|
Qishloq xójaligini mexanizatsiyalash
|
bet | 2/4 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 73,89 Kb. | | #258195 |
Bog'liq Dauletbeva Umida oz.ovqat1232.2. Qishloq xójaligini mexanizatsiyalash kontsentratsiyalash
Qishloq xójaligini mexanizatsiyalash — qishloq xo’jaligida insonning jismoniy (qo’l) mehnatini mashina va mexanizmlar bilan bajarish. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash ishidagi eng muhim masalalardan biri. Qishloq xo’jaligining mahsuldorligi seleksiya, kimyolashtirish va boshqa bilan bir qatorda barcha turdagi qishloq xo’jaligi ishlarini mexanizatsiyalash darajasi bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri — mehnatning energiya bilan qurollanishi [ishlab chiqarish jarayonida mehnatning barcha turdagi (elektr, mexanik va issikdik) energiya bilan ta’minlanish darajasini ifodalovchi ko’rsatkich] va texnika bilan kurollanishi darajasidir. Qishloq xo’jaligi darajasi mehnatni mexanizatsiyalash bosqichi bilan, ya’ni mexanizatsiyalashgan mehnat salmogʻining qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajati bilan baholanadi.
20-asrning 20-yillariga qadar O’zbekiston qishloq xo’jaligi, asosan, mayda ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lib, qishloq xo’jaligida qo’l mehnati va oddiy ish qurollari (ketmon, omoch, ot, xo’kiz va boshqalar) ishlatilgan. 20-yillar o’rtalaridan qishloq xo’jaligi asbob-uskunalarini ijaraga beradigan davlat punktlari, 1924-yil "Traktor markazi" tashkil etildi, chet ellardan sotib olingan traktorlar va boshqa texnika vositalari dastlabki jamoa xo’jaliklari (kolxozlar)ga yetkazib berildi. 1929-yil respublikada 400 dan ortiq traktor, 3611 avtomashina, 3897 plug, 1660 dona otga qo’shib ishlatiladigan ekish seyalkasi, 1244 kultivator, 1262 ochar (okuchnik), 187 molotilka (yanchgich), 87 mingdan ortiq arava, 26 ming brichka (toʻrt ģildirakli mujik arava) va boshqa ishlatildi.
1930-yilga kelib davlat tomonidan jamoa va davlat qishloq xo’jaligi korxonalariga texnik xizmat ko’rsatadigan, o’zining moddiy-texnika resurslari, mexanizator xodimlari, ta’mirlov va ta’minot bazasiga ega bo’lgan mashina-traktor styalari (MTS) tashkil etildi (qarang mashinasozlik sanoati). 1940-yillar boshida respublikada 180 ta MTS ishladi. Keyingi yillarda MTSlarning sifat tarkibi o’zgardi, u yangi konstruksiyadagi mashinalar bilan to’latildi. Xo’jaliklar kuchli quvvatga ega traktorlar, yuqori unumli don kombaynlari, keng va ko’p qatorli mashinalar (mas, paxta terish mashinalari), shuningdek, bir yurishda bir qancha operatsiyalarni bajaradigan mashinalar bilan qurollantirildi. Yer qaziydigan, melioratsiya mashina va qurollari, zamonaviy yuk avtomobil va traktor pritseplari, maxsus avtotransportlar ishlab chiqarish, ularni qishloq xójligiga yetkazib berish yil sayin kópayib bordi. 1990-yillar boshiga kelib respublika qishloq xójaligida 182 ming traktor, 30,5 ming yuk avtomobili va boshqa qishloq xo’jaligi mashinalari ishladi. Qishloq xo’jaligini elektrlashtirish ko’rib chiqildi. Chorvachilik va parrandachilikda sanoat tipidagi yirik va ixtisoslashtirilgan fermalar qurilib elektr bilan ishlaydigan mashinalar texnologiyasi joriy qilindi. Elektr energiyasidan suģorishda (nasos styalari), chorvachilikda, omborxonalar va sovuqxonalarda va boshqa tarmoqlarda tobora qóproq foydalanilmoqda. Qishloq xójaligida asosiy dala ishlari (yer haydash, ekish, kultivatsiya bilan birga óģitlash, don ekinlarini yigib olish va boshqalar) tóliq, ekin qator oralariga ishlov berish, paxta terish kabi ishlar yuqori darajada mexanizatsiyalashtirildi. 2001—2005-yillarda respublikaga chet ellardan qishloq xójaligi texnikasi ("Keys" ģalla órish, paxta terish kombaynlari, traktorlar) keltirildi, qishloq xójaligi korxonalariga xizmat koʻrsatadigan 184 tuman mashina-traktor parklari (MTP) va dehqon-fermer va boshqa xoʻjaliklar uyushmalariga qarashli 1007 muqobil mashina-traktor parklari tashkil etildi.
