1. Qoramolchilik chorvachilikning asosiy sohalaridan biri. Yurtimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish




Download 20.66 Kb.
Sana15.04.2023
Hajmi20.66 Kb.
#51680
Bog'liq
Tarmoqlar iqtisodiyoti dadam
xorij-tajribalari-asosida-o-zbekistonda-pedagog-kadrlar-tayyorlashni-takomillashtirish-masalalari, 1463-Текст статьи-4785-1-10-20221113, Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalri va ulardan foydalanish, Mikroiqtisodiyot, Bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan test savollari Botirova Xonzoda, aftoreferat 2023, DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO, ertak

REJA:
1.Qoramolchilik - chorvachilikning asosiy sohalaridan biri.
2. Yurtimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish.
3. O‘zbekiston respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dastur.

Qoramolchilik - chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan taʼminlaydi. q. chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qoramolchilik xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut isteʼmol qilina boshlagach, odamlar undan yogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashni oʻrgandilar, natijada sut Qoramolchilikining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi.


Qoramolchilik qadimdan hozirgi Oʻzbekiston hududida intensiv sharoitlarda va yaylov usulidarivojlangan. 19-asr oxiriga qadar Qoramolchilikning asosiy qismini kammahsul, jussasi mayda jaydari hamda zebusimon qoramollar tashkil qilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab respublikada mahalliy va zebusimon qora-mollarni madaniy qoraola, qizilchoʻl va shvits zotlari bilan chatishtirish asosida mahsuldor podalar guruhini shakllantirish hamda nasldor sof zotli qoramollarning reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish, davlat va kooperativ xoʻjaliklari Qoramolchilik sut-tovar fermalarini rivojlantirish va sutchilik komplekslarini tashkil etish, Qoramolchilikni ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi. Qoramolchilikning sut, sut-goʻsht, goʻsht hamda naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar, naslchilik zavodlari, xoʻjaliklari va fermalari tashkil etildi. natijada 80-yillarga kelib qoramollar zotdorligi 98—99% ga yetkazildi. Nasldor sigirlarning 3800–4100 kg sut beradigan podalari barpo etildi. Goʻshtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12—13 oyligida 400–420 kg ga koʻtarildi. Tumanlarda tashkil etilgan xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonalarida qoramollarni jadal boqish va boʻrdoqilash ijobiy natijalar berdi. Qoramolchilik amaliyotining taraqqiy etishida ilgʻor tajriba va fan yutuqlari muhim rol oʻynadi. 1932-yilda chorvachilik tajriba st-yasining va 1939-yilda Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutining tashkil etilishi chorvachilik va xususan Qoramolchilik sohasida muhim burilish boʻldi. Qoramolchilik rivojining tipologik, ozuqa va seleksiya asoslari ishlab chiqildi hamda amaliyotga keng joriy qilindi. 1924-yilda qoramollar soni 1229,4 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 407,5 ming boshni tashkil qilgan boʻlsa, 1991-yilda bu koʻrsatkichlar tegishlicha 4580,8 va 1856,4 ming boshga, 2004-yilda 5873 va 2556,7 ming boshga yetdi. 1924-yilda goʻsht yetishtirish (tirik vaznda, ming t) 84,0, 1991-yilda 789, 2003-yilda 935,5; sut yetishtirish tegishlicha 262,0, 3034,2 va 4030,3 ni tashkil etdi. sigirlardan oʻrtacha sut sogʻib olish 1924-yilda 400 kg dan 1990-yilda 1685 kg ga, qoramollarni goʻshtga topshirish vazni 150 kg dan 401 kg gacha koʻtarildi. Keyingi 14—15 yil mobaynida qoramollar soni va yetishtirilgan yalpi chorva mahsulotlari hajmi oʻsdi. Qoramolchilik sohasida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarida mahsuldorlik koʻrsatkichlari yaxshilandi. 1990 — 2003-yillarda respublikada qoramollar soni 1293,9 ming boshga yoki 28,3%ga, sigirlar soni 700,3 ming boshga yoki 37,7% ga koʻpaydi.
