|
Avtomatlashtirishning bosqichlari
|
bet | 2/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 49 Kb. | | #145762 |
Bog'liq 1-маърузаAvtomatlashtirishning bosqichlari
Avtomatlashtirishning tо‘rtta bosqichi mavjud.
1 – bosqich . Ish siklini avtomatlashtirish. Bunda avtomatlar va yarim avtomatlar yaratiladi hamda ulardan potok liniyalar quriladi. Ishchining vazifasiga zagotovkalarni stanoklararo transportirovka qilish, stanokni ishga sozlash va vaqti – vaqti bilan rostlab turish, tayyor maxsulotni nazorat qilish kabi ishlar kiradi.
2 – bosqich . Mashinalar tizimini avtomatlashtirish va avtomatik liniyalar yaratish. Bu bosqichda ish siklidan tashqari maxsulotni nazorat qilish, detallarni yig‘ish, ularni о‘rab qadoqlab joylashtirish, stanoklararo zagotovkalarni uzatish kabi ishlar mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Shuningdek bunda aktiv nazorat qilish jixozlari va qurilmalari ham qо‘llaniladi.
3 – bosqich . Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish. Bu bosqichda ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo maxsulotidan zagotovka olishdan tortib, ishlov berish va yig‘ish jarayonlari hamda tayyor maxsulotni qadoqlab о‘rashgacha hamma davrlari avtomatlashtiriladi. Bunda avtomatlashtirilgan sexlar va zavodlar yaratiladi. Ular bir maxsulotga mо‘ljallangan kо‘plab ishlab chiqarish korxonalaridir.
4 – bosqich . Tо‘liq avtomatlashtirish. Bu bosqichda ham ishlab chiqarishning hamma davrlari avtomatlashtirilgan bо‘lib, lekin foydalaniladigan texnologik jixozlar moslanuvchanlik xususiyatiga egadirlar. Ularni turli maxsulotlar ishlab chiqarishga qayta sozlash mumkin. Buning uchun texnologik jixozlarni sozlashga, dastur tayyorlashga , dasturni kiritishga kо‘p vaqt talab qilmaydi. Bu bosqichda avtomatlashtirilgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar MICHT va komplekslar yaratiladi.Bunda stanoklarni boshqarish, ularga zagotovkalarni yuklash, tayyor detallarni olish, ularni tashish, nazorat qilish kabi operatsiyalar avtomatlashtiriladi.
Kibernetika, telemexanika tushunchalari
Kibernetika jonli organlar, jamiyat va mexanizmlardagi boshqarish qonunlari о‘zoro о‘xshash va umumiy bog‘lanishda ekanligini tasdiqlaydigan fandir. Bunda turli fizik tabiatga xos bо‘lgan tizimlardagi boshqarish jarayoniga umumiy nuqtai nazardan qaralib, ular uchun boshqarishning yagona matematik nazariyasi yaratilishi mumkunligi aytiladi. Kibernetika avtomatlashtirish fanining nazariy asoslarini о‘z ichiga oladi. Kibernetikada ma’lumotlar va ularni tartibga solish ishlari bilan shug‘ullaniladi.
Boshqarish nuqtalari boshqarish va nazorat qilish obyektlaridan
uzoqda bо‘lgan xollarda telemexanika tizimlari qо‘llaniladi.
Telemexanika tizimlari uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar hamda ular orasidagi aloqa liniyalardan iborat bо‘lib, bu liniyalar orqali signallar uzoq masofaga uzatiladi. Signallar havo hamda kabel, telefon liniyalari orqali, qisqava ultraqisqa tо‘lqinlar orqali, shuningdek yuqori voltli elektr uzatish liniyalari orqali uzatiladi.
Telemexanika axboratlarni masofadan turib boshqarish va nazorat qilish maqsadida ularni uzatish hamda qabul qilish masalalarini о‘z ichiga oladi.
|
| |