|
Reja: Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning qisqacha tarixi
|
bet | 1/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 49 Kb. | | #145762 |
Bog'liq 1-маъруза
MAVZU: “Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika” faniga kirish. “Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika” fanini o’qitishdan maqsad va fanning vazifalari.
REJA:
1. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning qisqacha tarixi.
2. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish tushunchasi.
3. Avtomatlashtirishning bosqichlari.
4. Kibernetika, telemexanika tushunchalari.
5. Avtomat va avtomatik liniyalar tо‘g‘risida ma’lumotlar
Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning tarixi
Avtomatik qurilmalarni ishlab chiqarishda qо‘lanilishi XVII va XVIII asrlardan boshlangan. Ularga misol Polzunov yaratgan bug‘ mashinalarining avtomatik rostlagichi va Djeyms Uat yaratgan markazdan qochma prinsipdagi avtomatik rostlagichning sanoatda qо‘llanilishidir. Bu avtomatik qurilmalarda mexanik rostlash usuli qо‘llanilgan.
XIX asrda elektr rostlagichni yaratilishi elektr lampalarni ishlab chiqarishini avtomatlashtirishga imkon berdi.
1830 yilda elektr releni kashf etilishi bilan elektromexanik rostlash qurilmalarini yaratishga imkon tug‘ildi.
XVIII asrda Nartov A.K jaxonda birinchi bо‘lib supportni yaratdi. Bungacha stanokda keskich qо‘lda ushlangan xolda detalga ishlov berilar edi.
1880 yilda AQSH da birinchi tokarlik stanokni Sensor qurdi.
1944 yilda EHM yaratilishi natijasida juda murakkab texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga sharoit tug‘ildi. Bunda xisoblash jarayoni, loyixalash, rejalashtirish, ilmiy – tadqiqot, ishlab chiqarish kabi ishlari avtomatlashtirildi.
Sonli dastur yordamida boshqarish tizimlar dasturni tayyorlash, uni boshqarish blokiga kiritish hamda stanok va texnologik jarayonlarni boshqarishni moslashuvchan qildi. Shuningdek о‘zi moslashadigan boshqarish tizimlarni yaratilishga imkon tug‘ildi.
Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish tushunchasi
Jarayonning ma’lum qismida odamning og‘ir qо‘l mexnatini mashina mehnati bilan almashtirishga mexanizatsiyalashtirish deyiladi.
Bu bosqichda ishchining vazifasi mashinalarni boshqarish, ularni ishga sozlash xamda tayyorlangan maxsulot sifatini nazorat qilishdan iborat.
Jarayonni inson ishtirokisiz amalga oshirishga va ularni boshqarishga imkon beradigan texnik va tashkiliy chora tadbirlar majmuisiga avtomatlashtirish deb ataladi.
|
| |