|
Iv bob. Hayot faoliyat xavfsizligi
|
bet | 1/5 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #260715 |
Bog'liq Hayot faoliyati havfsizligi
Raxmitdinova Maftuna 840-20 guruh
IV BOB. HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI
4.1 Tabiatda sodir bo’ladigan razryadlanish jarayonlari
Yuqori kuchlanishlardan foydalanish o‘tkazgich simlarini yerdan va bir - biridan izolyasiyalanishiga qo‘yiladigan talablarning ortishiga olib keladi. Tashqi (atmosferali) o‘ta kuchlanishlardan 220 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish yo‘llari ishonchli muhofazalanadi. Nimstansiyalarga yaqin joylarda Elektr jixozlarini o‘rnatish qoidalari talablariga muvofiq po‘lat torli sim va nimstansiyalarning o‘zida esa sterjenli yashin qaytargichlar o‘rnatiladi. Ichki (kommutatsiyali) o‘ta kuchlanishlar asosan sistemaning ish rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda operativ energetik xodimlarning aniq ishlashi ichki o‘ta kuchlanishlar sodir bo‘lishini keskin kamaytiradi. dAvtomatik qayta yoqish (AQYo) qurilmasining aniq ishlashi ichki va tashqi o‘ta kuchlanishlarning salbiy oqibatlarini keskin kamaytirish uchun xizmat qiladi. Vaqti – vaqti bilan razryadlagichlarni ko‘zdan kechirib turish, ularni rostlash va soz holatda bo‘lishini ta’minlash kerak. Bu kabi tadbirlar o‘ta kuchlanishlardan ishonchli muhofazalanish imkonini beradi.[1]
Yashindan muhofazalanish qurilmalarini hamda elektr qurilmalari izolyasiya sathini tanlash va hisoblash ehtimol bo‘lgan o‘ta kuchlanishlarning kattaligiga va ularning paydo bo‘lish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa o‘z vaqtida yashin razryadlanishlarining quyidagi parametrlari bilan aniqlanadi: yashin tokining kattaligi; yashin tokining davomiyligi va to‘lqin frontining tikligi; momaqaldiroq razryadlanishlarining qutblanganligi va hosil bo‘lish tezligi. Momaqaldiroq hosil bo‘lishi yer kurrasining ko‘pgina geografik hududlariga mansub. Ayniqsa tropik mamlakatlarning janubiy hududlarda ularning paydo bo‘lish soni ko‘proq, shimoliy hududlarda esa kam uchraydi. Agarda momaqaldiroqning davomiyligini o‘rtacha 1,5 soat deb belgilansa, u holda:
NMS = 1,5 x NMK (4.1)
bu ifodada: NMK- momaqaldiroqli kunlar soni; NMS- momaqaldiroqning umumiy davom etishi, soat.[1]
Momaqaldiroqni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab qizib turgan nam havo massasining tezlik bilan atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘chib o‘tishi hisoblanadi. Yerning sirti oldida (issiqlik momaqaldiroqlari deb ataladi) havoning kuchli qizishi oqibatida katta quvvatli tik havo oqimining rivojlanishi paydo bo‘ladi. Yoki sovuq va issiq havo oqimlarining to‘qnashuvi (frontal momaqoldiroqlar) momaqaldiroq hosil qiladi. Havo massasining konvektsiyasi - bu massaning sovushi, suv bug‘lari kondensatsiyasi va momaqaldiroqlar sodir bo‘lishidir. Ushbu hodisalar qish faslida ham kuzatiladi. Bularni biz elektr hodisalari deb ataymiz. Momaqaldiroq bulutlari hajmli elektr zaryadlarini hosil qiladi: suv tomchilari, muz kristalchalari bulutni to‘yintirib o‘zida zaryad tashiydi. Ma’lumki, bulutdagi tomchilar urilishi natijasida musbat va manfiy zaryadlarga parchalanadi. Tomchilarning zaryadlanishi havo oqimi ta’sirida sochilib ketishi oqibatida ham paydo bo‘ladi. Bu hodisa Lenard effekti nomini olgan. Muz kristalchalari esa havo bilan ishqalanishi yoki ultrabinafsha nurlari ta’sirida zaryadlanishi mumkin. Ko‘p hollarda razryadlanish yer va bulut orasida bo‘lib, momaqaldiroqli razryadlanish chog‘ida, nisbatan qisqa vaqt ichida (taxminan 100 mks) yashin tokining qiymati 100 – 200 kA gacha etgan holatda tok o‘tish kanalida 30 000 C gacha harorat oshadi. Qizigan havoning tez kengayishi oqibatida portlovchi to‘lqin (chaqmoq) paydo bo‘ladi. Yashin toki o‘zi o‘tayotgan ob’ektda issiqlik, elektromagnit hamda mexanikaviy ta’sirlar o‘tkazadi. Yashin zarbining to‘g‘ridan-to‘g‘ri binoga, qurilmaga, daraxtga ta’siridan tashqari uning elektrostatikaviy va elektr magnit induksiyali ta’sirlari kuzatiladi.[1]
Yer kurrasida, atmosferadagi o‘zgarishlar ta’sirida o‘rta hisobda, bir kunda 44000 tagacha yashinli razryadlanishlarni keltirib chiqaruvchi momaqlardiroqlar sodir bo‘ladi. Ushbu hodisalarni kelib chiqishi juda murakkab. Ammo, oqibati yuqori kuchlanishli elektr uzatish yo‘llariga katta zarar etkazishi va energetik qurilmalarning izolyasiyasini buzishi mumkin. Shuning uchun yuqori kuchlanishli elektr uzatish yo‘llarini, elektr stansiya va nimstansiyalarni atmosferali o‘ta kuchlanishdan himoyalash masalasi dolzarb hisoblanadi.
Elektr qurilmasini izolyasiya darajasi hamda yashin qaytarish qurilmalarini hisoblab tanlash sodir bo‘lishi kutiladigan o‘ta kuchlanishlarning kattaligi va sodir bo‘lish tezligiga bog‘liqdir. Aytilgan kattaliklar yashinli razryadlanishning parametlariga bog‘liq.
Bulut tarkibidagi suv tomchilari Yerning maydoni ta’sirida va ishqalanishlar oqibatida zaryadlanadi. Agarda Yerni manfiy zaryadlangan ekanligini hisobga olsak, tomchilarning Yerga yaqin qismi musbat zaryad to‘playdi, yerdan uzoq bo‘lgan ustki qismi esa manfiy zaryadlanadi. Umuman olganda suv tomchilarini zaryadlanib qolishi va mazkur jarayondagi ko‘pgina hodisalarning kelib chiqish tabiati chuqur o‘rganilmagan.
Momaqaldiroqli bulutning misoliy tarkibi rasmda keltirilgan (4.1.1-rasmga qarang). Bulutli qatlamning o‘lchami (qalinligi) taxminan yerdan 1 km balandlikda va umumiy balandligi ba’zi hollarda 6 -14 km gacha etishi mumkin.
4.1.1-rasm. Momaqaldiroq hosil qiluvchi bulutning misoliy tasviri.
|
| |