|
Tok bo’yicha xavfsizlik mezonlari
|
bet | 5/5 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #260715 |
Bog'liq Hayot faoliyati havfsizligiTok bo’yicha xavfsizlik mezonlari
Umumiy tushuncha va tavsifi. Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo’linishi mumkin: elektr qurilmalarni havfsizligini meyori ish sharoitlariga ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash.[3]
Meyoriy ish sharoitlarida havfsizlikni taminlash choralari quyidagicha:
- izolyatsiya, tok o’tkazuvchi qismlarni oldiga to’siqlar o’rnatish;
- havfsizlik blokirovkalarni qo’llash;
- orentasiyani ta’minlash;
- elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash;
- yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash;
- himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish;
- kichik kuchlanishni qo’llash;
- izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash;
- potensiallarni tenglashtirish.
Avariya sharoitida (izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni o’tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar qo’llaniladi:
- himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya);
- nollanish (zanuleniya);
- himoyalovchi o’chirish;
- ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash;
- ish joyini izolyatsiyalash;
- baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash.
Elektr qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik choralari qo’llaniladi.
Elektr izolyatsiya bu dielektrik qatlami (tok o’tkazmaydigan qatlam), yoki dielektrkdan tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok o’tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan ajratilib qo’yish.
Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo’llaniladi:
- ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o’tuvchi qismlaridagi havfsizligini ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi;
- qo’shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi bo’lsa, elektr qurilmani himoyalash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha izolyatsiyasi;
- ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo’shimcha izolyatsiyalardan tashkil topgan izolyatsiya;
- puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega bo’lgan, yahsxilangan ishchi izolyatsiyasi.
Izolyatsiyani elektr sxemasi uchta parallel ulangan shohchalaridan iborat.
Birinchi shoxchada - kondetsatordan (C1) iborat. Dielektrik izolyasiyasini o’tkazuvchanligini hajmi bilan tavsiflanadi va geometrik o’lchamlari bilan aniqlanadigan. Kuchlanish paydo bo’lishi bilan kondetsator zaryadiga teng bo’lgan, dielektik polyarizasiya tok hоsil bo’ladi. Undan o’tayotgan tok impuls hosiyat ega bo’lib - tezkor polyarizatsiya toki deb ataladi.
O’zgarmas kuchlanish ta’sirida izolyasiya orasidan o’tib ketayotgan tok (silkinish toki) absorbsiya toki bilan yorib o’tgazuvchan toklarini qo’shimchasiga teng. Bu tok polyarizatsiya jarayoniga bog’liq bo’lganligi uchun, kuchlanish berilgandan keyin bir oz vaqt o’tgandan so’ng kamayib boradi va yorib o’tgazuvchi tok qiymatlarigacha kamayib boradi.
Absorbsiya toki o’tishi vaqti davomiga qarab izolyasiyani sifatini baholash mumkin izolyasiyani hajmi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik tokni o’tish vaqti ko’p bo’ladi. Kuchlanish berilgandan keyin 15 va 60 sekund o’tishi bilan izolyatsiyani qarshiligi o’lchanadi. Izolyasiyani sifati qanchalik yaxshi bo’lsa, shuncha absorbsiya toki tezroq tushadi va shunchalik absorbsiya koeffisenti katta bo’ladi.[3]
Demak, o’zgarmas kuchlanishi izolyasiyani ko’rsatkichi ikki o`lchami, faol qarshiligi va absorbsiya koeffisenti bilan ifodalanadi.
Bunga sabab siljish tok tarkibidagi yo’nalishini ajratib bo’lmaydi (absorbsiya toki bilan yorib o’tkazuvchan toki). Tangens qanchalik kichik bo’lsa shunchalik izolyasiyani sifati balandroq bo’ladi.
Harorat va qo’shimcha kuchlanishi ko’tarilishi bilan hamda ish jarayonida eskirish tufayli izolyasiyani ko’rsatgichlari kamayadi (yomonlashadi). Kuchlanish 120V gacha ko’tarilguncha izolyasiya qarshiligi kamayib boradi. Undan keyingi ko’tarishlar izolyasiyaga ta’sir etmaydi, lekin kuchlanish hatdan tashqari ko’payishi izolyasiyani yorib o’tishiga olib keladi.
