• 3-bob. Reyestrga yozuvlar kiritish
  • 4-bob. Reyestrdan axborot taqdim etish
  • 2-bob. Reyestrni yuritish va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar




    Download 64,21 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi64,21 Kb.
    #248878
    Bog'liq
    reestr


    2-bob. Reyestrni yuritish va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
    5. Reyestrda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
    yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami;
    davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, oy, yil;
    yuridik shaxslarning davlat tilidagi to‘liq, qisqartirilgan (mavjud bo‘lganda) nomi;
    tashkiliy-huquqiy shakli;
    soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
    faoliyat muddati (yuridik shaxs belgilangan muddatga tuzilganda);
    yuridik shaxslarning qayta tashkil etish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar (u amalga oshirilganda);
    tugatish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar (u amalga oshirilganda);
    uni amalga oshirish usuli ko‘rsatilgan holda faoliyat tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    ta’sis hujjatlari;
    ta’sis hujjatlari tasdiqlangan (tuzilgan) sana;
    ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana.
    Reyestrda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlar bo‘lishi mumkin.
    6. Reyestr Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) vositasida elektron ko‘rinishda, markazlashtirilgan tartibda yuritiladi.
    3-bob. Reyestrga yozuvlar kiritish
    7. Reyestrga yozuvlar davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar asosida, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Reyestrda nazarda tutilgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar taqdim etilganda kiritiladi.
    8. Quyidagi holatlarda ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda:
    Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar yuridik shaxslarda mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari bilan farq qilsa, Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi (bundan davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan nizomlari mustasno);
    Reyestr ma’lumotlar bazasidagi tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan farq qilsa tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
    Reyestrning, 2022-yil 1-iyulga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reyestrlaridagi yuridik shaxslarga nisbatan ma’lumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
    Ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning nisbatan yuqori kuchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish tartibida nomutanosiblik bartaraf etilgunga qadar saqlanib qoladi.
    9. Quyidagilar Reyestrga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi:
    belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, yuridik shaxslarni Reyestrdan chiqarish;
    davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni yoki tugatishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi;
    qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
    10. Ushbu Nizom 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yozuv kiritilishi uchun asoslar yuzaga kelganda Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida Reyestrga tegishli yozuv kiritadi.
    4-bob. Reyestrdan axborot taqdim etish
    11. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlar ochiq bo‘lib, istalgan manfaatdor shaxs uchun erkin foydalanish imkoni mavjud, qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar bundan mustasno.
    12. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyati tegishli axborotni YIDXPga joylashtirib borish yo‘li bilan, shuningdek so‘ralayotgan hujjat ko‘chirmasini, so‘ralayotgan hujjat mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va (yoki) Reyestrdagi hujjatni berish yo‘li bilan, bunda Reyestrga kiritib borilayotgan tegishli ma’lumot va hujjatlar kiritilishi bilanoq har kun yangilab borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    13. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.
    14. Jismoniy shaxslar, davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari yoxud boshqa tashkilotlarning (ushbu Nizomning 13-bandida keltirilgan davlat organlari va tashkilotlaridan tashqari) yozma so‘rovnomasi bo‘yicha Reyestrdan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq elektron shakl bo‘yicha aniq yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot ko‘chirmalar ko‘rinishida so‘ralgan hujjat, yuridik shaxslarning ro‘yxati yoki so‘ralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda) taqdim etiladi.
    Ma’lumotnoma davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlariga bepul, jismoniy shaxslar va boshqa tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdoridagi yig‘im evaziga beriladi.
    Yig‘imlar summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
    15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli so‘rovnoma olingan paytdan boshlab bir ish kuni muddatda taqdim etiladi.
    Download 64,21 Kb.




    Download 64,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-bob. Reyestrni yuritish va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar

    Download 64,21 Kb.