1-ma’ruza. Kabellarning elektr izolyatsiyasi. Reja




Download 45.03 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2024
Hajmi45.03 Kb.
#185355
  1   2   3
Bog'liq
1-ma’ruza
Hashimov Komiljon .Nishonova Sanobar Pedagogika tarixi (II qism)

1-ma’ruza. Kabellarning elektr izolyatsiyasi.


Reja:
1.Plastmassa izolyatsiyali quvvatli kabellar.
2.Rezina izolyatsiyali quvvatli kabellar
3.Qog’oz izolyatsiyali kabellar.
4. Kabellar ishonchliligining kamayishi
5.Mexanik shikastlanishlar
Plastmassa izolyatsiyasining qo’llanishi quvvatli kabel tayyorlash texnologiyasini soddalashtiradi va ularda qobiq ishlatilmasligi sababli qo’rgoshin yoki alyuminiyni tejalmaydi. Bu izolyatsiya asosidagi kabellar qo’zg’olmas uskunalarda elektr energiyasini uzatish va taqsimlashga mo’ljallanib, o’zgaruvchan va o’zgarmas tokli qilib tayyorlanadi.
Plastmassa izolyatsiyali kabel 0.66; 1; 3; 6; 10; 35; 64/110 kV kuchlanishli o’zgaruvchan tokka mo’ljallangan mis yoki alyuminiy simli qilib tayyorlanadi. Kabel izolyatsiyasi o’zi so’nuvchan polietilendan, vulkanlangan polietilendan va polivinilxlorid plastikatdan iborat bo’lib, alyuminiyli, qo’rgoshinli, PVX va PE qobikdi qilib tayyorlanadi. Kabel mexanik va boshqa ta’sirlarga chalinsa, unga himoya qoplamalari yotqiziladi.
YUqori kuchlanishli kabel izolyatsiyasi past zichli polietilendan tayyorlanadi. Turi: AVASH(VASH), AVBSH(VBSH), AVVG(VVG); Pe izol APBSHV(PBSH), APVG(PVG), APBSH (PBSH), APSVG(PSVG), APVVG(PVVG), APVASHV(PVASHV).
Kabel simining davomatli ruxsat temperaturasi 70°S dan ortmasligi kerak. Maksimal ruxsat etilgan temperatura PVX plastikat va o’zi so’nuvchan polietilen izolyatsiyali kabelda 80°S, hamda vulkonlangan PE izolyatsiyali kabelda 130°S qabul etilgan.
Kuchlanish 6 kV va yuqori kabellarning sim usti va izolyatsiya yotqizilib, ekran yarim o’tkazgichli polietilendan iborat. Bunday kabel umumiy PVX xlorid qobiqqa, yuqori kuchlanishlari alohida ekranlangan simlari ustidan alohida PVX plastikat qobiqlariga ega. Kabel izolyatsiya qalinligi quyidagicha:
Kuchlanish kV 1 6 10 20 35
Izolyatsiya qalinligi mm 1.6-2.0 3.5 5.5 7 12
PVX plastikatini elektr izolyatsiya xususiyati yaxshi bo’lmaganligi sababli bu material 6 kV gacha bo’lgan kabel izolyatsiyasida qo’llaniladi. Bu kabelning ikki - uch simlari bir xil kesimli qilib tayyorlanib, to’rt va besh simlisining nollisi kichik kesim yuzada tayyorlanadi. Tok o’tkazuvchan simlari yaxlit simli yoki ko’p tolali qilib tayyorlanadi (GOST 22483-77). 3 kVgacha kabel qurilish uzunligi 150 dan 450 mgacha tayyorlanadi. Maxsus plastmassali kabellar atom elektr stantsiyasida, qishloq xo’jaligida va portlashga havfli xonalarga mo’ljallangan. Vulkonlangan PE izolyatsiyali kabel yuqori kuchlanishli qo’zg’olmas uskunalarga mo’ljallanib, sim mis yoki PVX plastikat qobiq, himoya qoplamali yoki qoplamasiz bo’ladi. Tok o’tkazuvchi sim bittali yaxlit yoki ko’p tolali yumaloq shaklli zichlashtirilgan bo’ladi. Sim ustidan elektr o’tkazuvchi PE eritilib ekran qilib yotqiziladi, izolyatsiya ustidan elektr o’tkazuvchi PE yoki grafitli ekran yotqiziladi. Ekran qalinligi 1.2-2.0 mm olinib, kabel diametri qancha katta bo’lsa, qalinligi ham shuncha ko’p olinadi. Unga qo’sh qogoz tasma, qo’sh mis yoki alyuminiy zarqogozli tasma, so’ng PVX plastikatli qoplama yotqiziladi. Kuchlanish 35 kV gacha kabellar simi 50-150 mm2 li, 64/110 kV li kabel simi 350 va 625 mm2 li kesim yuzada tayyorlanadi. So’ngi kabel izolyatsiya qalinligi 11.4 mm, qobiq qalinligi 2.8 mm qurilish uzunligi buyurtmasi tomonidan belgilanadi (L200m).
Turlari:
Maxsus - AVBV(VBV), PVSG, AVVG-S, APVG-S, APSVG-S
YUqori kuch - APVVG(PVVG), APVASHV(PVASHV), APVV, APVP, APVPS.



Download 45.03 Kb.
  1   2   3




Download 45.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza. Kabellarning elektr izolyatsiyasi. Reja

Download 45.03 Kb.