hech bоʻlmaganda, viloyatlar darajasida tojik tilini ham qoldirish kerak. Agar biz qоʻshnilar bilan dоʻst bоʻlib yashashni istasak, bu juda tоʻg‗ri qaror bоʻladi". Maxamatovning bu gaplarini оʻqib, sog‗lom fikrlaydigan, vujudida оʻzbek qoni oqayotgan odam оʻzining ona tili taqdiri tоʻg‗risida bunday fikrlashi, ma‘nisiz-tutruqsiz, kurakda turmaydigan takliflarni berishi biron qolipga sig‗maydi. Uning davlat tili tоʻg‗risidagi qarashlari alahsirashdan boshqa narsa emas. U оʻz maqsadini ―Agar biz qоʻshnilar bilan dоʻst bоʻlib yashashni istasak‖ degan gapida ishora qilayotganday bоʻladi, Samarqand va Buxoroda til muammosi davlat tili darajasida hech qachon kоʻtarilmagan bоʻlsa-da, til bahonasida оʻzbek xalqi bilan qоʻshni xalqlar оʻrtasiga adovat urug‗ini sochishga оʻzining g‗arib fikrlari orqali da‘vat qilayotgani aniq kоʻrinib turibdi. Asrlar davomida hamjihatlikda yashab kelgan xalqlarni bir-biriga dushmanlashtiradigan ikki narsa bor. Birinchisi – bir xalqning ona tiliga bepisandlik bilan qarash yoki tilni haqoratlash, ikkinchisi – bir millatning dinini yerga urib оʻzinikini yuqori kоʻtarish. Mahamatov janoblari garchi оʻzbek tili bоʻyicha professor lavozimida ishlasa ham, nazariy bilimi haminqadar, juda nochor ekani uning оʻzbek tilining tarixiy shakllanishiga oid qarashlarida оʻzini kоʻrsatib turadi, gaplaridan ma‘lum bоʻladi. Lotin tili оʻzbek tilining shakllanishiga aslo ta‘sir etmagani hamma tilshunoslarga ayon. Bizningcha, Toir Mahamatov оʻzbek tiliga boshqa tillardan sоʻz оʻzlashishini nazarda tutgan, chamasi. Ammo sоʻz оʻzlashishi va оʻzbek tilining tarixan shakllanishi tamomila boshqa tushuncha va hodisalardir. Yuqorida men aytib оʻtgan turkolog A.N.Samoylovich оʻzbek millatiga yoki biron turkiy qavmga aslo aloqador emas. Uni оʻzbek tilining boyligi оʻziga jalb qilgan. A.N.Samoylovich 1925-yili V.Bartoldga yozgan yana bir xatida Istambulda amalga oshiradigan ishlari va rejalari haqida sоʻz yuritib, quyidagilarni yozadi: ―Turkologiya institutida kоʻp vaqtimni оʻtkazaman. Bu yerda bоʻlganimda оʻzimni xuddi uydagiday his qilaman. Turkologiya institutining asosiy tarkibi hozircha Kоʻpurilizodadan, qrim-tatar millatiga mansub kutubxonachidan, boshqird millatiga mansub kutubxona yordamchisidan va qorovuldan iborat. ―Qarangki, Kоʻpurilizoda – butun boshli Turkologiya institutining mazmuni. Ilmga ana shunday yondashuv turkologiyaning poydevori bоʻlgan turkiy tillarga doimo hurmat bilan munosabatda bоʻlishni taqozo qiladi. 3. Turkologiya – оʻzbek tili ravnaqi uchun asosiy omil Madaniy-tarixiy aloqalar tillarning boyishi uchun muhim omillardan biridir. Masalan, slavyan tillarida bir qator turkiycha sоʻzlarning borligini bilamiz: kirpich, ayva, yopinchiq, va h. Yoki kelib chiqishi turkiycha bоʻlgan slavyan tilidagi bir qator familiyalar ham turkologiya uchun, jumladan, оʻzbek tilshunosligi uchun yangilik emas. Slavyan tillariga oid yozma yodgorliklarda bu sоʻzlarning mavjudligi bugun yangilik bоʻlmay qoldi. Qolaversa, mashhur rus turkologi N.A.Baskakovning 1974 yili nashr etilgan ―Sharqiy slavyan tillarida turkiycha sоʻzlar‖ (Tyurkizmы v vostochno-tyurkskix yazыkax) nomli kitobi, yana uning 1979-yili chop etilgan ―Turkiychadan kelib chiqqan ruscha familiyalar‖ (Russkie familii tyurkskogo