• Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan aholi ijtimoiy rivojlanishi bilan bog‘liq mavjud hududiy tafovutlar, o‘z navbatida ilmiy asoslangan ijtimoiy (sotsial) rayonlashtirishni taqazo etadi.
  • Sotsial geografik tadqiqotlari bo‘yicha taniqli mutaxassis R. Gachechiladze ijtimoiy rayonlarni ajratish mezonlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratadi
  • Aholinnig turmush darajasini o‘zida mujassamlagan va uning moddiy farovonligi, madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirilishi imkoniyatlari ijtimoiy rayonlarni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
  • E’tiboringiz uhun rahmat
  • Ijtimoiy rayonlashtirishning ba’zi bir nazariy masalalari




    Download 1,51 Mb.
    bet2/2
    Sana07.12.2023
    Hajmi1,51 Mb.
    #113454
    1   2
    Bog'liq
    milliy unver

    Ijtimoiy rayonlashtirishning ba’zi bir nazariy masalalari.
    Hozirgi davrda davlat ijtimoiy siyosatini bevosita inson manfaatlariga kuchli yo‘naltirilganligi ijtimoiy-geografik tadqiqotlarning ahamiyatini ortishiga va ijtimoiy geografiyaning tezlik bilan shakllanib borishiga poydevor yaratadi.
    Ammo, shularga qaramay, ayni paytda bevosita aholining kundalik turmush sharoitlari bilan bog‘langan sotsial sohalarni ahvoli va umuman aholi ijtimoiy faravonligi holatining geografik (mintaqaviy) manzarasi va ularni rayonlashtirish haqida bir nima deyish qiyin.
    Binobarin, aholiga tibbiy, madaniy, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi, aholining salomatlik holati, jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlikning ahvoli, aholining uy-joy sharoitlari, uzoq muddat foydalanadigan predmetlar bilan ta’minlanishi, daromad va xarajatlari darajasi va boshqalarning hududiy masalalarini aks ettiruvchi tadqiqotlar o‘ta dolzarb.
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan aholi ijtimoiy rivojlanishi bilan bog‘liq mavjud hududiy tafovutlar, o‘z navbatida ilmiy asoslangan ijtimoiy (sotsial) rayonlashtirishni taqazo etadi.
    Bu borada olimlar tomonidan ko‘plab izlanishlar olib borilganligiga qaramay, ijtimoiy rayonlashtirishning ilmiy-nazariy jihatlari to‘la o‘z echimini topgan deb bo‘lmaydi.
    Sotsial geografik tadqiqotlari bo‘yicha taniqli mutaxassis R. Gachechiladze ijtimoiy rayonlarni ajratish mezonlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratadi:
    aholining etnik-madaniy tafovutlari;
    mehnat xarakteri
    ijtimoiy-sinfiy tarkibi;
    turmush darajasi
    chegara xususiyatlari;
    shahar va qishloq aholisi turmush tarzidagi tafovutlar.
    Ijtimoiy rayonlashtirishda aholining etnik-madaniy mezoni eng avvalo uning tili va qaysi dinga mansubligi bilan belgilanadi. Muayyan hudud va chegaralar miqyosida tarkib topgan aholining etnik madaniyati, ya’ni tili va dini ijtimoiy rayonlarni ajratishning mezonlaridan biridir. SHuningdek, aholining mehnat sharoitlari, bandlik va uni tarmoqlar tarkibi, ijtimoiy-sinfiy tarkibi (ishchilar, dehqonlar, ziyolilar) va uning yangi o‘zgarishlari (tadbirkorlar) ijtimoiy rayonlashtirishning mazmuniga katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Aholinnig turmush darajasini o‘zida mujassamlagan va uning moddiy farovonligi, madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirilishi imkoniyatlari ijtimoiy rayonlarni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
    Ma’lumki, har bir etnik birikma tarixan shakllanishi mobaynida muayyan (ma’muriy) hududlarni qamrab oladi va ijtimoiy rayonlarni vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ayrim mutaxassislar, baland tog‘ tizmalari, aholi yashamaydigan hududlar, ijtimoiy rayonlarning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydilar. Shuning bilan birga, aholining shahar va qishloq joylarda istiqomat qilishi, turmush tarzi va sharoitlarining bir-biridan keskin farq qilishi o‘z navbatida shahar va qishloq ijtimoiy rayonlarini shakllanishiga asos bo‘ladi. Ko‘pchilik kichik shaharlarning turmush tarzi qishloq joylardan ko‘p farq qilmaydi. Bu esa ularni qishloq ijtimoiy rayonlariga mansubligini belgilaydi. CHunki, bunday kichik shaharlar aholisining katta qismini turmush tarzida er bilan bog‘liqlik, ya’ni ijtimoiy mehnatning agrar tipining ta’siri ustuvorroqdir.
      • Sotsial rayonlashtirishning muhim amaliy jihatlari, bular: - sotsial qoloq rayonlarni ajratishda; - ijtimoiy tang hududlarni aniqlashda; - hududlarni aholining hayot sifati bo‘yicha rayonlashtirishda; - sotsial loyihalash prognozlarini ishlab chiqishda poydevor vazifasini o‘taydi.

    E’tiboringiz uhun rahmat
    Download 1,51 Mb.
    1   2




    Download 1,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy rayonlashtirishning ba’zi bir nazariy masalalari

    Download 1,51 Mb.