• Qishloq xo’jaligi
  • II.Asosiy qism 2.1. Qishloq ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Reja: I. Kirish II. Asosiy qism




    Download 73,89 Kb.
    bet1/4
    Sana31.05.2024
    Hajmi73,89 Kb.
    #258195
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Dauletbeva Umida oz.ovqat123




    Reja:
    I.Kirish
    II.Asosiy qism
    2.1. Qishloq ishlab chiqarish texnologiyasi
    2.2.Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash kontsentratsiyalash
    2.3.O’zbekistonda asosiy ishlab chiqarish turi qishloq xo’jaligi
    III.Xulosa
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar


    I.Kirish
    Qishloq xo’jaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xomashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xójaligi xomashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yog’ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni kórsatadiki, qishloq xójalik ishlab chiqarishni kóngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham róyobga chiqarib bólmaydi. Qishloq xójaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xójaligida band bólgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xójaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining ósish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xójaligining rivojlanish darajasiga boģliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xójaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xójaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xójalik bazasi bólmasa, hech qanday xójalik qurilishi bólishi mumkin emas deb tákidlagan.


    II.Asosiy qism
    2.1. Qishloq ishlab chiqarish texnologiyasi

    1. Qishloq xo’jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‘linishi, geografik (hududiy) bo’linishining bir shakli bo’lib, u qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko’rinishda u o‘zida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududlar bo’yicha ma’lum tamoyillar asosida va qator omillar ta’sirida shakllangan tabiiy, ijtimoiy, demografik, siyosiy sharoitlarga ko’ra taqsimlanishini ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish bu alohida tur mahsulotlar ishlab chiqarishni mamlakatning viloyat, tuman va boshqa hududlari bo’ylab taqsimlash bo’lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga kóra o’zgaruvchandir. Qishloq xo’jaligining eng to’liq joylashtirilishi ushbu hududda ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda u yoki bu turdagi yalpi va tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida hududlaning hissasi kabi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi. Mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish,mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlab, importga bog’lanib qolishining oldini oladi. 27 2.1 - jadval Hududlar bo’yicha YAIM da qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ulushi, % da


    Hududlar nomi

    2000 у

    2005 у

    2006 у

    2007 у

    2008 у

    2009 у

    O ‘zbekiston Respublikasi

    21,3

    28,0

    30,7

    27,1

    22,4

    22,3

    viloyatlar:



















    Andijon

    44,6

    33,3

    31,3

    28,0

    25,5

    30,0

    Buxoro

    34,1

    33,4

    28,0

    32,7

    30,0

    34,7

    Jizzax

    48,8

    50,9

    50,5

    49,0

    41,9

    48,8

    Qashqadaryo

    33,3

    32,0

    28,8

    27,5

    22,7

    20,8

    Navoiy

    25,8

    17,7

    18,9

    15,0

    14,3

    12,5

    Namangan

    42,6

    42,6

    37,2

    38,6

    37,0

    40,7

    Surxondaryo

    53,2

    45,2

    47,5

    45,5

    43,2

    51,7

    Sirdaryo

    43,7

    54,2

    50,4

    43,9

    41,5

    51,9

    Toshkent

    39,9

    30,5

    31,7

    26,4

    24,9

    30,0

    Farģona

    25,8

    29,4

    28,2

    24,5

    21,1

    21,4

    Xorazm

    44,8

    44,9

    45,9

    41,5

    37,7

    41,9

    Mahsulot ishlab chiqarish muntazam ravishda o’sishi uchun korxonalar mehnat sarfi kam ayishiga erishiladigan hududlarda barpo etilishi kerak. Shu maqsadda qator yillar dinamikasida zonalar bo’yicha iqtisodiy tumanlar, hududlarning mahsulot birligiga nisbatan mehnat sarfi va moddiy pul xarajatlari tahlil qilinishi kerak. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirishning asosiy mezoni - mehnat sarfini maksimal darajada tejash. Mamlakat hududi bóyicha qishloq xójalik ishlab chiqarishini joylashtirilishini baholash uchun bu jarayon tásirida yuz beradigan asosiy omillami ajratish kerak. Ishlab chiqarishni joylashtirish omili, deb qishloq xo’jaligi ob’ekti (korxona) yoki respublika tarmog’i, iqtisodiy hudud shuningdek, territorial ishlab chiqarish majmualari joylashadigan kuchlar yig’ilgan joyni hisobga olish qabul qilingan. Qishloq xo’jaligini joylashtirishning asosiy omillari:


    - hududning tabiiy potentsiali;
    -yer bilan táminlanganlik (hudud aholisi jon boshiga tóģri keladigan haydaladigan shudgor, ozuqa yerlari ajratilgan holda qishloq xójaligi yerining m aydoni);
    - mahsulot sotish bozorlariga nisbatan xójalikning joylashgan órnini saqlash va transport vositalari bilan táminlanganlik darajasi;
    - aholining tabiiy, tarixiy malakalarini hisobga olgan holda hududning ish bilan táminlanganligi; - ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning m oddiy-texnika bazasini mukammallashtirish;
    - hududda mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy sam aradorligi.
    2015 yil yanvar-iyun oylarida qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotlari amaldagi narxlarda 647007,0 mln.so'mga yoki 2014 yilning shu davriga nisbatan 5,9 foizga ko'paydi. Jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 400852,3 mln.so'mni (2014 yil yanvar-iyuniga nisbatan 5,4 foizga o'sdi), chorvachilik mahsulotlari 273154,7 mln.so'mni (2014 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 6,8 foizga o'sdi) tashkil etdi.Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xójaliklar toifalari bóyicha taqsimlanishi quyidagicha ifodalanadi:

