Международный научный журнал № 10 (100), часть1
«Научный Фокус» Февраля, 2024
237
AVTOMOBIL TRANSPORTI VOSITALARINING EKSPLUATATSIEY
XUSUSIYATLARI
Hamidov Shuxratbek Abbos o‘g‘li
Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik va traktorsozlik
yo‘nalishi 4-kurs 01-20 gurux talabasi.
Avtomobil transporti vositasi belgilangan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi
zarur. Avtomobilning sifati — uning vazifasiga muvofiqholda belgilangan talablarni
qondirishga yaroqliligini ta’minlaydigan xususiyatlar majmuidir. Xususiyat deganda
biror predmetning (narsaning) boshqa predmetlar bilan o‘xshashligi yoki farqini
bildiradigan qandaydir tomoni tushunilib, u o‘sha predmetlarga nisbatan aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish vazifasi yuk va yo‘lovchilarni tashish hisoblangan suv, havo va
yerusti transport vositalari o‘zi ishlayotgan muhitga bog‘liq ravishda har xil
xususiyatlarga egadir. Avtotransport vositasi deb harakatlanishi g‘ildiraklar va yo‘lning
o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keluvchi kuch orqali amalga oshiriladigan yerusti
mashinasiga aytiladi [1].
Ekspluatatsiya sharoitlari Avtomobilning ixtisoslashuviga ta’sir etadi. Avtomobil
muayyan sharoitlarda ishlashni ta’minlaydigan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Loyihalovchi-mutaxassis avtomobil o‘z vazifalarini bajarishi uchun qanday
xususiyatlar majmuiga ega bo‘lishini bilishi zarur. Ekspluatatsiya mutaxassisiga esa
har xil avtomobil ning xususiyatlarini bilishi ularni tashish sharoitlariga mos ravishda
tanlashga \amda loyihalash va ishlab chiqarish jarayonida asos solingan
ekspluatatsion xususiyatlarni uzoq vaqt davomida optimal caiyia6 turish usullarini
ishlab chiqishga yordam beradi [2].
Harakatni tashkil etish mutaxassisi yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lish
ehtimolligi mumkin qadar kam bo‘lishi uchun avtomobil qanday xususiyatlarga ega
bo‘lishini bilishi kerak umuman olganda, avtomobil ishonchlilik, ekologik, estetik,
ekspluatatsion va boshqa juda ko‘p sifat xususiyatlariga ega. Avtomobil ning o‘ziga xos
transport vositasi sifatidagi ekspluatatsiyam moslashganlik darajasini tortish—tezlik,
tormozlanish, yonilg‘i tejamliligi, boshqariluvchanlik, turg‘unlik, harakatchanlik
(buriluv), yurish ravonligi, o‘tuvchanlik, dinamiklik, T X K va J T ga moyillik
xususiyatlari ko‘rsatadi. Avtomobil ning turi, bajarayotgan ishi, muayyan ishlash
sharoitlariga qarab ularning xususiyatlariga qo‘yiladigan talablar ham har xil bo‘ladi.
«Avtomobil—haydovchi—yo‘l—muhit» tizimining bir qismi avtomobil bo‘lib, uning
xususiyatlari ushbu tizim elementlari bilan o‘zaro ta’sir natijasida namiyon bo‘ladi.
Shuning uchun muayyan ekspluatatsion xususiyatning avtomobil sifatini yoki qo‘llash
samaradorligini baholashdagi ahamiyati ekspluatatsiya sharoitlariga bog‘liq.
Ekspluatatsiya sharoitlari esa yo‘l (yo‘l plani va profili elementlari, yer relefi, yo‘l
qoplamasining turi va tekisligi, harakatning jadalligi va gartibotlari, yo‘l holatining
barqarorligi va boshqalar), transport (yuk turi, yo‘lovchilar tashish hajmi, yuk tashish
Международный научный журнал № 10 (100), часть1
«Научный Фокус» Февраля, 2024
238
yo‘laklari, tashish masofasi, ish tartibotlari, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash sharoitlari va boshqalar), tabiiy — ik,pim (mu’tadil, sovuq, issiq va baland
tog‘ iqlimi mintaqalarining o‘ziga xos xususiyatlari) sharoitlari bilan belgilanadi [3].