Korxonaning joylashish órni qishloq xójaligini joylashtirishning muhim omillaridan biridir. Mahsulotlami saqlash va transportirovka qilish qishloq xójaligi tarm og‘ining o‘ziga xos xususiyati b o‘lib, transport qatnov yóllari, saqlash joylari, qayta ishlash korxona 30 larining joylashuvi kabilami ham nazardan qochirm aslik, muhim omil sifatida ko’rib chiqish lozim . Temir yo’llar, suv yo’llari, transport vositalari bilan ta’minlanganlik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish, maxsus korxonalami takomillashtirish, tovarlani iste’molchilarga yetkazib berish muddatlarini kamaytirish va shu orqali yuklarni tashish bo’yicha xarajatlami sezilarli qisqartirish imkonini beradi. Transport vositalari va aloqa yóllarining rivojlanishi kóp tonnali va tez buziladigan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash joylariga zudlik bilan yetkazishni ta’minlaydi. Sut, sabzavot, meva va kartoshka kabi mahsulotlaming sifati tez buzilishini inobatga olgan holda bu kabi mahsulotlar ishlab chiqarishni to’g’ri joylashtirish juda muhimdir. Nooqilona tashishga yo’l qóymaslik uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish yirik shaharlarnng atrofiga jamlanadi, qayta ishlash korxonalarini esa (meva konservalari qiladigan, vinochilik va boshqalar) xom-ashyo ishlab chiqariladigan joylarga yaqinroq joylashtirish maqsadga muvofiq. Bu bilan qishloq xójalik mahsulotlari ishlab chiqarishda yo’qotishlar kamayishiga, ishlab chiqarish samaradorligi ortishiga erishiladi. Qishloq xójaligi ishlab chiqarishini joylashtirishda alohida e’tibor hududlardagi mehnat resurslaridan samarali foydalanishga qaratiladi. Aholisi zich joylashgan zonalarda fondlar va energiya bilan táminlanish yetarli darajada bólganda, bunday joylarga m ahsulot birligiga nisbatan sezilarli mehnat sarfi talab qilinadigan chorvachilik va dehqonchilikning intensiv tarmoqlarini joylashtirish kerak. Mehnat resurslari mavjudligini hisobga olgan holda qishloq xójaligi ishlab chiqarishini tashkillashtirishning xójalik yuritish tizimi, tarmoqlar strukturasi, ekin maydonlari va boshqa elementlari shakllantirilishi kerak. Qishloq xójaligini oqilona joylashtirish ushbu hududda yashovchi aholining tabiiy-tarixiy urf-odatlaridan foydalanishni ko'zda tutadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish iqtisodiy samaradorligining asosi — yer maydoni birligidan chiqadigan mahsulot va yalpi daromad, mahsulot birligiga moddiy-pul va mehnat sarfi, daromad va rentabellikdir.
Qishloq xo ‘jaligi ishlab chiqarishini kontsentratsiyalash ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish kuchlarining yirik korxonalarga to‘planishini bildiradi. Kontsentratsiyani chuqurlashtirish - yirik ishlab chiqarishning maydalari oldida ustunligi haqxdagi amaldagi iqtisodiy qonunga boģliq ob’yektiv jarayon. Yirik qishloq xójaligi korxonalarida qishloq xójaligi ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligi yuqori bóladi, mahsulot birligiga kamroq xom-ashyo sarflanadi, unga ketadigan mehnat sarfi va tannarx pastroq, ishlab chiqarish rentabelligi esa balandroq ko‘rsatkichni tashkil etadi. Ammo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yiriklashtirish cheksiz davom etmaydi: ishlab chiqarish kuchlarining har bir bosqichdagi rivojlanishida chegaralar mavjud va bunda kontsentratsiyaning samaradorligi keskin pasayadi. Yirik ishlab chiqarishning maydalariga nisbatan ustuvorligi qonuni qishloq xo‘jaligida mutloq ahamiyatga ega emas. Qishloq xójaligida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalash quyidagi bir necha yo‘1 bilan amalga oshirilishi mumkin:
- Markazlashtirish asosida, yáni bir necha mayda korxonalami bitta yirigiga qo‘shib yuborish;
- Intensifikatsiyalash yóli bilan - ózgarmaydigan ekin yer maydoniga qo‘shimcha qóyilmalar sarf etish hisobiga qishloq xójalik mahsulotmi ishlab chiqarishning ko‘payishi yuz beradi; - Korxona ixtisoslashuvini chuqurlashtirish hisobiga sanoat texnologiyalari va mehnatni tashkil qilishning ilģor formalarini qo’llash asosida ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish; - Yer va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini ijaraga olish asosida ko‘pgina fermerlar qishloq xo‘jalik ekin yerlarini ijaraga olish hisobiga o’z xo’jaliklari o’lshamini kengaytiradilar;
- Agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish hisobiga - bu korxona doirasida ishlab chiqarishni saqlash va qayta ishlashni tashkil qilish, binobarin, yetishtirilgan hamma mahsulotlardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi.
- Kontsentratsiya darajasi ishlab chiqarish hajmi bilan xarakterlanadi.
Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G‟ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O„qituvchi, 2011.
|
| |