Oʻzbekistonda Qoramolchilik boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutida olib boriladi. Qoramolchilik fan sifatida oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining zoomuhandislik va veteri-nariya fakultetlarida oʻqitiladi.
Xorijiy davlatlarda sut yoʻnalishidagi Qoramolchilik, ayniqsa, Gollandiya, Daniya, Germaniya, Isroil, AQSH, Kanada, Yaponiya va Yangi Zelandiyada rivojlangan (sigirlarning oʻrtacha sut sogʻimi 8—11 ming kg). Goʻshtdor q. AQSH, Fransiya, Angliya, Italiya, Kanada va Avstraliyada tashkil etilgan (goʻsht olinadigan 14—15 oylik novvoslar vazni 500—550 kg). Dunyo mamlakatlarida urchitilayotgan qoramollar soni 1,33 mlrd. bosh atrofida (1999). Jahonda turli tabiiy iqlim sharo-itlariga moslashgan 250 dan ortiq qoramol zotlari boqiladi.
O‘zbekistonda Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish respublika kengashi tashkil etildi. Mazkur yangi tuzilma oldiga sohada kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish hamda zamonaviy texnologiya va tajribalarni qo‘llash orqali chorvachilik sohasini yangi bosqichga ko‘tarish vazifalari belgilab berildi.
Chorvachilik O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligining ushbu sohasini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga arzon go‘sht va sut mahsulotlari yetkazilib beriladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yurtimizda yirik shoxli qoramollarning asosiy qismi aholi xonadonlarida boqiladi. To‘g‘ri, tizimda muammo va kamchiliklar ko‘p. Ular yillar davomida to‘planib qolgan. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, go‘sht va tirik chorva mollari narxidagi o‘zgarishlar faqat O‘zbekistonda kuzatilayotgan holat emas. Bu jarayonni butun dunyo bozorlarida ham ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston tomonidan aholini go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabini qoplash maqsadida xorijdan yirik hamda mayda tuyoqli mollar import qilinmoqda. Lekin bu katta miqdorni tashkil qilmaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, fermerlar va chorvadorlarimiz tomonidan parvarishlanayotgan chorva mollari xalqimiz ehtiyojining asosiy qismini qoplashga yetadi. Albatta, go‘sht va go‘sht mahsulotlari importi hajmini kamaytirish, aksincha eksport miqdorini oshirish ustuvor maqsad hisoblanadi. Kuni kecha qabul qilingan muhim hujjatdan tashqari davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish va bunday fermer xo‘jaliklarga imtiyozlar berish yuzasidan qator farmon va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, Prezidentimizning 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat doirasida zamonaviy yondashuv asosida soha modernizasiyasi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2019 yil 7 noyabr' kuni davlatimiz rahbarining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. Mazkur muhim hujjatlarda belgilangan imtiyozlar evaziga chorvachilikda yaqin kelajakda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish ko‘zda tutilgan. Qishloq xo‘jaligining ushbu sohasi bugungi kunda rivojlanish pallasini boshidan o‘tkazmoqda, deyish mumkin. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda chorva mollari yetishtirishga ixtisoslashgan klasterlar tashkil etilayotgani jiddiy qadamlardan biri hisoblanadi. O‘z navbatida go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar sonining oshishi mayda va yirik shoxli mollar yetishtirishni ko‘paytirish, go‘sht va go‘sht mahsulotlari tannarxining arzonlashishiga xizmat qiladi.