Endi avtomobilning asosiy ekspluatatsion xususiyatlarini qisqacha ko‘rib
chiqamiz.
1. Tortish-tezlik xususiyatlari deb dvigatel xarakteristikalari yoki yetaklovchi
g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashuvi bo‘yicha harakat tezliklari o‘zgarishining
diapazonlari va avtomobil tezlab ketish chegaraviy jadalligining har xil yo‘l
sharoitlarida tortish tartibotidagi ishini belgilaydigan xususiyatlari majmuiga aytiladi.
Tortish-tezlik xususiyatlarining asosiy baholash ko‘rsatkichlari: maksimal tezlik,
berilgan tezlikka chiqish uchun tezlanish olish vak^gi, tezlanib olish — inersiya bilan
yurish tezlik xarakteristikasi, minimal barqaror textik, maksimal o‘tiladigan ko‘tarilish,
tezlanish olishdagi chegaraviy tezlanish, kryukdagi tortish kuchi va boshqalar.
2. Tormozlanish xususiyatlari — tormoz tartibotida va har xil yo‘l sharoitlarida
harakatlanganda avtomobilning maksimal sekinlashuvi hamda tashqi kuchlarning
chegaraviy miqdorini belgilaydigan xususiyatlar majmuidir. Tashqi kuchlar ta’sir
etganda tormozlangan avtomobil joyida qimirlamay turadi yoki qiya tomonga
harakatlanganda kerakli minimal turg‘un (barqaror) tezlikka ega bo‘ladi.
Ayrim baholash ko‘rsatkichlari: turg‘un sekinlashish, minimal tormozlanish yo‘li,
umumiy tormozlanish kuchi (to‘xtovdagi tormoz tizimi uchun), qiyalikdagi turg‘un
tezlik (yordamchi tormoz tizimi uchun) [4].
3. Boshqariluvchanlik deb kuch tizimi kinematikasining boshqaruv ta’sirlariga
ko‘rsatgan reaksiyalari majmuiga aytiladi. Baholash ko‘rsatkichlari: traektoriya
boshqaruvining barqarorligi, kurs boshqaruvining barqarorligi, tormozlanishdagi
traektoriya boshqaruvining barqarorligi, tormozlanishdagi kurs boshqaruvi
barqarorligi, manyovrni bajarishning chegaraviy tezligi va boshqalar.
4. Turg‘unlik - avtomobil yoki uning bo‘laklarining holati va harakat turg‘unligi
bo‘yicha tang (kritik) parametrlarni belgilaydigan xususiyatlar majmuidir. Asosiy
baholash ko‘rsatkichlari: yon siljish va yon ag‘darilishga olib keladigan tang tezliklar,
qiyalik burchaklari, ko‘ndalang turg‘unlik koeffitsienta, kurs turg‘unligi va avtopoezd
tirkamasini lapanglatadigan tang tezliklar va boshqalar [5].
5. Harakatchanlik (buriluvchanlik) deb avtomobil ning katta egrilik
traektoriyalari bo‘yicha harakat talab etiladigan sharoitlarda cheklangan maydonda o‘z
holatini o‘zgartirish (shu jumladan, orqaga yurish) imkonini belgilaydigan
xususiyatlari guruhiga aytiladi. Asosiy baholash ko‘rsatkichlari: avtomobil ning
minimal burilish radiusi, tashqi gabarit burilish radiusi, ichki gabarit burilish radiusi,
harakatning gabarit tasmasi, orqaga yurish boshqaruv harakatini amalga oshirishning
murakkabligi va boshqalar [6].
