Axborotni ma’lum bir model asosida uzatish lozim




Download 1,77 Mb.
bet5/7
Sana20.02.2024
Hajmi1,77 Mb.
#159638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kkzLv4BsxdCMGbwbKqZJ5IfeVPGPga75u8jPRC73

Axborotni ma’lum bir model asosida uzatish lozim:
1. Berilgan axborotning maqsadi.
2. Kimga mo‘ljallangan
3. Axborotning hajmi
4. Axborotning mazmuni(og‘zaki, yozma)

Axborot mazmun va tasavvur qilish shakliga ega.


Axborotda eng asosiysi – bu uning ma’nosi, mazmuni. Axborotning mazmuni qanday maqsadlar uchun va qanday yo‘l bilan axborot qo‘llanilishini aniqlab beradi. Axborot olgan kishi mazmuniga qarab yangiligi, mazmundorligi, qisqaligi, tushunarliligi, o‘zgaruvchanligi kabi axborot xususiyatlariga baho beradi. Axborotning har bir xususiyatini baholash mumkin. Agar axborotning o‘zgaruvchanlik xususiyati haqida gapiradigan bo‘lsak, axborot turg‘un (doimiy, o‘zgarmas) va dinamik (o‘zgaruvchan) bo‘lishi mumkin.
Axborot bir necha xususiyatlarga ega.
Agar axborot ishning haqqoniy holatini aks etsa, u ishonchli hisoblanadi. Ishonchsiz axborot esa noto‘g‘ri xulosa chiqarishga olib keladi. Masalan, Internet tarmog‘ida biron-bir mahsulotga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida noto‘g‘ri xabar berilsa, unga ishonib xaridor ushbu mahsulotni xarid qilib behuda pul sarflashi mumkin.
Agar axborot kimningdir fikri yoki mulohazasiga bog‘liq bo‘lmasa, bu axborot obyektiv hisoblanadi. Obyektiv axborotni, masalan, to‘g‘ri ishlaydigan o‘lchov asboblaridan olish mumkin. «Avtomobil katta tezlikda harakatlanayotgan edi» kabi xabar sub’ektiv axborot ega. «Avtomobil 100 km/s tezlik bilan harakatlanayotgan edi» kabi xabar to‘g‘ri ishlaydigan spidometrda o‘lchansa, ob’ektiv axborot bo‘ladi.
Agar axborot xulosa qilishga yetarli bo‘lsa, u to‘liq bo‘ladi. To‘liq bo‘lmagan axborot xato xulosa va harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, «Ko‘chada temperatura 10 daraja» kabi xabarda issiq yoki sovuqligi aytilmasa, inson ustki kiyimni noto‘g‘ri tanlashiga olib keladi.
Agar axborot hozirgi paytda zarur bo‘lsa, u dolzarb bo‘ladi. Masalan, do‘stlar kelishi haqidagi telegramma o‘z vaqtida ularni kutib olish imkonini beradi. Eskirgan, bevaqt yoki ahamiyatsiz axborot inson uchun dolzarb bo‘lmaydi.
Inson tushunarli bo‘lgan bo‘lgan tilda bayon etilsa, axborot tushunarli bo‘ladi. Masalan, ispan tilini bilmagan insonga ispan tilida xat yozilsa, bu tushunarsiz bo‘ladi.
Olish imkoniyati bo‘lganda axborot ochiq bo‘ladi. Turli to‘siqlar axborotni yopiqqa aylantirishi mumkin. Masalan, arxivdagi maxfiy hujjatlarni bu arxivga kirish huquqi bo‘lmagan kishilar ololmaydi. Shu sababli bu kishilar uchun arxivdagi hujjatlar yopiq hisoblanadi.
Har bir inson o‘zi uchun olingan axborot foydali va muhim ekanligi haqida hukm chiqaradi. Axborotning asosiy xususiyatlarini bilish insonga olingan axborotni to‘g‘ri baholash hamda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Inson doimiy ravish atrof muhitdan axborot oladi, uning xususiyatlarini tahlil qiladi, muhim qonuniyatlarni aniqlaydi va buning ortidan dunyoni bilib oladi. Axborotni tushunish, uni tahlil qilish va amaliyotda qo‘llash orqali insonda bilimlar shakllanadi. Bir axborot turli insonlarda turlicha bilimlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shakllangan bilimlarni inson o‘z faoliyatida qo‘llaydi. Ayni damda inson faoliyati uning atrof muhit haqidagi bilimlarining ko‘payib borishiga yordam beradi.

Download 1,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotni ma’lum bir model asosida uzatish lozim

Download 1,77 Mb.