Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov




Download 7,19 Mb.
bet1/4
Sana22.05.2024
Hajmi7,19 Mb.
#250226
  1   2   3   4
Bog'liq
Эркинова Ш

Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov


Ishlab chiqarish imkoniyatlari,muqoil xarajatlar va iqtisodiy tanlov
BAJARDI: Erkinova Shahnoza
Ilmiy rahbar: Nabiyeva A.M.
  • Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish.

3
4
1
2
Reja.
Ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar
Muqobil xarajatlar tushunchasi va uning tarkibi. Iqtisodiy tanlov
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish
Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari.

Ishlab chiqarish jarayoni har doim u yoki bu darajada tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan. Keng ma`noda jamiyat va inson tabiatning ajralmas qismidir va tabiatdan tashqarida o`z faoliyatini olib bora olmaydi. Tabiiy resurslar ishlab chiqarishning muqarrar sharti sifatida uning o`sishi uchun tabiiy negiz bo`lib xizmat qiladi. Ular, shuningdek, jamiyat milliy boyligini yaratishning muhim manbaidir. Ingliz iqtisodchisi U.Petti: "Mehnat-boylikning otasi, yer esa uning onasi", – degan edi. -Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.


1
  • Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganilganda uni to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Bu yerda shuni hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish jarayonining mahsuli bo‘lib, shu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda o‘zi qancha qancha qiymatga ega bo‘lsa shu miqdorda aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, naflilikni yaratishda kapital to‘liq qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa qismanqisman, ya’ni uni eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashadi, lekin qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi. Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa mehnatning o‘zi qatnashadi.

Download 7,19 Mb.
  1   2   3   4




Download 7,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov

Download 7,19 Mb.