2019 yil chorvachilikni rivojlantirish dasturlariga muvofiq qoramolchilik yo‘nalishida yurtimizda ko‘plab loyihalar ishga tushirildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil mamlakatimiz fermerlari, chorvadorlari va klasterlar tomonidan qariyb 13 million bosh yirik shoxli, 22 million bosh mayda tuyoqli mollar, 247 ming 274 bosh otlar, 93 million 132 ming dan ortiq parranda parvarishlanib, ichki bozor talablari uchun 2 million 464 ming 995 tonna go‘sht ishlab chiqarildi. Chorvachilik sohasini 2021 yilgacha bo‘lgan muddatda rivojlantirish borasida belgilangan chora-tadbirlar dasturiga binoan 2021 yilga borib yirik shoxli qoramollar 14 million 800 ming boshga, mayda shoxli mollar 23 million 127 ming boshga yetkaziladi. Bu esa mamlakatimizda go‘sht yetishtirishni 26,2 foizga oshirib, aholi ehtiyojlaridan ortiqchasini eksport qilish imkonini beradi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA CHORVACHILIK SOHASI VA UNING TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA 2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN DASTURNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Bugungi kunda respublikamizda jami 18 032 ta chorvachilik xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, shundan 7 614 tasi qoramolchilik, 3 263 tasi qo‘y va echkichilik, 142 tasi yilqichilik, 52 tasi tuyachilik, 1 163 tasi parrandachilik, 4 829 tasi baliqchilik, 715 tasi asalarichilik va 254 tasi quyonchilik yo‘nalishida tashkil etilgan. Birgina qoramolchilik yo‘nalishida 500 boshdan 1 000 boshgacha chorva moli bo‘lgan xo‘jaliklar soni 256 taga, 1 000 bosh va undan yuqori chorva moli bo‘lgan xo‘jaliklar soni 136 taga yetdi. 2021-yilda barcha toifadagi xo‘jaliklarda parvarish qilinayotgan qoramollarning 91,8 foizi (2018-yilda 95,5 foiz) aholi xonadonlariga, 8,2 foizi (2018-yilda 4,5 foiz) fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish 47,5 kilogrammga (1 kishiga yillik me’yor — 46,1 kilogramm), sut mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 336 kilogrammga (1 kishiga yillik me’yor — 310,4 kilogramm) yetkazildi. 2021-yilda aholi xonadonlari va fermer xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan 2,4 million bosh sigir va tanalar sun’iy urug‘lantirilib, zoti yaxshilangan qoramollar bosh soni 54 foizga yetkazildi. Bundan tashqari, chet davlatlardan go‘sht yo‘nalishidagi tez yetiladigan qoramollarning Aberdin-angus, Sharole, Gereford va Limuzin hamda sut yo‘nalishidagi Djersey, Shvits va Monbilyard kabi yangi zotlari olib kelindi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida bunday zotlarning 100 ming boshdan ortig‘i parvarishlanmoqda. Shuningdek, mayda shoxli mollarning zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida qo‘ylarning Merinos, Romanov, Edilboy, Dorper zotlari hamda echkilarning Angor va Zanen zotlari chet davlatlardan olib keltirildi.
Shu bilan birga, chorva mollarining naslini yaxshilash bo‘yicha jami 497 ta xo‘jalik naslchilik toifasiga o‘tkazilib, ularning soni 1 640 taga yetkazildi. 2021-yilda chorvachilik subyektlariga ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratilgan 339,7 ming gektar yer maydonlarining 37 ming gektariga yangi beda (100 ming gektarda eski beda mavjud), 158,5 ming gektariga silos uchun makkajo‘xori, 31,8 ming gektariga oq jo‘xori, 13,8 ming gektariga xashaki lavlagi ekinlari ekilgan. Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan 177 400 gektar yer maydoniga takroriy ozuqabop ekinlar ekilgan hamda chorva mollari uchun ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 23,8 million tonna ozuqa jamg‘arildi. Biroq, boqilayotgan chorva mollarining bosh soni ajratilgan ozuqa ekin yer maydonlari me’yoriga nisbatan (shartli bir bosh chorva moliga o‘rtacha 0,5-0,6 gektar) 2,5 baravar ko‘p. Ozuqabop ekinlar uchun ajratilgan har bir gektar ekin yerlaridan 10 — 12 tonnadan ozuqa jamg‘arish imkoniyatlari mavjud bo‘lsa-da, har bir gektardan 6-7 tonnadan ozuqa jamg‘arilmoqda. Aholi jon boshiga tuxum yetishtirish 236 donaga va parranda go‘shti 6,5 kilogrammga yetkazildi. 2021-yilda baliq yetishtirish hajmi 400 ming tonnaga yetkazilib, kishi jon boshiga 3-4 kilogramm baliq mahsulotlari yetishtirilgan.
