|
Axborot bilan inson tug‘ilishi bilanoq to‘qnashadi
|
bet | 6/7 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #159638 |
Bog'liq kkzLv4BsxdCMGbwbKqZJ5IfeVPGPga75u8jPRC73Axborot bilan inson tug‘ilishi bilanoq to‘qnashadi.
Axborot insonga quyidagilar uchun kerak:
Yechim qabul qilish uchun (pbiron-bir ishni qilishdan avval inson nimani va qanday qilishini aniqlab olishi kerak);
Rivojlanish uchun (axborotni qabul qilib va u bilan ishlab inson xotira va aqlni rivojlantiradi);
Ehtiyojlarini qondirish uchun (insonga qiziqarli kitob, chiroyli musiqa, rasm, sportchilarning hayajonli janglari kerak).
Inson miyasi doim ishlaydi – kunduzi hissiyot organlaridan olgan signallarni qabul qiladi va qayta ishlaydi, kechqurun esa miya faoliyati natijasida tushlar paydo bo‘ladi. Inson uchun eng xavflisi – bu axborot bo‘lmasligi.
|
Axborot nafaqat inson hayotida, balki butun insoniyat jamiyati hayotida muhim o‘ringa ega. Jamiyat mavjudligining asosi axborot almashinishdan iborat.
Axborot almashinish tufayli jamiyat alohida jamiyat a’zolarini birlashtira oladi. Agar insoniyat jamiyatini nazarda tutsak, ijtimoiy jamoa tuzumidagi odamlarning bargalikda ovga chiqishlari bir-birlari bilan axborot almashinishlari orqali amalga oshgan. Axborotning birlashtiruvchilik roli hozirgi kunda ham o‘zgargani yo‘q – insonlarning katta jamoasini maqsad sari yo‘naltirishning boshqa usuli yo‘q (axborot almashishdan tashqari).
Axborot jamiyat hayotida boshqarish uchun qo‘llaniladi. Jamiyat hayotining turli tomonlarini boshqarish uchun bir necha axborot vositalari (qurilmalari) yaratilgan. Oddiy misol – yo‘l svetofori – harakat qatnashchilariga avtomatik tarzda ma’lum bir rangdagi signallarni yuborib yo‘l harakatini boshqaradi.
Insoniyat jamiyatiga xos xususiyatlardan biri – avloddan avlodga axborotlarni uzatish va to‘plashdan iborat. Zamonaviy ilm-fandan olingan ma’lumotlarga qaraganda, jamiyat darajasi jamiyatda to‘plangan va qo‘llaniladigan axborot miqdori bilan aniqlanadi. Shunday qilib, axborot jamiyatni tashkil qiladi, boshqaradi va rivojlantiradi. Ta’kidlash joizki, axborot tabiatdagi barcha tirik organizmlar hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Axborot insoniyat jamiyatida axborot resurslari shaklida mavjud.
|
| |