|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti «Mikroiqtisodiyot»
|
bet | 1/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,37 Kb. | | #252419 | Turi | Referat |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t
Referat mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov Bajardi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti
«Mikroiqtisodiyot» fanidan
REFERAT
Mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov
Bajardi: BR-91 guruhi talabasi Bekmatov Zafarbek
Qabul qildi: Yuldashev G’
Toshkent – 2022
Mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov
Reja:
Kirish
1. Ishlab chiqarishning asosiy omillari, birikish usullari.
2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish
3. Muqobil xarajatlar tushunchasi va uning tarkibi. Iqtisodiy tanlov
4.Ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar va xarajatlarni kamaytirishning asosiy yo’nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Kishilik jamiyatini taraqqiyoti va insonlarni yashashlari uchun zarur bo’lgan moddiy – ne’ matlar tabiatda mavjud bo’lsada, ularni 4 inson extiyojlariga moslab tayyorlamoq, yetishtirmoq, ishlab chiqarmoq va qayta ishlab, ularni tayyor iste’mol maxsulotlariga aylantirmoq lozim. Buning uchun esa, eng avvalo ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan unsurlarni bo’lishi, ularni o’zaro birikishini shakllantirish lozimdir. Xullas ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Shundan keyin ishlab chiqarishni maqsadi, moxiyati, vazifasi va uning natijalarini tushunmoq kerak bo’ladi. Maqsad aniq bo’lgandan keyin esa, ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirib borish va iste’molchilarga to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish ustvor vazifaga aylanadi. Biz ushbu kurs ishini tayorlashda asosan shu narsalarga katta aha miyat qaratdik. Ishlab chiqarishni, iste’mol, xo’jalikni tashkil qilish va uni yuritishga ta’luqli tayanch iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy qonuniyatlar yoritib berishga harakat qildik.1
Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Lekin ming afsuslar bo’lsinki, ko’pgina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa, keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o’quv qo’llanmalarida ishlab chiqarish jarayonini yoritish e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qayerda qo’llanilishini va qanday bo’lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo’lmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti «Mikroiqtisodiyot»
|