Izolyatsiya holati uchta ko’rsatgichlarga ega: elektr mustahkamligi, elektr qarshiligi va dielektrik yo’qotishlari. Elektr mustahkamligini sinovi yuqori kuchlanishda yorib o’tishiga tekshiriladi, elektr qarshiligi – o’lchov bilan, dielektrik yo’qotishlari – mahsus tadqiqotlar bilan aniqlanadi.
Izolyatsiyani ishlatishdan oldin kamchiligini va lat yegan joylarni aniqlash uchun mahsus qa’bul qilish-topshirish sinovlar o’tkaziladi:
- kapital va joriy ta’mirlashdan keyingi tekshiruv sinovlar;
- ta’mirlash orasida, qoida bilan belgilangan mudatida yoki kamchiliklar aniqlangandan so’ng profilaktika sinovlar o’tkaziladi;
- izolyasiyani doimo nazorat ostida bo’lishi.
Elektr uskunalarni kuchlanish 1000V dan katta bo’lsa, barcha uchta ko’rsatgichlar tekshiriladi, agar kichik bo’lsa faqat izolyasiyani qarshiligi bilan yuqori kuchlanish sinovdan o’tkaziladi. Izоlyatsiyani dаvriy nаzоrаt qilishdа mахsus o’lchоv аsbоblаri mеgоmmеtr bilаn izоlyatsiyani fаоl qаrshiligini o’lchаsh nаzаrаdа tutilаdi.
Elеktr uskunаni izоlyatsiyasini qаrshiligini o’chirilgаn hоlаtidа o’lchаnаdi. Misоl uchun, kuchlаnish 1000 V gаchа bo’lgаn kuchlanish tоk vа eritkichlаrni elеktr o’tkаzgichlаrini izоlyatsiyasini qаrshiligini o’lchаsh vаqtidа, sаqlаgich lаr оrаsidаgi eruvchi ulamalаri оlinib, yoki o’tkаzgich vа yer оrаsidаgi охirgi sаqlаgichdаn kеyingi, hаmdа istаlgаn ikkitа o’tkаzgich оrаsidа, tоk zаnjirlаridа esа bаrchа elеktr priyomniklаr, аpаrаtlаr vа bоshqаlаr o’chirilgаn bo’lishi kerаk: yoritilish zаnjirlаridа yoritgichlаr o’rnаtilmаgаn bo’lib, rеzеtkаlаr, o’chirgichlаr vа guruh qоlqоnchаlаri ulаngаn bo’lishi kerаk. O’lchаshlarni 1000V gа tеng bo’lgаn kuchlаnishdа mеgоmmеtr yordаmidа o’tkаzilаdi, shu bilаn birgа o’lchаnаyotgаn bir minutlik qаrshiligi 500 kOm dаn kam bo’lmasligi kerаk. Shundаy o’lchоvlаr hаr bir kаpitаl tаmirlаshidа kamida 3 yildа bir mаrtа o’tkаzilish kerаk. Tа’mirlаsh оrаsidаgi vаqtlаrdа sinоv muddаtlаrini ishlаb chiqish, kоrхоnаni elеktr uskunаlаrigа jаvоbgаr shахs tаyinlаydi.[3]
Adabiyotlar
1. J.M.Qurbonov, Z.E.Mamarasulov “HAYOT FAOLIYaTI XAVFSIZLIGIO‘QUV QO‘LLANMA” SAMARQAND – 2016
2. Sh.J. Imomov, D. Jo‘rayeva “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI DARSLIK” BUXORO – 2023
3. I.X. Siddikov, Kh.A.Sattarov., O.I.Siddikov, X.E.KHujamatov, D.T. KHasanov, Sh.B.Olimova “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA MEHNAT GIGIENASINING QURULISHDAGI O’RNI” Tashkent - 2018
|
| |