• Ishlab chiqarish imkoniyatlari
  • -rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi




    Download 25,37 Kb.
    bet3/7
    Sana24.05.2024
    Hajmi25,37 Kb.
    #252419
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

    1-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi.3
    2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish
    Inson ehtiyoji cheksiz,ularni qondirish uchun resurslar cheklangandir.Har bir jamiyat bir xil muammoga-imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga duch keladi.Har bir oilaning daromadi,jamg'argan pulining miqdori va qarz olish imkoniyati cheklangandir.Korxona esa o'z daromadlari,jamg'armasi va qarz to'lash imkoniyati jihatdan cheklangan.Huddi shuningdek davlat ham soliq solish va kredit olish imkoniyati jihatdan cheklangandir.
    Har bir odam duch keladigan muammo shundan iboratki,ne'matlarning bir turkumini tanlab olishi bilan boshqa ne'matlarga ega bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.Cheklanganlik tanlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.Ya'ni,biror narsaga ega bo'lish uchun boshqa narsadan voz kechish kerak.Ana shu vaziyat muqobil qiymat degan tushunchani keltirib chiqaradi.
    Odamlarning ehtiyojlari va ularni qondirish imkoniyatlari (ishlab chiqarish resurslari) o'rtasida teskari bog'liqlik borligi allaqachon ta'kidlangan: agar birinchisi cheksiz bo'lsa, ikkinchisi juda cheklangan, ya'ni ulardan ma'lum bir chegara, chegaradan oshmaydigan miqdorda foydalanish mumkin. Cheklangan ishlab chiqarish resurslari tufayli odamlar doimo tanlov muammosiga duch kelishadi: nimani va qancha miqdorda ishlab chiqarish, sotish, sotib olish. Resurslarning cheklanganligi shuni anglatadiki, bitta mahsulotni tanlash boshqasidan voz kechishga olib keladi.
    To’la bandlik – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha rеsurslardan to’la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi hamda to’la quvvat bilan ishlashi lozim.
    Ishlab chiqarish imkoniyatlari chеgarasi to’g’risida yaxshiroq tasavvurga ega bo’lish uchun:4
    birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tеgirmon ishlab chiqaradi (bunda non istе’mol tovarlarini, tеgirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi);
    ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi;
    uchinchidan, mеhnat unumdorligi va tеxnologiya doimiy bo’lib qoladi, dеb faraz qilamiz.
    Jamiyat uchun mahsulotlarning erishib bo’ladigan har xil uyg’unlashuvlaridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi.
    Non va tеgirmon ishlab chiqarishning har xil uyg’unlashuvini amalga oshirish uchun jamiyat ulardagi mavjud rеsurslarning to’la bandligi va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlashi zarur. Non va tеgirmonning barcha uyg’unlashuvi ularning eng ko’p miqdorini ko’rsatib, bu barcha mavjud rеsurslardan esa samarali foydalanish natijasida olinishi mumkin.
    Har bir jamiyat, firma yoki tadbirkor cheklangan iqtisodiy resurslarga ega va bu holat ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimiy ravishda cheklab turadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyat yoki firmaning muayyan teхnologik rivojlanish bosqichida mavjud resurslardan toliq va samarali foydalanib maksimal hajmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini aks ettiradi. Resrslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham cheklab turadi. Shunday ekan jamiyat va firmalar mavjud resurs zaxiralarini qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yonaltirish xususida tanlov qilishga majbur boladi.



    Download 25,37 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 25,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi

    Download 25,37 Kb.