|
Innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/2 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #113454 |
Bog'liq milliy unver
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI KAFEDRASI
GEOGRAFIYA MUTAXASSISTLIGI 2-BOSQICH MAGISTRANTI
ERGASHEV MUHRIDDINNING TAYYORLAGAN
Taqdimot loyiha
Ijtimoiy geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya— turli mamlakat va rayonlarda ichida kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari ishlab chiqarish va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va strukturasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat.
Rayonlashtirish haqida tushuncha.
Rayonlashtirish – bu, geografik tadqiqotlarning muhim ilmiy-amaliy natijasi va shu bilan birga, o‘ziga xos tadqiqot usullaridan biridir. Uning yordamida o‘rganilayotgan voqea-hodisalar o‘zining turi, hududiy ko‘lami va mos belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Amaliyotda rayonlashtirishning majmuali, tarmoq, komponentli shakllari ko‘proq amalga oshiriladi. Agarda, sotsial rayonlashtirish haqida so‘z borganda, mazkur masala mohiyatan ko‘proq qishloqqa xosligini e’tiborga olgan xolda, o‘tgan asrning 60-yillarida sobiq Ittifolqning qishloq joylarini birinchi marta rayonlashtirishga bag‘ishlangan taniqli olim S.A.Kovalevning “qishloq aholi joylashuvini sxematik rayonlashtirish” bo‘yicha tadqiqotlarini aytish joiz.
O‘tgan asrning ohirlariga kelib, sobiq Ittifokdosh respublikalarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonnning ijtimoiy hayotida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ayniqsa iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi hamda aholi rivojlanishining ijtimoiy jihatlariga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning keyingi rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Bularni eng avvalo, aholining ijtimoiy muammolariga, turli hudud yoki mintaqalar rivojlanishidagi ijtimoiy tengsizlik hamda nomutanosibliklarni kompleks ilmiy tadqiq qilishga bo‘lgan e’tiborning ortib borishida ham ko‘rish mumkin.
|
| |