|
Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
|
bet | 4/4 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 73,89 Kb. | | #258195 |
Bog'liq Dauletbeva Umida oz.ovqat123III.Xulosa
Xulosa sifatida shuni ayta olamanki, Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, tarmoq tashkilotlarini qóllab-quvvatlash, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qishloq xo’jaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini kópaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xo’jaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan táminlaydi. Qishloq xo’jaligi o’simlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridan farq qilgan holda qishloq xo’jaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yoruģlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining i.ch. davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari - dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga bólinadi (dehqonchilikda - dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, boģdorchilik, o’rmon xo’jaligi va b. chorvachilikda — qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik, cho’chqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va b.) o’z navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (g’allachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qo’y, ot, tuya) bo’yicha guruhlanadi.Qishloq xójaligi - inson xo’jalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xo’jalik va b. ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, ba’zi hayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar tasirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, kóplab zotlari yetishtirilgan.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. "Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti - to‘kin hayot manbai".-T.: O‘zbekiston" 1998.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini jadallashtirish choratadbirlari". 2005,14-iyun.
3. Juraev F. "Qishloq xo‘jaligi korxonasida ishlab chiqarishni tashkil etish".-Т.: "Istiqlol". 2004-344 b. 4. Ismoilov A., Murtazoev O. "Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti" - Т.: 2003 у
[]
|
| |