1. Chorvachilik va uning tarmoqlarida ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish. Ushbu ustuvor yo‘nalish chorvachilik sohasida ozuqabop ekinlar uchun ajratilgan yerlar va mavjud yaylovlardan samarali foydalanish hamda ozuqabop ekinlar urug‘chiligini tizimli yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini belgilab beradi. Respublikadagi mavjud yaylovlarda cho‘llanish jarayonlarining oldini olish va ularning hosildorligini oshirish orqali chorva mollari uchun tabiiy hamda arzon ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalaniladi. Chorvachilik va uning tarmoqlarida ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish, ozuqabop ekinlar va yaylov o‘simliklari urug‘larini yetishtirishga ixtisoslashgan urug‘chilik xo‘jaliklarini ko‘paytirish hamda hosildorligi yuqori bo‘lgan navlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
chorvachilik xo‘jaliklarida ozuqabop ekinlarni agrotexnik qoidalar asosida ekish, parvarishlash va o‘rib-yig‘ib olishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish orqali chorvachilik ozuqa bazasini yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish;
ozuqabop ekinlarni joylashtirish tartibini qayta ko‘rib chiqish va ozuqabop ekin yerlarini ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bog‘lash mexanizmlarini ishlab chiqish;
ozuqabop ekin navlarini yaratgan mualliflarni rag‘batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;
paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxtachilik-g‘allachilik fermer xo‘jaliklaridagi ekin yerlarida ilmiy asoslangan holda ozuqabop ekinlarni almashlab ekishni yo‘lga qo‘yish;
kuchli ozuqalar tarkibini tahlil qilish uchun ixcham laboratoriyalar tashkil etish va mahsulot sifatini tahlil qilishni tizimli tartibga solish;
dukkakli o‘simliklar uchun yer maydonlari ajratish orqali xo‘jaliklarda almashlab ekish amaliyotini takomillashtirish hisobiga tarkibi oqsilga boy bo‘lgan ozuqa jamg‘arish miqdorini oshirish hamda yer va tuproq unumdorligini yaxshilash;
ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan hosildor yashil ozuqalar, jumladan, makkajo‘xori ekiladigan maydonlarni kengaytirish va ularning hajmini oshirish hisobiga chorva mollarini oziqlantirish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
chet davlatlardan keltirilgan mahsuldorligi yuqori va naslli qoramollarning bosh soniga nisbatan me’yor darajasida va mutanosib ravishda ozuqabop ekinlar uchun sug‘oriladigan yer maydonlarini kengaytirishni tashkil etish.
2. Chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, sun’iy urug‘lantirishni tizimli yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash. Mazkur yo‘nalish barcha toifadagi xo‘jaliklarda chorva mollarining naslini yaxshilash, chorvachilik fermer xo‘jaliklarining naslchilikka ixtisoslashuvini kengaytirish, sun’iy urug‘lantirish ko‘lamini oshirish orqali mahalliy mahsuldorligi past bo‘lgan sigirlardan zoti yaxshilangan nasl olishni ko‘paytirishga qaratilgan. Chorvachilik fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish orqali aholi xonadonlaridagi chorva mollarining zotini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
naslli mol tayyorlab, yetkazib berishni ko‘paytirish hamda sigirlarni sun’iy urug‘lantirish ishlarini yanada samarali tashkil etish hisobiga aholi xonadonlaridagi chorva mollari zotini yaxshilash va ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqish;
aholi xonadonlarida go‘sht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlarini ko‘paytirish va sun’iy urug‘lantirishni yanada keng ko‘lamda tashkil etish orqali mahalliy mahsuldorligi past bo‘lgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning afzalliklari va iqtisodiy samarasi to‘g‘risida aholining amaliy ko‘nikmalarini oshirish choralarini ko‘rish;
chorvachilik fermer xo‘jaliklari, naslchilik xo‘jaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida ishlab chiqarishni ilm-fan bilan integratsiyalashtirish hamda hamkorlik ishlarini talab darajasida tashkil etish;
chorva mollarining respublika iqlim sharoitiga moslashgan zotlarini chet davlatlardan keltirish, rayonlashtirish va ulardan yuqori mahsuldor nasl olishni ko‘paytirish, sun’iy urug‘lantirish hamda embrion ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha kelgusi 5 yillikka mo‘ljallangan naslchilik rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini ta’minlash.
