• 1-MAVZU AKADEMIK YOZUV VA AXBOROT. AXBOROTNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI Akademik yozuv
  • Akademik yozuv va axborot. Axborotning turlari va xususiyatlari




    Download 1,77 Mb.
    bet1/7
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #159638
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kkzLv4BsxdCMGbwbKqZJ5IfeVPGPga75u8jPRC73



    ACWR12MBK


    AKADEMIK
    YOZUV


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    1-MAVZU

    AKADEMIK YOZUV VA AXBOROT. AXBOROTNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI




    Akademik yozuv – bu qisqa va ishonchli ilmiy matn yordamida o‘z fikrini bayon qilish hamda asoslay olish qobiliyati. Bu oliy ta’limda muvoffaqiyatli bilim berishning hamda keyingi ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek xalqaro miqyosda ham muhim aspektlaridan biri hisoblanadi. Akademik yozuv yordamida oxirgi o‘n yilliklar ichida turli mamlakatlar orasida ilmiy va ta’limiy kommunikatsiya amalga oshirilib kelinmoqda. Uning tamoyillariga butun dunyodagi eng kompetentli ilmiy nashrlar redaktorlari amal qiladilar, shuning uchun hamma istalgan fan bo‘yicha ma’lum bir yutuqlarga erishmoqchi bo‘lsa, bularni egallashi lozim.
    Akademik yozuv – bu ilmiy ishlarni bayon qilish uslubi. U ilmiy ishlarda firlarni qisqa va tushunarli shaklda bayon qilish qobiliyatini aks ettiradi. Bu uslubda quyidagilarni farqlash mumkin:

    • matnning tuzilishi va uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarning mavjudligi;

    • ilmiy va publitsistik bayon qilish uslubini qo‘llash;

    • dalillar keltirish va jumlalarni o‘zgartirib ifodalash;

    • havolalarni to‘hri joylash va adabiyotlar ro‘yxatini to‘hri shakllantirish qobiliyati.

    Akademik yozuv uchun shaxsiy fikrni bildirish emas, balki keltirilgan muammoga e’tiborni qaratish xarakterli (o‘ziga xos). Birinchi shaxs o‘rniga uchinchi shaxsni qo‘llash, og‘zaki nutqni, qisqartmalarni, iboralarni qo‘llamaslik afzalroqdir. Boshqa uslublardan farqli o‘laroq, materialni yaxshi o‘zlashtirish maqsadida bir so‘zni bir necha bor qaytarish mumkin, sinonimlarni kamroq ishlatish kerak.
    Bayon qilishning akademik uslubi oliy ta’lim muassasalarida davlatlar o‘rtasida ta’limiy va ilmiy aloqalarni olib borishda qo‘llaniladi. Uning yordamida talabalar, aspirantlar va malakali olimlar doklad, kurs ishi yozadilar hamda o‘zga davlatlarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradilar.
    Xalqaro ilmiy jurnallar redaktorlari bu uslub tamoyillariga tayanadilar, shuning uchun ilm dunyosida muvoffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan hamda chet ellarda ilmiy ishlarini chop etmoqchi bo‘lgan harbir olim bu uslubni egallashi lozim .
    Chet eldagi davlatlarda tadqiqotchilar uzoq yillardan beri akademik yozuvdan foydalanadilar. Bundan tashqari, ingliz tilida so‘zlashuvchi olimlar uning rivojiga hissa qo‘shib kelmoqdalar. Bizning mamlakatimizda akademik uslub bo‘yicha bilimlar keng tarqalmagan, vaholanki bu muammoning yechimi bilan bir qator olimlar – filologlar, lingvistlar, sotsiopsixologlar, axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar shug‘ullanadilar.

    Download 1,77 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akademik yozuv va axborot. Axborotning turlari va xususiyatlari

    Download 1,77 Mb.