    Viloyat qishloq xo’jaligining dehqonchilik yo’nalishida dehqon xo’jaliklari tomonidan 2015 yilning 1-iyul holatiga 23792 tonna g’alla ishlab chiqarib, ótgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, 49871 tonna sabzavot ishlab chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 13,1 foizga, 21231 tonna kartoshka ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 7,9 foizga, 2876 tonna meva ishlab chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga, 228 tonna uzum ishlab chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga kópaydi.
    Shu jumladan, fermer xójaliklari tomonidan 2015 yilning joriy davrida 432151 tonna ģalla ishlab chiqarilib, ótgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga, 5454 tonna sabzovot ishlab chiqarilib, ótgan yilning shu davriga nisbatan 19,9 foizga, 747 tonna kartoshka ishlab chiqarilib, ótgan yilning shu davriga nisbatan 28,1 foizga, 1826 tonna meva ishlab chiqarilib, ótgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 foizga, 45 tonna uzum ishlab chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga ósishi kuzatildi.
    Qishloq ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xususiyatlari Qishloq ishlab chiqarish jarayonlari murakkab axborot almashinuvi va jarayonlariga ega bolib, ular turli ko’rinishlarda berilishi mumkin. Bu esa shu sohada qo’llanuvchi mashina va uskunalarning maxsus ish rejimlariga mos tushmay qolishi, oqim liniyalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini to’xtab qolishi, suv xo’jalik mashinalarining ish rejimlari bir-biriga mos tushmay qolishiga olib kelishi mumkin. Qishloq va suv xo’jaligining yana bir muhim xususiyatlardan biri ulardagi texnika va qurilmalarning katta maydonlarda joylashgani va ta’mirlash bazasidan uzoqligi, uskunalarning kichik quvvatga ega ekanligi, ish jarayonining mavsumiyligi hisoblanadi. Jarayonlar har kuni ma’lum sikl bo’yicha qaytarilishiga qaramay, mashinalarning umumiy ish soatlari nisbatan kam hisoblanadi. Demak, bu sohada qo’llanuvchi avtomatlashtirish vositalari turli ko’rinishlarga ega bo’lib, nisbatan arzon, tuzilishi jihatidan sodda, ishlatishga qulay va ishonchli bo’lishi kerak. Bunday sharoitda avtomatlashtirish vositalari aniq va ishonchli ishlashi lozim, chunki bunday jarayonni tabiatan to’xtatib, uzib qo’yib bo’lmaydi. Misol uchun, gidromelioratsiya tizimlarida avtomatlashtirish vositalari tabiiy sharoit o’zgarishiga qaramay, sutka davomida texnologik operatsiyalarning davomiyligini táminlab berishi zarur. Qishloq va suv xo’jaligida tashqi tasodifiy ta’sirlar turli ko’rinishlarda o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Qishloq va suv xo’jaligi avtomatikasidagi ko’pgina ob'ektlar texnologik maydoni yoki katta hajmda vaqt ko’rsatkichlariga ega. Misol uchun, nasos agregatlarida ob'ekt bo’yicha kattaliklarni nazorat qilish va boshqarish kerak bo’ladi (suv sathi, bosim, ish unumdorligi, xajmi va h. k). Bunday ob'ektlar uchun avtomatlashtirish tizimlarida birlamchi o’zgartkichlar, ijrochi mexanizmlarning optimal miqdoriga ega bo’lib, boshqariluvchi ko’rsatkichlarning qiymatini belgilangan aniqlikda va ishonchli ravishda saqlash katta ahamiyatga ega. Qishloq va suv xo’jaligida qo’llanuvchi qurilma va uskunalarning ko’pchiligiga xos bo’lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog’liq holda ochiq havoda ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o’zgarishi, turli aralashmalar, chang, qum, agressiv gazlar hamda sezilarli tebranishlarning mavjudligi. Qishloq va suv xójaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi talablardan kelib chiqib avtomatlashtirish vositalari tashqi tasirlarga chidamli, parametrlarini keng diapazonda o’zgaruvchi qilib ishlanishi zarur. Bu esa loyihalashtirilayotgan ob'ektdagi texnik vositalarning ishdan chiqishini kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini táminlash imkoniyatini beradi. Ko’rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan boģliq sharoitda ishlovchi mashinalarda o’rnatilgan birlamchi o’zgartkichlar, ijro mexanizmlari, nazorat asboblari va boshqa texnik vositalarga ta’sir etadi. Qolgan avtomatlashtirish vositalarini alohida xonalar yoki tashqi muxitga chidamli bólgan maxsus shkaflarda o’rnatish mumkin. Qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi qurilma va uskunalarning ko’pchiligiga xos bo’lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog’liq holda ochiq havoda ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o’zgarishi, turli aralashmalar, chang, qum, agressiv gazlar hamda sezilarli tebranishlarning mavjudligi. Qishloq xo’jaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi talablardan kelib chiqib avtomatlashtirish vositalari tashqi tásirlarga chidamli, parametrlarini keng diapazonda o’zgaruvchi qilib ishlanishi zarur. Bu esa loyihalashtirilayotgan obektdagi texnik vositalarning ishdan chiqishini kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini taminlash imkoniyatini beradi. Ko’rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan boģliq sharoitda ishlovchi mashinalarda ornatilgan birlamchi o’zgartkichlar, ijro mexanizmlari, nazorat asboblari va boshqa texnik vositalarga tasir etadi. Qolgan avtomatlashtirish vositalarini alohida xonalar yoki tashqi muxitga chidamli bolgan maxsus shkaflarda o’rnatish mumkin.

     Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma’lumotlaridan foydalanilgan.


    Download 73,89 Kb.
      1   2   3   4




    Download 73,89 Kb.