3. Chorva mollarini saqlash va parvarishlashning sifatini oshirish hisobiga mahsuldorlikni ko‘paytirish. Ushbu ustuvor yo‘nalishda chorva mollarini uy sharoitida va fermer xo‘jaliklarida boqish va parvarish qilishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish choralari belgilanadi. Sut va go‘sht mahsulotlarini saqlash, ozuqa tayyorlash, mikroiqlim sharoitlarini yaratish, sut sifatini joyida tekshirish, organik chiqindilardan tozalash va ushbu jarayonlarni keng yo‘lga qo‘yish orqali chorvachilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning iqtisodiy samarasini jadallashtirish choralari ko‘riladi. Chorva hayvonlari va parrandalarni parvarishlash samaradorligini oshirish orqali sohada mehnat sarfi kamaytiriladi hamda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologik uskunalar va jihozlar bilan chorvachilik fermer xo‘jaliklarini ta’minlash va ularga qulay bozor sharoitlarini yaratib berish;
ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida chorvachilik xo‘jaliklari bilan chorvachilik sohasiga aloqador ilmiy-tadqiqot muassasalari, o‘quv maskanlari va laboratoriyalar o‘rtasidagi integratsiyani yo‘lga qo‘yish;
chorvachilik sohasiga oid texnologik, marketing, iqtisodiy, ilmiy va amaliy foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “Chorva” mobil ilovasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
xalqaro talablardan kelib chiqib, chorvachilik xo‘jaliklarida Global GAP, NACCP va boshqa xalqaro hamda milliy miqyosdagi standartlarni joriy etish;
chorva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish va sifat xavfsizligi barqarorligini ta’minlash.
4. Parrandachilik sohasini rivojlantirish.
Ushbu yo‘nalishda mamlakat aholisini yuqori sifatli parranda go‘shti va tuxum mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarga mahalliy parrandachilik mahsulotlarini sotishni ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Parrandalarni ratsional oziqlantirish ishlari ilmiy asosda yo‘lga qo‘yiladi. Donli ozuqalarni yetishtirish va sotib olish bo‘yicha klaster tizimini joriy etish orqali korxonalar ehtiyojini ozuqalar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Aholi xonadonlarida parranda boqish ishlari parrandachilik korxonalari bilan kooperatsiya tizimi asosida tashkil etiladi hamda aholining bandligi ta’minlanib, daromadlari oshiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasiga asosan parrandachilik klasterlarini tashkil qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;
parrandachilik sohasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish orqali parrandachilik mahsulotlarini, shu jumladan, ozuqa ishlab chiqarish, parranda chiqindilarini qayta ishlash, iste’molga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport geografiyasini kengaytirish;
parrandachilik mahsulotlari turlarini ko‘paytirish va bozor munosabatlarini yanada kuchaytirish maqsadida parrandachilikning kurkachilik, bedanachilik, g‘oz va o‘rdakchilik hamda tuyaqushchilik kabi yo‘nalishlarining ommaviyligini oshirish choralarini ko‘rish;
parranda uchun ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, veterinariya dori-darmonlari va dezinfeksiyalash vositalari, parrandachilik sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
aholi xonadonlarida parranda go‘shti va tuxumga bo‘lgan ehtiyojlarni yanada barqaror ta’minlash maqsadida xonaki parranda turlarini qishloq joylarida ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
5. Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish.