6. Yurish ravonligi deb, haydovchi, yo‘lovchilar, yuk, shassi va kuzov elementlari
tebranishi yuklamalarining belgilangan me’yorlar chegaralarida cheklanishini
ta’minlovchi xususiyatlar majmuiga aytiladi. Asosiy baholash ko‘rsatkichlari:
Международный научный журнал № 10 (100), часть1
«Научный Фокус» Февраля, 2024
239
haydovchi, yo‘lovchilar, yuk, shassi va kuzov xarakterli elementlarining tebranishi
yuklamalari darajalari [7].
7. O‘tuvchanlik xususiyati deb avtomobilning og‘irlashgan yo‘l sharoitlarida,
yo‘lsizlikda va har xil to‘siqgtrni yengib harakat qilishda imkoniyatini belgilaydigan
ekspluatatsion xususiyatlarga aytiladi. O‘tuvchanlik profil va tayanch o‘tuvchanlikka
bo‘linadi. Profil o‘tuvchanlik yo‘l notekisliklari va to‘siqlarini yengib o‘tish
imkoniyatlarini xarakterlaydi va talab etil ga n harakat tasmasiga mos tushadi. Uning
birlik ko‘rsatkichlari avtomobil ning geometrik parametrlarini ifodalaydi: yo‘l oralig‘i,
old (orqa) chiqiq, old (orqa) chiqiq burchagi, o‘tuvchanlikning bo‘ylama radiusi,
o‘tiladigan ko‘tarilishning eng katta burchagi, ko‘priklarning qiyshayish burchagi va
boshqalar. Tayanch o‘tuvchanlik deformatsiyalangan va og‘irlashgan yo‘l sharoitlarida
harakat qilish imkonini belgilaydi. Asosiy baholash ko‘rsatkichlari: tirk&tish massasi,
tirkalish massasining koeffitsienta, solishtirma quvvat, dumalashga qarshilik quvvati,
harakatga qarshilik quvvati, to‘liq tortish kuchi, erkin tortish kuchi, kryukdagi tortish
kuchi, g‘ildiraklarning yo‘l qoplamasiga bosimi va boshqalar [8].
8. Yonilg‘i tejamliligi xususiyati deb har xil ekspluatatsiya sharoitlarida avtomobil
transpopti ish bajarishidagi yonilg‘i sarfini belgilovchi xususiyatlar majmuiga aytiladi.
U dvigatelning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi: bir soagdagi yonilg‘i sarfi St,
kg/soat, solishtirma yonilg‘i sarfi gc, g/kVt soat (dvigatel quvvat birligining bir soat
davomidagi yonilg‘i sarfi massasi). Yonilg‘i tejamliligining asosiy mezoni bo‘lib 100 km
yo‘lga sarflanadigan litrlarhisobidagi yonilg‘i sarfi hisoblanadi. Baholash
ko‘rsatkichlari: nazorat yonilg‘i sarfi, magistral yo‘ldagi yonilg‘i sarfi, shahar ichidagi
yonilg‘i sarfi, barqaror harakat yonilg‘i xarakteristikasi, magistral (past-baland)
yo‘ldagi yonilg‘i-tezlik xarakteristikasi va boshqalar [9].
Ekspluatatsion xususiyatlar ko‘rsatkichlari maxsus ilmiytekshirish tadqiqotlari
hamda avtomobillar ekspluatatsiyasi tajribasini umumlashtirish va taqlil etish
natijasida aniqlanadi. Ekspluatatsion xususiyatlarni bilish avtomobil konstruksiyasini
takomillashtirish borasida texnik ekspluatatsiya tajribasidan foydalanish imkonini
beradi [10]. Avtomobillarning tavsifi yuqorida keltirilgan ekspluatatsion xususiyatlari
ko‘rsatkichlarini o‘z me’yor talablari darajalarida ushlab turishi transport vositalari
yuqori texnik holatini uzoq davr mobaynida sakdashga xizmat qiladi [11].
|