proisxojdeniya) nomli kitoblari bizning bu sohadagi g‗ira-shira tasavvurlarimizni tоʻldiradi. ―Sharqiy slavyan‖ degan nom rus, ukrain va belorus xalqlari va ularning tillariga nisbatan qоʻllanadi. N.A.Baskakov slavyan, jumladan, rus tilidagi turkiycha sоʻzlarning hammasini оʻrganib, bizga taqdim qilgan, degan qarashlardan voz kechish kerak. Slavyan tillaridan joy nomlari, suv obyektlari, qushlar va hayvonot olami nomlarining turkiycha variantlari ham borki, N.A.Baskakovning ishlarini davom ettirib ularni ham оʻrganish, shu tariqa оʻzbek tilshunosligining obyektini kengaytirish zarurati bor. Bu jihatdan XVIII-XIX asrdagi rus sharqshunoslarining ishlari ibratlidir. Ular оʻz tadqiqot rejalariga rus tilidagi turkiy sоʻzlarni va оʻz navbatida turkiy tillardagi ruscha sоʻzlarni 25 оʻrganishni zarurat sifatida kiritganlar. Jumladan, XVIII asrda faoliyat yuritgan V.N.Tatishchev, V.Tuzovning ishlari bu jihatdan diqqatga sazovor. Masalan, V.N.Tatishchev ―Leksikon‖ (1793) nomli kitobda оʻsha davr ilmiy tahlil darajasida kelib chiqishi turkiycha bоʻlgan anchagina sоʻzlarning talqinini keltirgan. Umuman, bu davrdagi turkiy tillarni, xususan, оʻzbek tilini Rossiyada оʻrganishga rag‗bat kuchli bоʻlgan. Shunday bоʻlgani holda, XX asrda A.N.Kononov, S.N.Ivanov, A.M.Shcherbak kabi olimlarning zamonaviy оʻzbek tili, оʻzbek tili tarixiga oid qоʻllanma, darslik va monografiyalari bizning tilimizni Rossiyada оʻrganishga katta hissa bоʻlib qоʻshilganini alohida qayd etishni istar edik. Bugungi kunda yuqorida nomlari keltirilgan turkologlar qatorida Rossiyada оʻzbek tiliga muhabbat bormi degan savol tug‗iladi. Qadimgi slavyan yozma yodgorliklari ma‘lum bir davrda turkiy tillarning ravnaqini kоʻrsatishga asosiy dalillardan biridir. Оʻtgan asrning 60-70-yillarida qozoq shoiri va olimi O‗ljas Sulaymonov slavyan xalqlariga mansub ―Igor jangnomasi‖ni tadqiq etib, bu noyob yodgorlik asli Dashti Qipchoq xalqining (Shayboniyxon Dashti Qipchoqda оʻzbek davlatiga asos solgan Abulxayrixonning nabirasi edi) badiiy tafakkuri mahsuli ekanini, bu epik yodgorlikni turkiy tildan slavyan tiliga ag‗dargan tarjimonning qadimgi turkiy tilni – eski оʻzbek tilini bilish darajasi va tarjima jarayonida kоʻp xatolarga yоʻl qоʻyganini chuqur tahlil qilgan edi. Shu оʻrinda ―Igor jangnomasi‖ yaratilgan оʻlka Dashti Qipchoq ekanini va Oltin Оʻrda davlati Dashti Qipchoq zaminida paydo bоʻlganini aytib оʻtishimiz kerak. Mirzo Ulug‗bek ―Tоʻrt ulus tarixi‖ asarida Оʻzbekxonning оʻg‗li Jonibek xon hukmronligi tоʻg‗risida sоʻz yuritar ekan, uning xudojоʻy odam, insonlardagi fazilatlarni qadrlaydigan hukmdor ekanini aytadi. Oltin Оʻrdani Dashti Qipchoq nomi bilan ataydi. Оʻzbekxonning hukmronligi yillarida “оʻzbekiyon” degan termin tarixiy asarlarda ilk bor uchraydi. XIV asrda yashagan fors tarixchisi va geografi Hamdulloh Qazviniy Ozarbayjonga yurish qilgan Оʻzbek xonning askarlarini ―оʻzbekiyon” deb ataydi. Bu voqea 1355-56 yillarda bоʻlgan edi. Qazviniy Oltin Оʻrdani ―mamlakati Оʻzbek‖ degan nom bilan yuritgan. ―Оʻzbekiyon‖ degan nom jamiki Oltin Оʻrda aholisining umumiy nomiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham Abulg‗ozi Bahodirxon ―mamlakati Оʻzbek‖ nomini Oltin Оʻrdaning hamma hududiga nisbatan ishlatgan edi
|
| |