Ushbu ustuvor yo‘nalish doirasida intensiv texnologiyalarni qo‘llash orqali baliq yetishtirish hajmini izchil ko‘paytirish, mamlakatimizning ichki bozorini mahalliy mahsulot bilan to‘ldirish, tarmoq uchun kerakli barcha jihozlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, respublikaning ichki bozorida mavjud bo‘lgan xomashyolar asosida yetarlicha ozuqa ishlab chiqarishga erishish va baliq mahsulotlari eksportini kengaytirish vazifalari belgilanadi. Baliqchilik xo‘jaliklari uchun ozuqa tayyorlash, qayta ishlash zavodlarini tashkil etish va intensiv texnologiyalarni joriy etish masalalarida malakali mutaxassislar va muhandislar yetishmasligi muammosini hal etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari va intensiv usullarini keng joriy etish, shuningdek, tabiiy va sun’iy suv havzalari hosildorligini ko‘paytirish hisobiga baliq yetishtirish hajmini oshirish;
baliqlarning tropik turlarini chet davlatlardan keltirish va iqlim sharoitiga moslashtirish, chavoq ishlab chiqarish va sun’iy urchitish texnologiyasini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xalqaro talablarga muvofiq sifat menejmenti tizimining zamonaviy usullarini joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini baholash, sertifikatlash va standartlashtirishni tizimli tashkil etish;
mahalliy sharoitda oqsilga boy balanslashtirilgan ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, intensiv akvakultura uchun zarur ozuqalar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirish va baliqlarni ilmiy asosda oziqlantirish choralarini ko‘rish;
intensiv va dekorativ akvakultura, tabiiy suv havzalariga sayohat, rekreatsion baliq ovlash tizimi bo‘yicha “Fish-food-trip” ekoturizm tijorat dasturini ishlab chiqish.
6. Asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish.
Ushbu ustuvor yo‘nalish doirasida asalarichilik tarmog‘ining boshqaruv tizimi, monitoring va statistik baza takomillashtiriladi hamda qishloq xo‘jaligi sohasining boshqa tarmoqlari bilan asalarichilik sohasini uzviy bog‘lagan holda samarali ish tashkil etish mexanizmlarini joriy etish belgilanadi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan asal sifatini xalqaro standart talablariga moslashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tarmoqda asalarilar naslini va mahsulot sifatini yaxshilash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari joriy etiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
asalarichilikda intensiv texnologiyalarni qo‘llash orqali asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;
asalarichilik tarmog‘ida naslchilik ishini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan choralarni qo‘llash, O‘zbekiston sharoitiga moslashgan “Karpat” va “Karnika” asalari zotlarini xorijdan olib kirish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha “Nasldor ona asalarilarning himoyalangan hududlari” chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalarilar bilan changlatish agrotexnologiyasini tizimli yo‘lga qo‘yish hisobiga sohani tijoratlashtirish;
asal sifatini xalqaro talablarga moslashtirish, dehqonchilik sohasida qo‘llaniladigan kimyoviy vositalarning asalarichilik sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
o‘rmon xo‘jaligi yerlari va qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida asalarilarni mavsumiy joylashtirish bo‘yicha “Asalari xaritasi” chora-tadbirlarini ishlab chiqish va shu asosda asalarichilik xo‘jaliklarining harakatlanishini tartibga solish mexanizmlarini amaliyotda qo‘llash;
sun’iy asal mahsulotlariga qo‘yilayotgan amaldagi standartlarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish hamda inson salomatligida tabiiy asalning ahamiyatini yanada oshirish uchun iste’mol madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan normativlarni ishlab chiqish.
7. Quyonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish.
Ushbu ustuvor yo‘nalish doirasida sifatli quyon go‘shtini mamlakatda iste’mol qilish darajasini ko‘tarish hamda respublikada umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning ulushini oshirish nazarda tutilmoqda. Quyon go‘shtini sanoat usulida ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish hisobiga quyon go‘shti iste’moli oshirib boriladi.
Quyonchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun ishlab chiqaruvchilardan go‘sht mahsuloti va quyon terisini sotib oluvchi hamda qayta ishlovchi tashkilotlar tarmog‘i yanada kengaytiriladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
quyon boqishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish orqali respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
go‘sht yo‘nalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini joriy etish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini ko‘rish;
quyon go‘shtining iste’mol madaniyatini oshirish va aholining ovqatlanish ratsionida quyon go‘shti ulushini ko‘paytirish;
ilm-fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalash, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmog‘ida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
quyonchilik bilan shug‘ullanuvchi oilaviy xo‘jaliklar faoliyatini takomillashtirish, ularni rag‘batlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
Download 20.66 Kb.




Download 20.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Qoramolchilik chorvachilikning asosiy sohalaridan biri. Yurtimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish

Download 20.66 Kb.