|
Ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar
|
bet | 6/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 25,37 Kb. | | #252419 | Turi | Referat |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tIshlab chiqarish xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yoqilg’i va energiya yetkazib berishning uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga bekor turib qolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mexnatni tashkil etishda takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Xar qanday texnikadan xatto yangisidan xam ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak. Xisob olib borish yoqilg’i va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamg’armasini oshirish imkonini beradi. Kolektivning kuchini yetishtirilladigan maxsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlarni to’g’ri rejalashtirish va xisobga olish zarur.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo’nalishlaridan biri bu fan texnika taraqqiyoting (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo materiallaridan yoqilgi resurslaridan yanada tularoq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. FTT ning 20 –asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati printsipal yangi texnologik usulga o’tilishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo’nalishlardan biri bu ishlab chiqarish va mexnat tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yo’qotishlarni kamaytirish yo’li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli mexnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi.8
Xulosa
Men ushbu mustaqil ish orqali ishlab chiqarishni mamlakat va insonlar hayoti
uchun qay darajada ahamiyati katta ekanligini anglab yetdim.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masalamiz
iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va
raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga
yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat.
Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan
tarmoqlarni jumladan, yoqilg’i-energetika va g’alla komplekslarini
rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash shuningdek, bu
o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy
tabiiy, mineral xom-ashyo, mehnat resurslariga asoslangan hamda
istiqbolda xalqaro va davlatlararo me hnat taqsimotida, jahon bozorida
O’zbekistonning mustahkam o’rin egallashini kafolatlovchi ishlab
chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi lozim. Jahon
talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish,
ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Rejalashtirish o`zining tegishli tamoyil va usullariga ega va ular iqtisodiyot nazariyasida alohida o`rin egalladi. Sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar berilishi kerak va ular reja shaklida aks etadi. Sanoat rejasi 12 bo`limdan iborat. Sanoat rejasini tuzish eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi. CHunki bunda taraqqiyotning barcha tomonlarini oldindan ko`rish, yahni bashorat qilish hamda bu taraqqiyotni tahminlovchi iqtisodiy va texnik salohiyatning samarali variantlarini qidirib topish kerak bo`ladi.
|
| |